Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат


Xalifalik hukmronligining Misr, Suriya, Eron, O’rta Osiyo



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana18.09.2021
Hajmi0,54 Mb.
#177962
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni

1.2.Xalifalik hukmronligining Misr, Suriya, Eron, O’rta Osiyo,  

      Hindiston va Yevropa mamlakatlariga yoyilishi 

 

UMМAVIYLAR  XALIFALIGI  (661-750). 

Buning  asoschisi  yirik 

savdogar  va  qurayshiylar  zodagoni  Abu  Sufyonning  o‘g‘li  Muoviyadir.  Suriya 

hokimi  etib  tayinlangan  Muoviya  arab  istilosi  natijasida  egalari  tashlab  ketgan 

yerlarni Sosoniy podshohlari va Rum (Vizantiya) imperiyasi molmulklarini qo‘lga 

kiritgan.  Hijozdagi  otasidan  qolgan  mulkni  harbiy  asirlardan  qariyb  400  kishi 

kuchi  bilan  obod  qilgan.  Joylarda  boshqarish  ishlarini  mahalliy  amaldorlar 

ixtiyorida qoldirgan. Shuning uchun mahalliy xalq va ulardan tuzilgan qo‘shinlar 

Muoviyani  qo‘llab  quvvatlaganlar.  Ancha  kuch  to‘plab  olgan  Muoviya  Ali 

xalifaligini  tan  olmay,  Damashqda  o‘zini  xalifa  deb  e‘lon  qilgan.  658  yili  ular 

o‘rtasida  urush  boshlanadi.  Furot  daryosining  o‘ng  qirg‘og‘idagi  Siffin  vohasida 

uch  oy  davom  etgan  jang  natijasiz  tugaydi.  Ali  vafotidan  keyin  (661  y.)  arab 

zodagonlari  va  harbiy  boshliqlar  yordamida  Muoviya  yagona  hukmron-xalifa 

bo‘lib  qoladi.  Xalifalik  poytaxti  Madinadan  Damashqqa  ko‘chirildi. 

Umaviylarning  hukmronlik  davri  Damashq  xalifaligi  deb  ham  ataladi.  Shunday 

qilib,  xalifalik  poytaxti  Arab  yarimorolidan  chiqib  ketdi.  Yangi  davlat  Muoviya 

buvasining dadasi, Makkaning o‘z vaqtidagi boy a‘yonlaridan Umayya nomi bilan 

umaviylar deb ataldi. 

Umaviylar  davrida  qator  ma‘muriy  harbiy  o‘zgarishlar  amalga  oshirildi: 

xalifalik  lavozimi  nasliy  merosga  aylantiriddi,  davlat  xazinasi  va  davlat  arxivi 

tashkil  etildi,  arab  tili  davlat  tili  deb  e‘lon  qilindi,  yangi  oltin,  kumush  va  mis 

pullari chiqarildi, harbiy-dengiz floti tashkil etildi. 

Xalifalik  davrida  butun  Eron,  Tabariston,  Jurjon  ishg‘ol  etildi.  664  yrshi  Kobul 

bosib olindi. 

Xalifalik  nasorolikning  yirik  saltanati  Vizantiya  bilan  doimiy  jang  qildi. 

Misr g‘arbiy chegaralaridan hujum qilish tufayli 647 yili Kirenaika bosib olindi, 

649 yili Kipr ishg‘ol etildi, 654 yili asosan Misr kemalaridan iborat bo‘lgan Islom 




 

20 


floti  Kichik  Osiyo  qirg‘oqlarida  Vizantiya  flotini  tor-mor  qildi.  667  yili  arablar 

Xalkedan  shahrini  ishg‘ol  etib,  Vizantiyani  xavf  ostida  qoldirdilar  va  Sitsiliyani 

vayron qildilar. 698 yili vizantiyaliklar Karfagendan tamoman haydab chiqarildi. 

711  yili  Janubiy  Ispaniyaga  hujum  boshlanib,  bir  necha  yil  davomida  butun 

mamlakatning  beshdan  to‘rt  qismi  bosib  olindi.  712  yili  Muhammad  ibn  Qosim 

as-Saqafiy  tomonidan  Sind  viloyati  (hozirgi  Pokistonning  janubi)  bosib  olindi. 

Daybun  (Qora  chi)  porti  va  Kiyrun  (Haydarobod)  shahri  Muhammad  ibn  Qosim 

qo‘liga o‘tdi. 

Markaziy  Osiyoning  arablar  tomonidan  bosib  olinishi  VII  asrning  70-

yillaridan boshlandi 

  

Xalifa  Muoviya  (660—680)  buyrug‘i  bilan  Ubaydulloh  ibn  Ziyod 



boshchiligidagi arab qo‘shinlari 674 y. Poykent va Buxoroga hujum qiladilar. Bu 

shaharlarni  talab,  bir  ming  dirham  pul,  to‘rt  ming  asir  va  ko‘p  miqdorda 

qimmatbaho  o‘ljalar  olib  qaytadilar.  704  y.  Qutayba  ibn  Muslim  Xuroson  amiri 

etib  tayinlanadi.  Unga  O‘rta  Osiyoda  arab  xalifachigi  hukmronligini  o‘rnatish 

vazifasi  topshiriladi.  706  yili  Qutayba  Omul  (Chorjo‘y),  Zamma  (Karki)  va 

Buxoro shaharlarini egallab, Poykentni qamal qiladi va uni oladi, 709 y. Qutayba 

Zarafshon  vodiysining  quyi  qismidaga  eng  kuchli  Vardanza  (Shopirkon) 

hukmdori Vardanxudot ustiga yurish qiladi, Vardanza va Buxoro ustidan g‘alaba 

qozondi. 710 yili Qutayba Kesh (Shahrisabz) va Nasaf (Qarshi) shaharlarini bosib 

oladi. 711 yili Xorazmda boshlangan ichki g‘alayonlardan foydalanib, 712 yili u 

Xorazmga yurish qiladi va u yerda arab hukmronligani o‘rnatadi. Shu yili Qutayba 

Xorazm  va  Buxoroda  harbiy  kuch  to‘plab,  Samarqandga  yurish  qiladi.  Shosh 

(Toshkent),  Farg‘ona  va  turklarning  yordamiga  qaramay  Samarqand  taslim 

bo‘ladi.  Qutayba  bilan  Samarqand  hokimi  Gurek  o‘rtasida  bitim  tuzilib, 

Samarqand hukumati arab xalifaligi uchun har yili ikki mln. 200 ming dirham boj 

to‘lash  majburiyatini  oladi.  713—715,  yillari  Qutayba  Toshkent  va  Farg‘ona 

viloyatlarini  bo‘ysundirib,  Qashqargacha  bo‘lgan  yerlarni  ishg‘ol  etdi.  Arab 

istilosi tufayli O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati yo‘q qilib yuborildi. 




 

21 


Xorazm  yozuvini  bilganlar  o‘ldirildi,  ularning  asarlari  va  tarixiy  xujjatlar  yoqib 

yuborildi. 

Bosib  olingan  yerlarda  aholi  arab  istilochilariga  qarshi  qo‘zg‘alonlar 

ko‘tardilar.  736—737  yillar  Markaziy  Osiyoda  Horis  ibn  Surayj,  739—740 

yillarda  Marokashda  barbarlar  qo‘zg‘aloni,  742  yilda  Mag‘ribdagi  xorijiylar 

qo‘zg‘aloni  kabilar.  Bu  qo‘zg‘alonlar  mag‘lubiyatga  uchragan  bo‘lsa  ham, 

umaviylar  davlati  inqirozini  tezlashtirdi.  747—750  yillari  Abu  Muslim 

rahbarligidagi  qo‘zg‘alon  oxirgi  umaviylar  xalifasi  Marvonni  taxtidan  tushirdi, 

hokimiyat  abbosiylar  qo‘liga  o‘tdi.  Umaviylar  avlodlari  qirib  tashlandi.  Ulardan 

faqat  Abdurahmon  tirik  qolib,  Ispaniyaga  qochib  ketdi  va  u  yerda  Qo‘rtuba 

(Kordova)  amirligiga  asos  soldi.  Umaviylar  xalifaligi  Islom  an‘anasida 

zo‘ravonlik  bilan  davlatni  qo‘lga  olgan.  Xalifalar,  Umar  II  dan  boshqasi, 

Islomning  to‘g‘ri  yo‘lini  buzib  hukm  yuritgan  shaxslar  deb  qoralanadi  va 

abbosiylarning  taxtga  chiqishi  islomiy  hokimiyatning  qayta  tiklanishi  deb 

ta‘riflanadi. 


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish