Zamonaviy qurilish sanoatida keramzit beton va uning qo’llanilishi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#340967
1   2   3   4
Bog'liq
zamonaviy-qurilish-sanoatida-keramzit-beton-va-uning-qo-llanilishi

Xususiyatlari 

Keramzit beton 

Oddiy beton 

 

 



Zichlik kg/m

3

 



850-1800 

1800-2500 

Issiqlik o’tkazuvchanlik 

Vt/m


0

0,15-0,45 



0,05-2,02 

Mustahkamlik bo’yicha 

markasi 

B3,5-B10 

B3,5-B10 

Suv shimuvchanlik % 

(massa ulushida) 

10 


4-8 

Sovuqbardoshlik bo’yicha 

markasi 

50/200 


50/300 

Bug’ o’tkazuvchanlik 

bo’yicha markasi 

(мг/(м*ч*Па) 

0,3-0,9 

0.03 


Biz ushbu jadvalda keramzit asosidagi yengil beton va oddiy og’ir betonlarning 

eng asosiy fizik-mexanik xususiyatlarini keltirib o’tdik, jadvaldan ko’rinib turganidek 

zichlik  jihatdan  keramzit  betonning  oddiy  betondan  bir  muncha  farqli  ekanini 

ko’rishimiz  mumkin  va  bu  farq  tabiiyki  materiallarning  issiqlikni  kam  o’tkazish 

xususiyatiga ham bevosita  aloqadordir  chunki  bizga ma’lumki  materialning  zichligi 

qanchalik  kichik  bo’lsa  uning  issiqlik  o’tkazuvchanlik  koeffitsiyenti  ham  shuncha 

past bo’ladi. Bizga ma’lumki issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,175 W/(m·°C) 

dan  yuqori  bo‘lmagan  (25°C)  qurilish  materiallari  issiqlik  izolatsiyasi  materiallari 

sinfiga  kiradi.  Aynan  shuning  uchun  ham  biz  keramzit  betonni  issiqlikni  kam 

o’tkazuvchi  matreriallar  sinfiga  kirita  olamiz.  Aynan  shu  jihat  sababli 

bino  va 

konstruksiyalarning issiqlik izolatsiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. 

Bundan  tashqari,  bino  devorlari  qalinligi,  konstruksiyalarning  xususiy  massasi  ham 

"Science and Education" Scientific Journal

May 2021 / Volume 2 Issue 5

www.openscience.uz

301



mutanosib  ravishda  kamayadi.  Qurilish  tizimida  1  t  samarali  ishlatish  200  t  gacha 

shartli yoqilg‘ini tejaydi.  

Keramzit  aosidagi  betonning  yuqorida  keltirib  o’tgan  bir  qancha  jihatlari  bilan 

boshqa  turdagi  materiallarga  nisbatan  samarali  bo’lishiga  asosiy  sabab  bu  uning 

g’ovak strukturasidir. 

1-rasm 


Keramzit to’ldiruvchili beton na’munasining ko’rinishi 

 

Hozirgi  paytda  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish  sanoatida  materiallarning 

o’rtacha zichliklarini kamaytirish ikki xil bosqichda amalga oshiriladi va bu usullar 

bir  biridan  tubdan  farq  qiladi:  birinchi  bosqich  mahsulotni  qoliplash  jarayonida 

mahsulot xajmida g’ovakliklar hosil qilish yo’li bo’lsa; ikkinchi usulda materialni bir 

nechta  texnalogik  usullar  orqali  g’ovaklikini  oshirish  orqali  erishiladi.  Yana  shuni 

ham aytish joizki ichki havo konveksiyasi tufayli mahsulotning hajmiy strukturasida 

juda  katta  bo’shliqlarni  hosil  qilish  mumkin  ammo  bu  jarayon  faqat  materialning 

issiqlik  o’tkazuvchanlik  xususyatlariga  yomon  ta’sir  o’tkazishiga  olib  kelishi  ham 

mumkin. Amalyotda 40% dan ortiq bo’shliqli materiallarni olish mumkinligi lekin bu 

jarayon  katta  texnalogik  qiyinchiliklar  bilan  amalga  oshirilishi  isbotlangan.  Aynan 

shuning  uchun  ham  yengil  beton  ishlab  chiqarish  uchun  to’ldiruvchi  sifatida  aynan 

keramzitning  tanlanishi  biz  yuqorida  keltirib  o’tgan  o’rtacha  zichlikni  kamaytirish 

vazifani  yechish  uchun  xizmat  qiladi  va  bu  usul  materialni  qoliplash  jarayonida 

material  tarkibida  g’ovakliklar  hosil  qilish  usuliga  o’xshashdir  faqat  birgina  farqli 

jihati  biz  ko’rib  chiqayotgan  yengil  beton  ishlab  chiqarishda  qoliplash  jarayonida 

g’ovak  hosil  qiluvchi  emas  balki  tayyor  g’ovakli  qo’shimcha  (keramzit)dan 

foydalaniladi. 

Aynan  keramzitning  bo’shliqli  ichki  strukturasi  orqali  biz  yengil  beton  ishlab 

chiqarish imkoniyatiga ega bo’lamiz. 

"Science and Education" Scientific Journal

May 2021 / Volume 2 Issue 5

www.openscience.uz

302



2-rasm 

Keramzitning ichki strukturasi 

 

Shu  bois  keramzitning  qo‘llanilish  sohasi  juda  keng  qamrovli  bo‘lib,  uning 



zichligi, 

mustahkamligi, 

granulometrik 

tarkibi 


kabi 

xossalarini  o‘zaro 

mujassamlantirib, qurilish sohasida undan turli-tuman buyumlar tayyorlash imkonini 

beradi.  Keramzitni  tayyorlash  jarayoni  sanoat  korxonalarida  yuqori  darajada 

mexanizasiyalashgan  va  avtomatizasiyalashgan  liniyalarda  amalga  oshiriladi.  Uni 

tayyorlashda  turli  konstruktiv  yechimlarni  tanlash,  jumladan  kompozisiya  tarkibini, 

bog‘lovchi  turini,  undan  tayyorlanadigan  buyumlarning  o‘lchamlari  va  shaklini 

o‘zgartirish imkoniyatlari ham mavjud. Bunday ko‘p variantlilik turar joy binolarini 

loyihalashdagi bir hillikdan voz kechish, samarali qurilish materiallari bazasini izlab 

topish,  yangi  tabiiy  iqlim  va  tarixiy  an'analarga  mos  keluvchi  me'moriy  va 

konstruktiv  yechimlar  izlab  topish  imkonini  beradi.  Jumladan,  AQSh,  va  Yevropa 

mamlakatlarida  keramzitga  o‘xshagan  materiallardan  foydalanish  XX  asrning  II 

yarmidan  boshlangan.  Bugungi  kunga  kelib  ham  ushbu  mamlakatlarda  yengil 

betondan tayyorlangan oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar ko‘p qavatli binolarni 

barpo  etish  jarayonida  keng  qo‘llanilmoqda.  Keyingi  yillarda  keramzit  betonni 

respublikamiz  qurilish  ishlab  chiqarish  sanoati,  sanoat  va  fuqaro  qurilish  sohalarida 

ham qo’llash surati sezilarli darajada o’sdi,  Shu bois, yengil beton va uning boshqa 

turlaridan  foydalanish  keng  miqqiyosida  ommalashmoqda.  Bu  jarayonni  quydagi 

rasm orqali ham yetarlicha tushinib olishimiz mumkin. 

3-rasm 


Turli hil materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik ko’rsatkichi bir hil bo’lgandagi 

qalinliklari. 

 

"Science and Education" Scientific Journal



May 2021 / Volume 2 Issue 5

www.openscience.uz

303



Ushbu  rasmdan  ko’rinib  turganidek  210  sm  qalinlikdagi  devorning  issiqlik 

o’tkazuvchanligi  90  sm  qalinlikdagi  keramzit  betonning  issiqlik  o’tkazuvchanligi 

bilan  bir  hildir.  Aynan  shuning  uchun  ham  bu  turdagi  qurilish  materiallaridan  keng 

miqyosida  foydalanish  davlat  siyosati  darajasiga  ko’tarilib  ulgurdi.  Bilamizki 

bugungi  kunda  uy-joy  qurilishi  sohasida  har  bir  metr  kvadrat  metr  yer  3  million 

so’mdan  6  ,  7  million  so’mgacha  (viloyatlar  kesimiga  qarab,  joylashgan  hudud 

infrastrukturasiga qarab) baholanmoqda, demak yengil betonlardan bin ova inshootlar 

qurilishida  keng  miqyosida  foydalanish  qurilish  uchun  ajratilgan  yer  maydonidan 

unumli foydalanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bino yoki inshoatning poydevori 

ushbu  inshoatga  tushadigan  yuklanishga  qarab  hisob  kitob  qilinishini  ham  hisobga 

oladigan  bo’lsak  qurilishda  yengil  betonlardan  foydalanish  konstruktiv  xarajatlar 

jihatdan ham iqtisodiy yutuqqa erisha olishimizni ta’minlaydi.  




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish