Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISHDA YUQORI SAMARADORLIKKA ERISHISH USULLARI



Download 7,41 Mb.
bet59/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISHDA YUQORI SAMARADORLIKKA ERISHISH USULLARI

Tohirova Shozoda Shamsullayevna


Buxoro tuman 8-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Insonda yaxshi fazilatlar, ya’ni odob-ahloq, muomala madaniyati kabi fazilatlar ta’lim-tarbiya bosqichlarida yillar osha shakllanadi. Bu borada boshlang’ich ta’lim muhim bosqich sanaladi.


88
Nutq va uning turlari gapirganimizda quyidagi natija orqali fikr yuritamiz. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o’z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o’ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan,

«o’ylangan» (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o’ziga qaratiladi. tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi − tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.


Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o’stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O’ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo’ladi. Ichki nutq o’quvchini tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o’rgatadi. Ichki nutq jarayonida o’ylash o’quvchining nutqi va tafakkurining o’sishida muhim vositadir.


Maktabda o’quvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o’stiriladi. Bolalar ichda o’qishga o’rganadilar va ichki nutqda materialni o’zlashtiradilar, turli vazifalarni o’zlari hal qiladilar, asosiysi − o’zlarining og’zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.


Fikrni ifodalash usuliga ko’ra nutq og’zaki va yozma bo’ladi. Og’zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og’zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og’zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko’rish va motor-harakat (qo’l harakati) sezgisi asosiy o’rin tutadi. Og’zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o’zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og’zaki nutq aniq hayotiy sharoitda, bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi.


Og’zaki nutq ko’pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo’ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay, ortiqcha takrorga yo’l qo’ymay bayon qilishni talab etadi. SHuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi.


Boshlang`ich sinf darslar jarayonida o`quvchilarni og`zaki nutqini ostirish uchun ko’proq hikoya va ertak o’qitilishi lozim.


Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar, o’z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.


Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi.


O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.


Nutq o’stirish nima? Agar o’quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko’zda tutilsa, nutq o’stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug’ati, sintaktik qurilishini, bog’lanishli nutqni) faol amaliy o’zlashtirish tushuniladi. Agar o’qituvchi ko’zda tutilsa, nutq o’stirish deganda, o’quvchilarning tilning talaffuzi, lug’ati, sintaktik qurilishi va bog’lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo’llash tushuniladi. SHuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so’z, gap, bog’lanishli nutq kabi qismlarni o’z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo’limlari «Xat-savod o’rgatish va nutq o’stirish», «O’qish va nutq o’stirish», «Grammatika, imlo va nutq o’stirish» deb nomlangan.


Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish uslublaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o’quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo o’qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni so’raydi. Natijada o’qituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. O’qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.


SHunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini analiz qilishni talab etadi. O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.


Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri turli uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli, o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. O’quvchilar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati


89
qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga, voqealarni izchil bayon qilinishga va o’zaro bog’liqligini yoritishga yunaltirilishi lozim.


O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o’zaro bog’lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi.


Ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. SHuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Otaqulova G. “Vatanni sevmoq iymondandir” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2001- yil №2 mart-aprel 12-13-bet


Azimova “O`zbekistonim mening” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2003-yil №15 mart-aprel 4-5-bet 3.Q.Rahimboyeva vatanim –yorug` maskanim Boshlang`ich ta`lim jurnali 2001- yil №1 mart-aprel 6-7- bet


Azimova Istiqlolim – istiqbolim Boshlang`ich ta`lim jurnali 2003-yil №5 martaprel 6-9-bet



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish