Ўзбекистон ёшлар иттифоқИ



Download 49,5 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi49,5 Kb.
#841968
Bog'liq
Ismatova Muhabbat - JDPI(1)


Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol”
Reja:

  1. Kirish. Korrupsiya bu - jamiyatni turli yo’llar bilan yemiradigan dahshatli illatdir.

  2. Asosiy qism:

  1. Korrupsiyaning tarixiy ildizlari va unga qarshi kurash.

  2. Bugunning xalqaro transmilliy jinoyati sifatidagi qamrovi.

  3. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati.

  1. Xulosa. Men korrupsiyaga qarshiman.

Korrupsiya bu – jamiyatni turli yo’llar bilan yemiradigan dahshatli illatdir. Ushbu illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o’tish o’rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag’al bo’lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlardan uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo’yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Korrupsiya termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansabdor vakolatlari va huquqlardan o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko’plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo’lish uchun qabila sardorlariga sovg’alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O’sha paytda bu oddiy normal hol sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markazlashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to’siq ekanligini ko’rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan davlat sifatida birinchi davlat sifatida Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxorligi tashvishga solgan. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo’rligi qattiq qoralandi. Jumladan, Injilda “Sovg’alarni qabul qilma, chunki sovg’a ko’rni ko’radigan qiladi va haqiqatni o’zgartiradi” deyilgan bo’lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaqlik bilan olmangiz deyilgan”.
Bugungi kunda korrupsiya muommosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelishimiz mumkin. Bunga aholining huquqiy savodxonligining pastligi, mamlakatlardagi siyosiy vaziyatning notinchligi, shaxsiy manfaatlarning yuqori turishi, davlatning asosiy bo’g’inidagi ziddiyatlar va bir qancha omillarni olishimiz mumkin. Bugungi kunda transmilliy jinoyatdan adolatlilik sari yuzlanayotgan davlatlar soni ham ortib bormoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijaga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gongkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, korrupsiyani keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim o’rin egallaydi.
Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, huquqni qo’llash amaliyotida mansabdor shaxslarning korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlarni sodir etganlik holatlari hali ham uchramoqda. O’zbekistonda 2017-2019 yillar davomida 6127 nafar mansabdor shaxsning pora olishi, ulardan 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat, 476 nafari tuman-shahar miqyosidagi davlat idoralari xizmatchilarida kuzatilishi tashvishlidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o’zining turli ko’rinishlari bilan taraqqiyotimizga g’ov bo’lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo’lmaydi, umumman jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi”.
Korrupsiyaning dahshati har bir inson hayotiga bevosita daxl qilib, ularning hayotini tamomila o’zgartirib yubormoqda. Pora bergan va olgan insonga davlatimizda yetarlicha qonunlar belgilab qo’yilgan. Yozuvchi O’ Hoshimov aytganidek, porani harom odam beradi va harom odam oladi. Bu holat insonning ikki dunyoviy hayotini saodatga eltmaydi va abadiy tubsizlikka tortadi.
Muhabbat Ismatova
Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish