Zafarbekov Otabek Shaharsozlik



Download 23,78 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi23,78 Kb.
#773650
Bog'liq
Otabek Zafarbekov Shaharsozlik , Mustaqil ish.


Zafarbekov Otabek
Shaharsozlik
Arxitektura 3 kurs B guruh

Shaharsozlik

Shaharsozlik (shahar qurish) — meʼmorlikning yirik sohasi; shahar bunyod etish nazariyasi va

Amaliyoti — aholi yashaydigan hududlar (turar jsoylar)ni loyiha asosida rejalashtirish. Sh.

Ijtimoiyiqtisodiy, sanitariyagigiyena, qurilishtexnika, badiiymeʼmoriy masalalar majmuini qamrab

Oladi. Sh. Majmui meʼmorlik va qurilish bunyodkorligi, jamiyatning ijtimoiy tizimi va ishlab chiqarish

Kuchlarining taraqqiyot darajasi, madaniyati, tabiiy iqlim sharoitlari va milliy oʻziga xosligi bilan

Belgilanadi. Sh. Oʻz navbatida qishloq aholi turar joylarini rejalash, landshaft meʼmorligi, bogʻ

Barpo etish, tumanlarni rejalash, sanoat korxonalari, dam olish mintaqalarini ratsional ravishda

Joylashtirish, ekologiya masalalari kabi bir necha tarmoqlarga boʻlingan. Shahrida turar joylarning

Nafaqat meʼmoriybadiiy qiyofasiga, estetik jihatlariga, balki obodonlashtirishga — yoʻllar,

Ayniqsa, avtomobil yoʻllarita, infratuzilma (suv, oqava — kanalizatsiya, gaz, elektr va boshqalar

Muhandislik taʼminotlari)ga katta eʼtibor beriladi. Shahrida yangi shahar, shaharcha, qishloqlarni

Qurish, qadimiy shaharlarni muhofaza qilish (rekonstruksiya qilish), meʼmoriy majmualar (koʻproq

Turar joy.mavzelari)ni bunyod etish bosh reja asosida amalga oshiriladi, bunda loyihalarni ishlab

Chiqish (tuzish) muhim oʻrin tutadi. Bunday loyihalar buyurtmalar orqali Sh.ka ixtisoslashgan ilmiy

Tekshirish va loyihalash intlarida bajariladi. Toshkentda Oʻzbekiston shaharsozlik loyihalash va

Ilmiy tekshirish instituti (OʻzLITI), Toshkent Boshtarh loyihalash va ilmiy tekshirish instituti va

Boshqalar shunga oʻxshash intlar faoliyat koʻrsatadi.

SH. Qadimiy tarixga ega. Mil. Av. 3-ming yillik oʻrtalari — 2-ming yillik boshlarida qadimiy

Madaniyat davrida aholi kent — manzillarini qurishda muntazam rejalashtirish xususiyatlaridan

Foydalanilgan (Qad. Xitoy, Misr, Eron va boshqalar). Yunoniston shaharlar siyosiy va diniy

Markazlarni ajratgan holda rejalashtirilgan boʻlsa (akropol va boshqalar), qadimiy Rimda

Shaharlarni toʻgʻri burchakli dahalarga boʻlish uslubi qoʻllanilgan (Pompey, Ostiya va boshqalar),

Sh. Nazariyasi paydo boʻlgan (Vitruviy risolasi, mil. Av. 1-asr). Oʻrtaasrlar Yevropasiga shaharlarni

Stixiyali, qalʼa devorlari atrofida chiziqli va aylanahalqali rejalashtirish xos boʻlgan (Nyordligen


Germaniyada, Krakov Polshada, Praga Chexiyada va boshqalar). Rossiyada shaharlar

Tepaliklarda, daryolar kuyiladigan joylarda bunyod etilgan (Kiyev, Chernigov, Novgorod, Pskov va

Boshqalar), hamma koʻcha (yoʻl)lar shahar darvozasiga yoki shahar savdo maydonlariga olib

Borgan. Aylanahalqali rejalash shahrining mumtoz namunasi oʻrta asrlardagi Moskvadir.

Uygʻonish davri Gʻarbiy Yevropa Sh.i uchun markazlarni muntazam rejalashtirish va maydon

Ansambllaruti yaratish xos boʻlgan (Rimdagi Kapitoliy maydoni, 1546, meʼmor Mikelanjelo);

Shahar —qalʼa loyihalari ishlab chiqildi (F. Martini, J. Vazari, V. Skamotssi), Sh. Nazariyasi rivojlandi

(L. Alberti), shaharlarning turli qulayliklari boʻlgan loyihalari yaratildi (lekin bu loyihalar amalga

Oshmadi). Barokko davrida kuchqudrat va ulugʻvorlik ramzini ifodalagan ansambllar yaratildi; 18-

Asr oʻrtalari — 19-asr boshlarida toʻgʻri burchakli koʻchalar toʻriga asoslangan ochiq maydon

Tizimi yuzaga keldi. Sankt-Peterburg (Peterburg) 3 yoʻnalishli rejalash loyihasi asosida

Qurildi(1703). 19-asrda shaharlar tartibsiz qurilishiga qarshi boʻlgan shahar — bogʻ gʻoyasi bilan

Bogʻliq dezurbanizm rivojlandi. Sanoatdagi tub oʻzgarishlar sha. Harlarning jadal oʻsishiga olib

Keldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yevropada arzon ishchilar shaharchalari va turar joylar

Majmualari qurildi, bu qurilishlar taʼsirida shahrida majmualarni yaxlit holda vazifalariga koʻra

Rejalashtirish loyihasi, binoning joylanishi, dam olish uchun koʻkalamzorlashtirilgan joylar va

Bolalar maydonchalari, baʼzi jamoat binolari, maishiy xizmat koʻrsatish nuqtalari qurishni oʻz

Ichiga olgan ijobiy usullar ishlab chiqildi. 20-asrda hududiy (mintaqaviy) rejalashtirish yuzaga

Keldi (Buyuk Britaniyadagi Donkasteri, 1921—22, meʼmori L. Aberkrombi va T. Jonson). 1950-

Yillarda shaharlarni jadal rivojlanishi avtotransportning rivoji, aholi punktlarining koʻpayishi, shahar

Muhitining ifloslanishi shahrini tumanlarga boʻlib loyihalash kabi yangi nazariyalarni keltirib

Chiqardi. Aholi punktlarini yoʻl yoqalab qurish, yuldosh shaharlar yaratish rivojlandi; shuningdek

Anʼanaviy binolar qurishdan voz kechib, eski shaharlar tarkibida osmonoʻpar binolar qurish gʻoyasi

Ilgari surildi. Zamonaviy shahrining asosiy vazifalari — individual qiyofaga ega boʻlgan shahar va

Shaharchalar qurish, shahar ekologik masalalarini hal etish, eski shahar markazlarini saqlab qolish

Va ilmiy asosda taʼmirlash, madaniy yodgorliklarni avaylab asrash va taʼmirlash, ularning

Zamonaviy binolar bilan uygʻunligiga erishish.

Oʻzbekiston hududida dastlabki shaharlar (Sopollitepa, Jarqoʻton) mil. Av. 17—14-asrlarda

Surxondaryo vohasida jez davrida paydo boʻlgan. Yozma manbalarda esa shahar haqidagi

Maʼlumotlar Avestopya uchraydi. Hozirgi baʼzi shaharlar (Qarshi — Yerqoʻrgʻon; Hazorasp —

Xumbustepa kabilar)ning shakllanishini tadqiqotchilar mil. Av. 10—8-asrlar bilan bogʻlaydilar.

Fargʻonadagi eng qadimiy shaharlar (Ashqoltepa, Dalvarzintepa kabilar) ilk temir davriga oid

Chust madaniyati (mil. Av. 11—6-asrlar) ga mansubdir. Axomaniylar davrida shahar qurish

Jadallashgan (Xorazmdagi Qalʼaliqir, Koʻzaliqir va boshqalar). Kushonlar davrida Sh. Nihoyatda

Ravnaq topgan (Xorazmshohlar poytaxtida muntazam tarhli Tuproqqalʼa, Zarafshon vodiysida

Buxoro, Fargʻona vodiysida Mingtepa, doira tarhli Bilovur, Chirchiq vodiysida Shoshtepa).


Oʻrta asrlarda shaharlar tuzilishi murakkab boʻlgan, ularning tarkibiga ark, bir yoki bir necha

Shahriston, rabod (shahriston atroflari) kirgan. Ularning har biri alohida qalʼa devori bilan oʻralgan.

Afrosiyob (Samarqand), Buxoro, Binkat (Toshkent) Movarounnahrning yirik shaharlaridan boʻlgan.

Bunday shaharlarni va ular atrofidagi kichik shahar va qishloqlarni uzun devorlar muhofaza qilgan

(Buxoro, Toshkent tevaragidagi «Kanpir devor»lar, Samarqand tevaragidagi «Devori qiyomat» va

Boshqalar).

Temuriylar davrida moʻgʻullar vayronagarchiliklarini bartaraf etish, mamlakat obodonligini

Taʼminlashda katta Sh. Ishlari olib borilgan: Amir Temurning Samarqand va uning atrofi,

Shahrisabzla, Banokat (Shohruxiya), Shohruxning Mashhad, Marv va Hirotda amalga oshirgan

Ishlari. Ulugʻbek tomonidan Samarqand registonida 3 imorat qurilishi bilan bu maydon

Mujassamoti tugallikka erishgan (qarang Registon ansambli). Shayboniylar davrida katta

Hajmlardagi (savdosotiq bilan bogʻliq) qurilishlar shaharlar, ayniqsa, poytaxt Buxoroning tizimini

Mukammallashtirgan. Rivoyatlarga koʻra, Abdullaxon II ham ming rabot qurdirgan. Koʻp

Majmualarning shakllanishi aynan shu davrga toʻgʻri keladi (Buxorodagi Labihovuz ansambli, Poyi

Kalon, Qoʻsh madrasa, Chor Bakr memoriy majmuasi, Bahouddin majmuasi, Qarshidagi registon

Maydoni).

19-asrda Qoʻqon xonlari tomonidan Sirdaryo boʻylab bir nechta shaharqalʼalar qurilib,

Kuchli.mudofaa tizimi yaratildi, yangi ariqlar qazildi, Pishpak (Qirgiziston), Shahrixon sh.lari paydo

Boʻldi. 19-asrning 2-yarmida qadimiy shaharlar (Toshkent, Samarqand) yonida yoki unga yaqin

Masofada (Margʻilonda Yangi Margʻilon, hozirgi Fargʻona shahri; Buxoroda Kogon kabi) «yangi

Shahar»lar qurildi.

Ikkinchi jahon urushi yillari Oʻzbekistonga shim. Hududlardan zd, fka va boshqalar korxonalarning

Koʻchirilishi shaharlar sanoat mintaqalarining keskin kengayishiga olib keldi. Urushdan keyin,

Ayniqsa, 50—70-yillarda yangi shaharlar qurildi (Navoiy, Zarafshon va h.k.). Yirik tarixiy shaharlarni

Qayta qurish rejalari ishlab chiqildi.

Fantexnika rivoji va urbanizatsiya sharoitida shahrining roli oshdi, shaharlar bunyod etish va

Mavjud shaharlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Yangi shaharlar zamonaviy muhandislik

Qurilmalari bilan taʼminlangan holda bunyod etildi. Yangi shaharlar bilan bir qatorda Buxoro,

Samarqand, Xiva, Toshkent, Qoʻqon kabi qadimiy shaharlarni meʼmoriy yodgorliklarini saqlab

Qolgan holda qayta qurishga alohidaeʼtibor berilmoqda, madaniy yodgorliklar zamonaviy binolar

Bilan uygʻunlashtirilmoqda.

Mustaqillik davrida Oʻzbekistonda Sh. Har jihatdan rivoj topdi, shaharlarning qiyofasi chiroy

Ochdi. Tarixiy xotira bilan bogʻliq bir qancha yodgorlik majmualar yaratildi: Toshkentdagi

Oʻzbekiston milliy bogʻi, Xotira va qadrlash maydoni, Shahidlar xotirasi majmualari;

Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Quvadagi AlFargʻoniy majmui; Buxorodagi Chor
2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilishga 75 milliard so‘m sarflanadi
2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar qiymati 75 milliard so‘mni tashkil etadi. Obyektlar orasida Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni, Masjidi Kalon, Amir Olimxon madrasasi, Tolipoch qal’asi qoldiqlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi yodgorliklar bor.

Madaniy meros agentligi 2022 yilda asrab qolish ishlari amalga oshiriladigan madaniy meros yodgorliklari ro‘yxati tasdiqlanganini ma’lum qildi. Ushbu ro‘yxatga 34 ta madaniy meros obyektlari kiritilgan bo‘lib, ta’mirlash-tiklash ishlariga 75 mlrd so‘m mablag‘ sarflash rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘istonda bitta yodgorlik — Xalifa-Rajab maqbarasini tiklash, Buxoroda 17 ta, Surxondaryo va Qashqadaryoda to‘rttadan, Xorazm viloyatida beshta va Samarqandda uchtadan obyektni qayta tiklash rejalashtirilgan.

«Xususan, joriy yilgi ro‘yxatga ko‘ra, ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan Bahodir Yalangto‘shbiy madrasasi, Tolipoch qal’a qoldiqlari, „Ulug‘bek“ madrasasi, Amir Olimxon madrasasi, Ko‘k gumbaz, Oq Saroy, Islom Xo‘ja yozgi qarorgohi, Chodra hovli kabi obyektlarda restavratsiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan», — deb yozadi agentlik.

Shuningdek, Buxoro «Ark» qo‘rg‘oni majmuasidagi Qushbegi, Saisxona, Salomxona, Taxtxona madaniy meros obyektlarida ta’mirlash tiklash ishlari olib boriladi. Eng e’tiborga molik loyihalardan biri esa — «Ark» qo‘rg‘oni majmuasi vayronalari qismida «Arxeologik park» tashkil qilish bo‘lib turibdi.

Buxoro shahridagi «Masjidi Kalon» (Poi Kalon majmuasi) qulab tushgan qismlar va ta’mirtalab devorlarini ta’mirlash-qayta tiklash, atrofini obodonlashtirish ishlarini ham 2022-yilning IV choragida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida amalga oshiriladigan asrashga doir ishlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlanadi. Asrashga doir ishlar tegishli Madaniy meros obyektlari restavratsiya direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda, mazkur manzilli ro‘yxatga Madaniy meros agentligi takliflari hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi xulosasiga ko‘ra bosh vazir o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Hukumatning 2022 yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori bilan Toshkent, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm shaharlarida 38 ta madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 117,3 mlrd so‘mlik loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi.



Oldinroq me’moriy meros obyektlarida olib borilayotgan restavratsiya ishlari sifati bir necha bor tanqid qilingan edi. Aprel oyida Madaniy meros agentligi noto‘g‘ri olib borilgan restavratsiya Buxorodagi Sitorai Mohi Xossa tarixiy majmuasining bir qismi tarixiy-badiiy qiymatini yo‘qotishiga olib kelgani haqida xabar bergan edi.
Melburn doklendlari shaharlarni yangilash loyihasi, foydalanilmayotgan katta bekatni 25 ming kishiga mo'ljallangan yangi turar-joy va savdo uchastkasiga aylantirishEntsiklopediya site:ewikiuz.top
Shaharlarning yangilanishi (shuningdek, deyiladi shahar regeneratsiyasi Buyuk Britaniyada va shaharlarni qayta qurish ichida Qo'shma Shtatlar[1]) erning dasturi qayta ishlab chiqish tez-tez murojaat qilish uchun ishlatiladi shaharlarning buzilishi shaharlarda. Shaharlarning yangilanishi – bu ichki shaharlardagi yorilgan maydonlarni tozalash qashshoqlarni tozalash va yuqori toifadagi uy-joylar, korxonalar va boshqalar uchun imkoniyatlar yaratish. Shaharlarni yangilashning asosiy maqsadi tashqi xususiy va davlat investitsiyalarini jalb qilish hamda biznesni boshlash va yashashni rag'batlantirish orqali ma'lum bir hududning iqtisodiy hayotiyligini tiklashdir.[2]Entsiklopediya site:ewikiuz.top
Zamonaviy yangilanishga urinishlar 19-asrning oxirlarida rivojlangan mamlakatlarda boshlandi va 1940-yillarning oxirlarida «rubrika» ostida kuchli bosqichni boshdan kechirdi. Qayta qurish. Jarayon ko'plab shahar landshaftlariga katta ta'sir ko'rsatdi va dunyo shaharlari tarixi va demografikasida muhim rol o'ynadi.

Shaharni yangilash – bu belgilangan yangilanish maydonidagi xususiy mulk sotib olinadigan yoki olinadigan jarayon taniqli domen shaharni qayta qurish bo'yicha ma'muriyati tomonidan vayron qilingan va keyin ularni boshqa maqsadlarga bag'ishlagan tanlangan ishlab chiquvchilar uchun qayta ko'rib chiqilgan.Entsiklopediya site:ewikiuz.top
Download 23,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish