Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur juda katta davlat arbobi, boburiylar sulolasining asoschisi, tarixchi, siyosatchi, ruhshunos, iste’dodli sarkarda, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, etnograf va geografdir



Download 352 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi352 Kb.
#264046
  1   2   3   4
Bog'liq
adabiyot bobur ijodi




ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

1483-153



ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR DAVLAT ARBOBI, SHOIR VA MUTAFAKKIR

Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur juda katta davlat arbobi, boburiylar sulolasining asoschisi, tarixchi, siyosatchi, ruhshunos, iste’dodli sarkarda, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, etnograf va geografdir. Uning “Boburnoma” asari jahondagi eng buyuk shoh asarlardan biridir. Bobur o’zi bilan muloqotda bo’lgan 2031 nafar kishini ta’riflagan. Andijonda 1993-yil 23-dekabrda xalqaro Bobur jamg’armasi tashkil etildi. Ushbu jamg’arma hozirgi kunda jonkuyar olim Zokirjon Mashrabiy rahbarligida Bobur va boburiylar merosini o’rganishda juda katta ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda. “Boburnoma”da 60 ga yaqin daryolar haqida gapirdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsining jahon adabiyoti va tarixiga qo’shgan o’chmas izlari.

Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshoh mirzoning chevarasi edi. U 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug’ilgan. Otasi Umarshayx mirzo, onasi Toshkent xoni Yunusxonning 2-qizi. Qutlug’ Nigorxonim bo’lgan bu zotning ota tarafdan bobosi Abu Said mirzo, ya’ni Xuroson va Movarounnahrning ulug’ amiri va ona tarafidan buvilari Eson Davlatbegim bo’lgan. Bo’lajak iste’dodli davlat arbobi, iqtidorli shoir va adib Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da o’z avlodlari, ota-onasi haqida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. Xususan u otasi Umarshayx mirzo haqida “Ravon savodi bor edi. “Xamsatayn” va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o’qur edi. Aksar “Shohnoma” o’qir edi. Ta’bi nazmi bor edi. Vale she’rga parvo qilmas edi” – deb yozadi. Otasining to’satdan vafot etishi yosh Zahiriddinning davlat, el-yurt tashvishlari bilan yoshligidan band bo’lishga majbur qildi va u 1494-yilning 10-iyun kuni Farg’ona hukmdori sifatida taxtga o’tirdi. U yosh bo’lganligi sababli davlat boshqaruviga ona tarafidan buvisi Eson Davlatbegim va beklardan Hoji Qozi Shayx Mazidbek, Boboqulbeklar katta yordam berdilar. Dastlabki paytdan qarindoshchilik rishtalari bor bo’lishiga qaramay amakisi Samarqand hokimi Sulton Ahmad mirzo va tog’asi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon Farg’onaga yurish qildilar. Ammo bu yurishlar besamar ketdi. Bobur mirzo ham barcha taxt da’vogarlari singari saltanat tuzish, buning uchun avvalo ulug’ bobosi Amir Temur saltanatining markazi Samarqand taxtini egallash ishtiyoqi bilan yonardi. Shuning uchun Bobur 1496-yilning 17-iyunida Samarqandni qamal qiladi. Unga Buxoro, Qarshi, Toshkent hukmdorlari ham yordam beradi. Biroq qish yaqinligi tufayli Bobur qamalni bo’shatadi va qaytib ketadi. Bobur Samarqandni 2-marta 1497-yil may oyida qurshab oladi. Samarqand 7 oylik qamaldan so’ng 1497-yilning noyabrida bosib oladi. Shu paytning o’zida Andijonda sotqinlik bo’lib, Andijon qo’ldan ketadi. U Andijonni qaytarib olish uchun borganida Samarqandda sotqinlik bo’lib uni Shayboniyxon egallaydi. 2-marta Bobur Samarqandni 1500-yilning kuzida bosib oladi. Ammo Shayboniyxon bilan jangda yengilib jami 250 ga yaqin kishi bilan Afg’onistonga bordi va 1504-yilning sentabr oyida hokimiyatni qo’lga kiritdi va nihoyat Bobur 1512-yilda Eron shohi Shoh Ismoil yordamida Samarqandni 3-marta egallaydi. Ammo aholi uni qo’llamaydi. Chunki xalq uni hokimiyat uchun dindan qaytgan deb yoqlamaydi. Bobur Kobulga qaytib ketishga majbur bo’ladi. Shundan so’ng Bobur Hindistonga otlanadi. Bobur Mirzo taqdirning bunday mudhish hazillaridan xonish bo’lib:

Tole’ yo’qi jonimga balolig’ bo’ldi,

Har ishniki, ayladim, xatolig’ bo’ldi.

O’z yerni qo’yib Hind sari yuzlandim,

Yo rab netayin ne yuz qarolig’ bo’ldi.

kabi satrlarni Vatan sog’inchi dardida kuyib yozdi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1526-yil 21-aprelda Dehli hukmdori Ibrohim Lodiy qo’shinlarini yengib shimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelida Dehli shahrida Bobur nomiga xutba o’qitildi. Bu buyuk hukmdor Hindistonda boburiylar sulolasiga asos soldi. Bu sulola 332 yil, ya’ni 1526-1858 yillarda barqaror rivojlandi. Yaqin vaqtlargacha bu saltanatni noto’g’ri tahlil qilish orqali “Buyuk mo’g’ullar davlati” degan qarash mavjud edi. Vaholanki bu sulola Chingizxon avlodiga tegishli emas, shuning uchun “Buyuk mo’g’ullar” deb atalgan ibora o’rnida “Boburiylar” iborasi qo’llanadigan bo’ldi.

Hindiston bog’i-rog’i ko’p, meva-chevaga boy yurt ekan.Boburshoh, mendan yodgor qolsin,deb Hindistonning ko’rkam joyida bir bog’ barpo ettiribdi.Xalq, dunyoga dong’i ketgan bu boqqa «Bog’i Boburiy» deb nom qo’yibdi.

«Bog’i Boburiy»ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, sabzi, bodring, tarvuz bitibdi. Mirzo Bobur qovunni yaxshi ko’rar ekan. Shu bois Boburshox, bir yil qovun ektiribdi. Bitmabdi. Ikkinchi yil ektiribdi, bitmabdi . Uchinchi yil ham ektiribdi. Baribir qovun o’smabdi. Boburshox, bo’lsa qovun topishni talab qilaveribdi. «Uch, uchdan keyin puch» degan ekan mashoyixlar. Nima qilishini bilmay bog’bonlarning tozayam boshi qotibdi. Oxiri shoxga bildirmay, uzoq Farg’onadan qovun olib kelib berishga ahd qilishibdi. Bog’bonlarning boshlig’i o’n bir kishini yoniga olib «Farg’ona qayerdasan», deb yo’lga chiqibdi. Karvon otlarga qovun ortib, tezda iziga qaytibdi. Bir oy deganda yana Hindistonga yetib kelibdi. Boburshox, qovunni hidlab ko’rib, «Qayerda bitgan?» - deb so’rabdi. Bog’bon «Bog’i Boburiyda bitgan» - deb javob beribdi. «Yo’q, hidi boshqacha. Bunday hidli qovun bu yerlarda bitmaydi, faqat bir o’lkada yetishadi, xolos. Sen meni aldayapsan», debdi.Qovun pichoq tegar-tegmasdan tirsillab| yorilib ketibdi. Boburshox, uning bir tilimini olibdi-da, yeya boshlabdi. Shunda Bobur bog’bonga ta’na qilib: «Bunaqa shirin, tilyorar qovunlar bu yerlarda bitmaydi to’g’risini ayt», debdi.Bog’bon to’g’risini aytishga majbur bo’libdi.Boburning ko’ngli buzilib, yig’lab yuborishiga ozgina qolibdi.Bog’bon esa: «Nima qilsangiz ixtiyor o’zingizda. Ammo o’limim oldidan sizdan bir narsani so’ramoqchiman, qovun bu yerdan emasligini qanday bildingiz?" debdi. Boburshox,:«Hidi, pichoq tegar-tegmay yorilib ketishi va tilni yorar shirinligidan ona yurtim qovuni ekanligini angladim. Bizning bog’imizda shunday shakarpalak ko’p bitardi. Sen in’om-ehsonga loyiqsan», deb bog’bonga rahmatlar aytibdi.




Download 352 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish