Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana16.09.2021
Hajmi0,98 Mb.
#176063
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2

Xitoy tilida frazeologiya 

Ushbu bobda xiitoy tilida frazeologiyalar turlari, chengyular, guangyunyular va 

ular o‟rtasidagi o‟hshashlik va farqlar haqida so‟z yuritiladi. 

Xitoy  tili  frazeologik  fondining  boyligi,  unda  rang-barang  birliklarning 

mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‟plab frazeologik birliklar qadimda paydo bo‟lib, 

bizning  kungacha  yetib  kelgan.  Zamonaviy  xitoy  tili  yangi  frazeologik  birliklar 

bilan to‟lib borishda davom etmoqda. 

Frazeologik birliklarni quyidagi turlarga bo‟lamiz: 

1. Mustaqil  ma‟noli,  ko‟chma  ma‟no  bilan  bog‟liq  bo‟lmagan, 

metaforik  qo‟llanilmaydigan,  lekin  shunga  qaramay  hissiy-qadrli  va 

ta‟sirchan ma‟no va bo‟yoqlarga ega bo‟lgan birliklar. 

骇人听闻 hairentingwen-dahshatli 

不可名状 bukemingzhuang-ta‟rifga sig‟maydigan 

2. Tasviriy-ma‟noli  vositalar.  Frazeologizmlar  aniq,  ma‟noli,  ular 

ko‟rish  mumkin  bo‟lgan  qahramonlarni  yaratadi.  Ular  o‟z  asl 

ma‟nosida  tushunilmaydi,  metaforik  tarzda,  ya‟ni  o‟zgacha  timsol 

qilib qo‟llaniladi. Ularni to‟rt turga ajratamiz: 

1. Chengyu 成语 tayyor  ifoda-xitoy  frazeologiyasi  tizimida  (  rus  tiliga 

idioma  deb  tarjima  qilinadi  )  ahamiyatli  o‟ringa  ega.成语 chengyu  tayyor 

turg‟un so‟z birikmasi bo‟lib, qadimgi xitoy odatlariga mos ravishda qurilgan. 

Umum-ko‟chma ma‟noga ega bo‟lgan yahlit semantik birlikni ifodalab, u gap 

bo‟lagi hisoblanib, ta‟sirchan hususiyatga egadir. 

Chengyuni parallel va parallel bo‟lmagan konstruktsiyalarga bo‟lamiz. Parallel:  

1) fonetik-tonlarning almashinuvi.  

2) semantik-o‟hshashlik, qarama-qarshilik va bir hillikda quriladi.  

3) grammatik-o‟hshash sintaktik tuzilish. 




 Chengyuning  parallel  turi  morfem  ko‟rsatkichlari,  yordamchi  so‟zlar 

bo‟lmagan bir bo‟g‟inli so‟zlardan tuzilgan to‟rt so‟zli tuzilishga ega. 

苦尽甘来 ku  jing  an  lai-omadsizlik  o‟rniga  omad  keladi  (  achchiq  tugaydi, 

quriydi, shirinlik keladi )  

朝三暮四 zhaosanmusi-yuzaki,  tez,  o‟tkinchi  (  ertalab  tug‟ilmoq,  kechqurun 

o‟lmoq )  

金 口 玉 牙 jinkouyuya-o‟z  so‟zlari  qadrini  bilmoq  (  oltin  og‟iz,  yashma 

toshidan qilingan tish ) 

 Chengyuning  parallel  bo‟lmagan  konstruktsiyalarida  cheklangan  leksik 

grammatik  hususiyatlarga  bo‟ysunmaydi,  yordamchi  so‟z  ham  qo‟llaniladi 

( bog‟lovchi, predlog, inkor qo‟shimchalar ) 

名不符实 ming bu fus hi-nomj mundarijasiga mos kelmaydi ( bo‟sh, haqiqiy 

emas ) 

狼狈为奸 lang  bei  wei  jian-bo‟ri  va  shoqol  jinoyat  qiladi  (  sheriklik,  qo‟l-

qo‟lni yuvadi ) 

2. Xalq  notiqligi  谚 语 yanyu-xalq  orasidagi  sodda  so‟zlar  bilan  chuqur 

haqiqatni  bayon  etadigan    hayotiy  turg‟un  aytishuvlar  (  rus  tilidagi  maqol  va 

matallar bilan teng keladi ) 

Maqol  nasihat  xarakteridagi  qisqa  obrazli  hikmatli  so‟zdir.  (  qari  bo‟ri  ilmni 

biladi  ).  Matal    ko‟p  uchraydigan,  tarqalgan,  keng  tushunchadir.  (  tushunishga 

yengil ) 

Xalq  aytishuvlarida  barcha  hukmlar  huquqlari  ishtirok  etib,  ular  sintaktik 

tugallanganligi  bilan  xarakterlanadi.  Gap  sifatida  vazifaga  kiradi,  odatda  ikki 

sintagmaga bo‟linadi. Ularning tarkibida kishilik olmoshi ishtirok etmaydi, ba‟zida 

leksik takrorlar uchrab turib, ular doim ta‟sirchan bo‟ladi, so‟zlovchining sub‟ektiv 

munosabatini ifodalaydi. 

人不气地皮,地皮不气肚皮 ren bu qi di pi, di pi bu qi du pi-inson yerni hafa 

qilmasa, yer ham insonni hafa qilmaydi. 

活到老,学到老 huo dao lao,xue dao lao-100yil yasha, 100yil o‟qi. 

种豆得豆,种瓜得瓜 zhong dou de dou,zhong gua de gua-nima eksang shuni 

o‟rasan 

3.  O‟tkir  jumlalar 警句 jingju-lo‟nda,  charhlangan  aytishuvlar  bo‟lib,  chuqur 

ma‟no, mazmun mundarijasiga va badiiy mundarijaning keng kuchiga egadirlar. 

Rus tilidagi “ qochiriq ( uchiriq ) so‟zlarga qisman teng keladi. O‟zlashtirmalar, 




tsitatalar  tez-tez  qo‟llanilib,  uchiriq  so‟zlarga  aylanadi  va  ular  odatda  ko‟p 

qo‟llaniladigan tsitatalar deb ataladi. 

Bu turdagi frazeologik birliklarning ikki asosiy turi bor: 

1 格言 geyan-namunali  ifodalar-aforizmlar.  Ular  maqollardan  o‟zining  kelib 

chiqishi  bilan  farq  qiladi.  Maqollar-xalq  aytishuvlari,  aforizmlar  esa  adabiy 

asarlardan kelgan. 

         Aforizmlar odatda falsafiy xarakterdagi hikmatli so‟zlar hisoblanadi. Ular 

insonlarni o‟qitadilar, yig‟ilgan hayotiy tajribalarni avloddan avlodga o‟tkazadilar. 

Mazmunli  tarkibning  to‟liqligi,  tugallanganligi,  so‟z  ifodasining  qisqaligi  va 

charhlanganligi ( o‟tkirligi ) ularga xosdir. 

已 所 不 欲 , 勿 施 于 人 yi  suo  bu  yu , wu  shi  yu  ren-o‟zinga  ravo 

ko‟rmaganingni birovlarga tilamagin 

言者无罪,闻者足戒       yan zhe wu zui,wen zhe zu jie-so‟zlovchiga ta‟na 

qilma,eshituvchiga nasihat 



2. 奇 说

qishuo-g‟alati  aytishuvlar-paradokslar-haqiqiy  borliqqa  chuqur 

ziddiyatni aks ettirgan, oddiy tasavvurga zid bo‟lgan hukmlar. Ular qisqa shaklga 

ega bo‟lib, ravshan, aniq stilistik o‟ziga xos fikrni ko‟rsatuvchi ta‟sirga ega. 

会浮水的淹死,会骑马的摔死 hui fu shui de yan se, hui qi ma de shuai se. 

Suzishni  bilganlar  cho‟kadi,  otda  minishni  bilgan  yiqiladi.  (o‟zini  xavf  xatarga 

qo‟ymoq) 

不要目的是一种目的 bu yao mudi shi yi zhong mudi-maqsadni rad etish ham 

bu o‟z holicha maqsad. 

3. To‟liq  bo‟lmagan  fikrlar,  kesik  ohirga  ega  aytishuvlar 歇后语

xiehouyu ikki qismdan iborat. 

a) birinchi qismi taqqoslash, kinoya, kesatish, topishmoqdan iborat 

b) ikkinchi 

qismitaqqoslashni 

oydinlashtirish, 

kesatishni,topishmoqni  ochish,  topish.  Hissiy-qadrli  mazmunga  ega, 

so‟zlovchining fikrga nisbatan sub‟ektiv munosabatini ifodalaydi. 

Bu  turning  ikki  hadli  hususiyati  uning  ikki  shaklda  qo‟llanilishini  aniqlaydi: 

to‟liq va kesik holda. Zero o‟z nomiga qaramasdan ( kesik ohirli aytishuv ) asosan 

to‟liq shaklda qo‟llaniladi. 

泥菩萨过河一自身难保 ni  pu  sa  guo  he  zi  shen  nan  bao-sopol  bodhisatva 

daryodan suzib o‟tdi-o‟ziga omon qolish 




千里送鹅毛-礼轻情意重 qian li song e mao-li qing qing yi zhong-g‟oz patini 

1000li  masofaga  yuborish-yengil  sovg‟a,  inson  e‟tibori  muhim  (  ruscha  sovg‟a 

qadrli emas, sevgi qadrli ) 

秀才推磨-不得已而为之 xiu  cai  tui  mo-bu  de  yi  er  wei  zhi.-Tsui  yuan 

tegirmon toshini aylantiradi- majbur bo‟lganidan qilyapti ( ma‟nosi: biror ishni o‟z 

hohishiga ko‟ra qilmaslik, balki talab qilgan shart-sharoitga ko‟ra majburan qilish, 

bajarish ) 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish