Zatilishi mumkin. Ayrim bolalar mustaqil o‘tira olishadi



Download 45,83 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2022
Hajmi45,83 Kb.
#576789
1   2   3   4   5
Bog'liq
BAXTIGUL

Daun sindromli bolalar. Aqli zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalar orasida Daun sindromi bilan kasallangan deb tashhis qo‘yilgan bolalar soni jihatidan sezilarli darajada ko‘p. Bu kasallik xromosomalar patologiyasi bilan bog‘liq, bunda odam xujayrasida odatdagidek 46 ta xromosoma o‘rniga 47 ta xromosoma hosil bo‘ladi. Bunday tashhis bilan tug‘iladigan chaqaloqlar 1:600-900 nisbatda uchraydi. Bularning yarmi yurak kasalliklari bilan dunyoga keladi. Maxsus muassasalardagi tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 30 va undan ortiq foizini shu kabi bolalar tashkil qiladi. Daun sindromi bilan kasallangan bolalarning tashqi ko‘rinishi quyidagicha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi: tashqi burchaklari ko‘tarilgan qisiq ko‘zlar, kichik ”tugmacha” burun, yonoqlari qizg‘ish. Og‘zi yarim ochiq, tili semiz bo‘lib, teri buramalari va chuqur egatlarga ega, tishlari yemirilgan va oralari ochiq, bosh suyagi meyoridagidan kichik, peshonasi kesik, qo‘l panjasi barmoqlari juda kalta.
Bu bolalarning ko‘pchiligi eshitish va ko‘rish a’zolaridagi nuqsonlardan aziyat chekadi. Daun-bolalarda quloq karligi (60-80% hollarda uchraydi), aqli zaiflikning boshqa shakllaridagi bolalarga qaraganda sezilarli darajada yuqori.
Daun sindromi bilan kasallangan bolalarning taxminan 50%i uzoqni yaxshi ko‘ra olmaydi, 20%i esa uzoqni yaxshi ko‘radi. Ularda epikart, astegmatizm, g‘ilaylik va boshqalaruchraydi. Bolalarning bu jihatlarini ta’lim jarayonini tashkil etishda va ta’lim metodlarini tanlaganda hisobga olish kerak.
Maxsus adabiyotlarda Daun sindromli bolalarni rivojlantirish imkoniyatlari xususida yagona qarash mavjud emas. Ba’zi mualliflar, xususan psixiatrlar bu bolalarning juda sekin va qiyin rivojlanishini va 12 – 14 yoshda rivojlanishining batamom to‘xtashini ta’kidlashsa, Defektologlar esa maxsus ta’lim ta’sirida bu bolalarning sekin bo‘lsada rivojlanishlarini ta’kidlashadi.
Daun bolalarning boshqa aqli zaif bolalardan farqi. Daun sindromli bolalarda motorika ko‘proq darajada buzilgan. Ular uchun harakatlarning, yurishining beo‘xshovligi, bo‘g‘imlarning yuqori egiluvchanligi xosdir. Asosiy static funksiyalari rivojlanishida kechikish aniqlangan (boshni tutib turish, o‘tirish, tik turish, koordinatsiya), shuningdek harakat qanchalik qiyinlashsa, uni egallash va bajarish muddatlari ortga suriladi. Bu bolalarda muvozanat ko‘nikmalari nuqsonlari yaqqol ifodalangan. Daun sindromli bolalar boshqa aqli zaif bolalar kabi predmet shaklini ko‘rish orqali farqlay olishadi, biroq obektni tanish natijalari, bu bolalarda yomonroq. Bu holat Daun sindromli bolalarda barmoqlar harakatlarining rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.
Bu toifadagi bolalarda boshqa aqli zaif bolalarga ko‘ra passiv va aktiv lug‘ati juda ham kam. Sodda matnlarni so‘zlab berishda Daun sindromli bolalar ot va fe’llarni ikki marta, boshqa ko‘makchi so‘z turkumlarini bir yarm barobar kamroq ishlatishgan. Faqatgina sifat so‘z turkumi boshqa aqli zaif bolalar bilan bir miqdorda foydalanilgan. (A.R.Maller).
So‘ngi yillarda o‘tkazilgan izlanishlar ko‘rsatishicha Daun bolalarda nutq tizimi butunlay shakllanmagan bo‘lib, faqatgina uning alohida tomonlari va funkiyalari ishlatiladi.
Daun sindromli bolalar bolalarda tuyg‘ular aqliga nisbatan muhimroq. Ularning ko‘pchiligiga g‘azab, qo‘rquv, shodlik, qayg‘u kabi tuyg‘ular tanish biroq, bu tuyg‘ularni uyg‘otgan hodisaga emotsional reaksiya juda zarur va tom ma’noda bu sabaga mos kelmaydi, ba’zan esa arzimagan sababga kuchli qayg‘urish kuzatiladi. Bu bolalarning ba’zilarida xarakterning epileptic tomonlari: egosentrizm, xaddan ziyod ozodalik, tajavuzkorlik kuzatiladi. Biroq ularning ko‘pchiligi ijobiy xususiyatlarga ega: ular muloyim, do‘ssevar, mehribon, bosiq. Bolalarning emotsional muqimligi ular bilan korreksion – tarbiyaviy ishlarni samarali olib borishga imkon beradi.
Download 45,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish