Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув


ІІ – Bob. Sinf rahbarining pedagogik mahorati



Download 203 Kb.
bet4/6
Sana14.04.2022
Hajmi203 Kb.
#549547
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sinf rahbarining o\'quvchilarga bo\'lgan munosabatidan pedagogik mahoratning ahamiyati

ІІ – Bob. Sinf rahbarining pedagogik mahorati
2.1. Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati.

Pedagogik mahorat –bu o’qituvchi-tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, hayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k,) va kasbiy, (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyligi, ijodkorligi, erudisiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o’z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogikpsixologik va metodik tayyorgarligida, o’quvchi-yoshlarni o’qitish ,tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo’llarini izlab-topib amaliy faoliyatida qo’llashida namoyon bo’ladi. Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo’lish uchun o’qituvchi o’z o’quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini o’zlashtirishi hamda insoniylik va fidoiylikni o’zida tarkib toptirishga intlishi lozim. Shuni alohida qayd qilib o’tmoq zarurki, o’qituvchilik kasbi murakkab va qiyindir. Ushbu kasbning qiyin va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo tirik, ongli jonzot bilan muloqotda bo’ladi. Ongli va tirik jonzot esa ham aqliy, ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo’ladi. Shuning uchun o’quvchi bilan doimo muloqotda bo’lish, unga ta’sir ko’rsatish, undan psixologiya, tarbiya nazariyasini mukammal bilishni taqozo qiladi.Bu o’qituvchidan pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo’lish lozimligini ta’kidlaydi.


Pedagogik mahorat ham – farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yongishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlikning, shaxslar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan shaxs shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi, donolik va ijodiy dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat majmuasidir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm – farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalr ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab, ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi. Pedagogik mahorat nazariyasi va metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib keladiki, pedagoglarning har biri o’zicha, paypslab ijodiy izlanish olib boadi, Ayni bir xil savollarni: shaxslar bilan, pedagoglar jamoai bilan qanday qilib til topish mumkin? Qanday qilib qisqa muddat ichida tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning haqqoniy manzarasiga erishmoq kerak?Tarbiyalanuvchilarni pedagogik talablarni bajarishga qanday qilib majbur etish mumkin? Qanday qilib yaxshi pedagogik ruhiyatni saqlab qolish va o’z kuch – quvvatini oqilona sarflash mumkin? Degan savollarni muttasil takrorlaydi va hakoza. Bu kabi savollarga javob berish uchun pedagogdan odatdan tashqari kuch – g’ayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlar olib boirishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to’g’rilik va halollikni, o’tkir aql idrokni, o’z topilmalarining qimmatini aniqlash qobiliyatini talab qiladi.
Pedagogika fani bilan tarbiya san’atining uzviy aloqadorligi zarurki, u yuksak kasb mahoratini ta’minlaydi. Pedagogika fikrlashga o’rgatadi, murakkab pedagogik muammolarni hal qilish uchun to’g’ri yo’l yo’riq va ilmiy asoslangan yo’llarni ko’rsatadi, pedagogning pedagogik ta’sir ko’rsatish metodikasi va texnikasi bilan qurollantiradi. Biroq texnikaning tarkibiy qismlari bilan mahorat o’rtasidagi nisbatning dialektik muammolarini to’g’ri hal qilish uchun tayyor andazalar, mutloqo aniq tavsiyalar qayerda bo’lishi mumkin, qayerda bo’lishi mumkin emas, degan savolga javob berishi mumkin. Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o’rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o’rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto strategik maqsadlari) bor. O’quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish bo’lmaydi. Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tahlil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir – biriga bog’liq bo’ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amlga oshirish usuli – bo’lajak natijadir.Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo’yish uchun amaliy asos hisoblanadi.Tajribada ma’lum darajada qo’llanilgan har qanday vosita natija beradi, hatto biror sababga ko’ra maqsad aniq ifodalanmagan bo’lsa ham natija bervermaydi.Tajribada mavjud bo’lgan pedagogik vositalarning ikkitasini ko’rib chiqamiz. Birinchisi: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar Bilan bog’liq bo’ladi, ular pedagogik jarayoning muayyan bosqichida ta’sir ko’rsatish natijasini belgilab beradi. Masalan rag’batlantirish bir xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to’siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli – tuman ko’irinishlarini vujudga keltirishi mumkin. Ikkinchi: ayrim vositalarni qo’llanish pedagogning ular ta’sirini, mumkin bo’lgan o’zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog’liq bo’ladi. jamoa muomala sharoitida vositalarni qo’llash minut sayin o’zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqazo qiladi. Hozircha biz ko’proq mavhum kategoriyalardan foydalanamiz. Amaliy faoliyatda esa vositalar, maqsadlar va natijalar dialektikasi ovozlar shovqini, g’oyat turli – tuman ehtiyojlar va daxvolarning avj olishi bilan to’la bo’ladiki, bu barcha jonli manzara doimo bir kishining – pedagog tarbiyachining diqqat markazida bo’lishi lozim. Agar pedagogik san’at haqida gapirganda, chamasi, uning asosiy ko’rinishlari – o’quvchilarga umidbaxsh faraz bilan yondoshish, talab va ishonchning birligi, uning shaxsga avayla munosabatda bo’lish, uni hurmat qilishdan iborat bo’lishi mumkin. Pedagogik umidbaxshlik hatto eng qarovsiz o’quvchi ham o’zida ko’pgina ijobiy narsalarga egadir, degan ishonchga asoslangan.
Pedagogik mahorat o’ziga o’quvchilar haqidagi, ularning psixologiyasi to’g’risidagi, ta’lim muassasasi haqidagi, ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyani tashkil etadi, pedagog, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andazalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi. Biroq zamonaviy sinf rahbariga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi – maxsus bilimlar va malakalar: o’quvchilarni kuzatish, ularning o’sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, bu muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlantirish yo’llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish usullarining o’zaro bir – biriga o’tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi. Sinf rahbari yangi tajribalarni o’rganar ekan, o’zining hayotiy bilmini, his etgan va anglagan narsalarini, o’z tajribasini aslo kamsitmasligi kerak. Sinf rahbarni keng va dadil tajribachilik ishlariga yo’llash zarur.
Sinf rahbari nihoyatda maʼsulyatli va murakkab vazifani bajaradi. U sinfdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o’quvchilarning murabbiysi, sinfni tashkil etadi hamda kamolot tashkilotchilari, o’qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan o’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o’z ishini to’g’ri uyushganligini nazarda tutadi. O’z ishini tashkil etish deganda ishni to’g’ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtni o’ziga xos his etish ishlanmasini vaqtga qarab to’g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo’ladi. Dars davomida, kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari uchrab turadi.Ammo tajribali o’qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o’zgartira oladi.O’qituvchi pedagogik mahoratning asosiy xususiyatlaridan biri uning rivojlanishida uzluksizlikning mavjudligidir. Ta`lim tizimida o’z-o’zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun o’quv yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. Chunki o’z-o’zini boshqarish tufayli o’qitishdagi o’zaro munosabat o’qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon yaratadi. o’zo’zini boshqarish biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar uyushtirish va o’tkazishda, tarbiyaviy soat darslarida kurishimiz mumkin. o’z-o’zini boshqarish mohiyati o’quvchilarda birinchi o’rinda o’zini mustaqil his qilishi va o’zi ko’proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar o’qituvchi o’quvchilarga ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishga qiziqtirib borsa o’qituvchi mavqiy nima bilan ulchanishini bilamiz. Uning mavqiy o’z kasbiga muhabbati, o’quvchilariga nisbatan talabchanligi, o’quv dasturi va darsliklardan to’g’ri foydalana bilishi, shuning bilan bir qatorda o’z ustida tinmay izlanib, o’z-o’zini tarbiyalashi bilan ulchanadi. Kelajagimiz yoshlar qo’lida ekan, biz o’qituvchilar ana shu yoshlarni chin inson bo’lib etishishlari uchun qo’limizdan kelgan barcha mahoratimizni ishga solmog’imiz kerak.O’qituvchilik nihoyatda mas’uliyatli kasb, bu esa ko’proq o’z ustida ishlash, tajriba almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga da’vat etadi.O’qituvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashlarida matbuot sahifalari bilan tanishishi, ilg’or o’qituvchilarning tajribalariga suyangan holda dars tahlillarida qatnashishi, kollektivdagi kasbdoshlari bilan uslub almashish yuqori samara beradi.O’qituvchi mehnatda, xulq - atvorda tirishqoqlik qilib, o’z imkoniyatlarini ishga solishi, o’ziga majburiyat olishi, o’zini nazorat qilishi, o’ziga-o’zi hisob berishi, o’ziga o’zi baho berishi singari o’z-o’zini tarbiyalashning elementlarini shakllantirib borishi lozim.

Download 203 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish