Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.11.2019
Hajmi0,53 Mb.
#25100
1   2   3   4   5
Bog'liq
nemis va ozbek adabiyotida oqituvchi obrazining talqin etilish xususiyati-1


 

 

1.3. Ikkala asar bosh qaxramonlari  qiyofasidagi mushtarak va alohida 

xususiyatlar 

   


Ma`lumki o`quvchilar olamida muallimlardan o`zlariga yoqqan va ayniqsa 

yoqmaganlariga laqab  qo`yish keng tarqalgan.  O`tgan  asrning boshlarida  Kayzer 

Germaniyasidagi barcha ta`lim muassasachiligida hukron Kayzer Vilgelm II ning 

yakka  hukmronligini  abadiylashtirishdan  iborat  maqsadga  bo`sundirilgan  ta`lim 

tizimini  o`z  tarbiyalanuvchilarni  mangu  sadoqatga  muhabbat  ruhida  kamolga 

yetkazish  yotar  edi. Kayzer  Vilgelm  o`z qo` ostidagilarning barchasiga  daxshatli 

siyosat  yuritib,  ko`tarinki  tantanavorlik  ta`lim  tizimini  umumiy  ruhini  belgilab 

berar edi. Shu sababdan bunday tantanavor siyosatda dabdababozlik va maddohlik 

keltirib chiqarishi tayin. O`sha zamon hukmdorlarining kattasidan to kichkinasiga 

qadar o`zidan baland martabali amaldorga ko`r-ko`rona sadoqatta bo`lish o`zidan 

quyiroq martabali kishilarga bepisandlik bilan muomala qilish xos bo`lgan. Xatto 

biz  tahlil  qilayotgan  “Proffessor  Unrat”  asarida  eng  quyi  tabaqa  vakili  bo`lmish 

Gimnaziya muallimi bundan istisno emas.  

 

Aslida  o`sha  zamon  Germaniyasida  o`g`ilbola  va  qizbollar  alohida 



gimnaziyalarda  tarbiyalanar  va  bunday  bir  yoqlamalilik  gimnaziya  o`quvchilari 

                                                 

9

 Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 401-403 b. 



 

36 


bilan muallimlar o`rtasidagi muomalaga  o`ziga xos sifatlar kashf etadiki, ulardan 

biri  tarbiyachilardan  o`quvchi  bolalarga  nisbatan  muomalalarda  qo`pollik, 

mensimaslik  va  ularni  nojo`ya  so`lar  bilan  haqorotlash  kabi  illatlarga  keng  yo`l 

ochib  berar  edi.  Chunki  agar  Gimnaziyada  o`g`ilbollar  va  qizbollar  birgalikda 

ta`lim  olgamlarida  edi,  o`qituvchilarning  muomalalarida  va  murojotlarida  biroz 

bo`lsada ibo mavjud bo`lish imkoniyati bo`lar edi. 

 

Bu manfur shaxs o`z ma`ruzalarida yuksak tantanavorlik ohangida murojat 



qiladi. Asarning o`zidan bir parcha keltiramiz: 

 

Agar  men  o`z  o`quvchilarimga  azaldan  qolgan  klassik  nemis  ideallarini 



bekorchi  qolgan  odamning  fantaziyasi  sifatida  talqin  qilib  tushuntirsam, 

o`quchilar menga nisbatan ko`rsatgan hurmatni barbot  bergan bo`lar edim. 

10

 

 



Uning  nafaqat  tashqi  qiyofasi  va  dars  o`tish  jarayonida  ishlatadigan 

qurollari ham murg`ak gimnaziya o`quchilarida vahima va qo`rqinch tug`dirishga 

yo`naltirilgan.  Arzimas  fe`l-atvordagi  xatolari  uchun  Unratning    qo`lidagi  xarita 

ko`rsatkichi  daxshatli  qurolga  aylanadi,  ya`ni  maskur  Erlar  Gimnaziyasidagi 

tarbiyalanuvchilar qattiq tan jazosiga sazovor qilinadi. 

 

Proffessor  nafaqat o`quvchilarga nisbatan, balki o`zi bilan  baravar huquqli 



kasbdoshlariga nisbatan ham bepisandlarcha muomala namoyish qiladi. Qolaversa 

o`qituvchining  nutqi  o`quvchi  va  talabalar  uchun  ibratli  bo`lmog`i  to`g`risida 

muxtaram  ustozlarimiz  o`zma`ruzalarida  va  o`z  amaliyotlarida  qayta-qayta 

uqtiradilar.  Shu  sababli  muallim  Unratning  nutqi  ham  uning  qiyofasi  kabi 

beo`xshov va maza-matrasasiz. Ammo qalbaki sadoqat va yuzaki tantanavorlikni 

takidlovchi  o`rinli  va  o`rinsiz  tarzda  takror  va  takror  ishlatiladigan    so`zlarga  

to`la. 

 

Uning  ma`ruzalarida  chunki,  xattoki,  binobarin,  ya`ni,  masalan  kabi 



keraksiz takrorlar yuqoridagi fikrlarimizni ifodalaydi. 

Hainrih  Mannning    bu  davrda  yaratgan  asarlari  Germaniyaning  o`sha 

davrdagi  hukmron  tabaqalarining  munofiqona  va  tajavuskor  niyyatlarini  fosh 

etishga qaratilgan.  

                                                 

10

 H.Mann “Proffessor Unrat” 



 

37 


Parda Tursunning “O`qituvchi” romani esa aksincha, bosqinchilik siyosatini 

ro`yobga  chiqaruvchilarni  yetishtirishdan  emas,  balki  yurtimizdagi  madaniy 

inqilob  davrida  omi  xalqni  savodli  qilish  va  ularga  bilim  berishga 

yo`naltirilgandir.    Bu  roman  o`sha  davr  martabali,  boy  odamlari  bilan 

kambag`allar  o`rtasidagi  munosabat,  jamiyatdagi  ahloqsizlikni  va  adolatsiz 

siyosatni  fosh  etishga    qaratilgan.    Ikkala  asarni  solishtiradigan  bo`lsak,  ularda 

ham farqli, ham mushtarak tomonlariga duch kelaveramiz. 

 

Yuqorida aytib o`tilgan farqli jihatlaeiga yana qo`shimcha qilib shuni aytish 



kerakki,  Burjua  maktablarida  oddiy  maktablarda  ham  proffessorlar  ta`lim 

berganlar.  Bizda  esa  oddiy  maktablaarni  tugatganlar  ham  muallimlik 

qilaverganlar. Bu fikrlarimizga bizning qahramon Elmurod yaxshigina misol bo`la 

oladi. Chunki bu davrda insitutni tamomlagan proffessorlar u yoqda tursin, SBni  

tamomlagan  kishilar  ham    barmoq  bilan  sanalar  edi.  Xalqni  esa  savodsizlikdan 

olib  chiqish  zarur  edi.  Buning  uchun  muallimlarlar  sidqi  dildan    xizmat  qilar 

edilar. Germaniya o`qituvchilarida ham, bizning o`qituvchilarimizda ham  bir  xil  

maqsad, ya`ni bolaga ta`lim-tarbiya, bilim berish asosiy ish bo`lgan. 

 

Ammo  ta`lim  sohasida  ham  poraxo`rlikka  mukkasidan  ketgan  insonlar 



ozchilikni  tashkil  qilmas  edi.    Muallimlar  ta`lim  oluvchilar  orasidagi  baland 

martabali odamlarning bolalariga qattiq gapirmas, ularni boshqalar kabi jazolamas 

edilar.  Chunki  ularning  otalari  domlalarni  tezda-tezda  yo`qlab  turar  va  har  gal 

kelganlarida  nimadir  ko`tarib  kelardilar.  Domlalar  shu  nazrlar  evaziga  kun 

ko`rardilar.  

 

Bunga  misol  tariqasida  “O`qituvchi”  romanidan  bir  parchani 



keltirmoqchiman: 

   


Otinoyi  tandirdan  yangi  uzilgan  non  va  oshqovoq  somsalardan  sanab 

barkashga terdida, dasturxonga o`radi. Bitta non bilan   ikkita   somsani   alohida   

o`rab,   Elmurodga: 

—    Barkashdagisini          domlasiga      bersin.      Ro`molchadagisini  o`zi  yesin. 

Sayfulla akangning o`z qo`liga ber. Eshitdingmi?— deb   tayinladi. 

—  Eshitdim!— dedi   Elmurod. Otinoyi   yana   tayinladi: 



 

38 


—   Maktabxona     darchasidan        mo`ralab    sekin     yo`talib  qo`y.  Uzi  chiqqib 

qoladi. Ma, obora qol, bolam! 

Elmurod  Sayfulla  o`qiydigan  maktabni  bilar  —  hovlidan  o`tadigan  suv 

qurib,  hovuz suvi  g`urbaqa  sallasi  bilan  ko`karib ketganida  maktabxona oldidagi 

machit hovuzidan chelaklab suv tashir va har gal borganida pastakkina darchasiga 

sariq  moyli 

QOROZ 

yopishtirilgan  uydan  qurbaqalarning  sayrashiga  o`xshash 



guvillagan  tovush  chiqayotganini  eshitar  edi.  Bu  maktabxona  bo`lib, 

mullavachalar  haftiyak  yodlashardilar.  Bundan  tashqari  maktabxona  bilan  bir 

qatorda, «tobutxona» deb atala-digan kichkina bir ayvon ham bo`lib, Elmurod shu 

ayvondan odamlarning goho tobut ko`tarib chiqayotganlarini ko`rardi. 

Maktabxona va tobutxona deb ataladigan bir-biriga o`xshash bu ikki xunuk 

bino  va  bu  erdan  eshitilayotgan  shovg`in  Elmurodning  vujudida  ko`p  yoqimsiz 

ta`sir qoldirar edi. Bugina emas, Elmurod «maktabxona» deb ataladigan binoning 

«azobxona»,  «qiynoqxona»  ekanini  tasdiqlaydigan  gaplarni  ham  eshitardi. 

Sayfulla kun sayin   bir   yangilik   topib   kelardi. 

—  Tohirni domla Mansurga ko`tartirib qo`yib, qamchi bilan   quymichiga   xo`p   

savaladi... 

—  Shokirning  qulog`ini   ombir   bilan  buradi... 

—  Fozilni  hovliga  yalang`och  o`tqazib  qo`yib,  ustidan sovuq   suv   quydi... 

—  Ahmadning   kallasiga   tayoq   bilan   soldi.   Pirimqulni tepdi. Otaboyning 

jag`iga tarsaki qo`yib yubordi... 

Sayfulla  bunday  gaplarni  namoyishkorona  gapirar,  go`yo  Elmurodga: 

«dunyoda  shundaqa  jazolar  bor,  bunga  tobing  qalay?»  deb  po`pisa  qilayotganga 

o`xshardi.  Elmurod  eshitgisi  kelmay,  parishon  hol  erga  qarardi.  U  birovlarning 

jazolanganiki zavq bilan gapiradigan Sayfullani   o`lgudek   yomon   ko`rardi. 

Bir  qo`li  bilan  barkashli  dasturxonni  qo`ltiqlab,  bir  qo`lida  tugunni  ko`targak 

Elmurod  machkt  hovuzi  oldidan  o`tib,  har  galgiday  shovg`in-suroni  eshitilib 

turgan  «maktabxona»  oldiga  keldi-da,  asta  borib,  kunlar  isigani  uchun  qog`ozi 

yirtkb  tashlangan  darchadan  mo`raladi      va      bo`layotgan      hodisaga      tikilib   

qoldi... 



 

39 


Bolalar  ikki  qarich  balandligidagi  paxsa  devor  ichida  go`yo  oxurga 

tushganday  o`tirardilar.  Joy  etishmaganidan  bir  necha  bola  yuzma-yuz 

o`tirishardi. Bolalar sallali, sallasiz, do`ppili edilar. Hammalari boshlarini haftiyak 

ustiga  egib,  bir  maqomda  silkinib,  xilma-xil  ovoz  chiqarardilar.  Xonankng 

to`ridagi po`stak ustida ogshog` soqoli ko`ksiga tushgan katta sallali, ola choponli 

domla  o`tirardi.  Domlaning  oldida  bir  necha  uzun  tayok  yotibdi.  Bir  ko`zkga  oq 

tushgan  domla  dam-badam  bolalarga  o`g`rayib,  qo`lini  tayoqlarga  yugurtirib 

qo`yadi. 

Maktabxonadagi  ahvol  Elmurodga  qizig`  bir  tomosha  bo`ldi.  Sayfulla 

darcha  tagida  o`tirgan  bo`lsa  kerak,  ko`rinmaganidan  Elmurod  ham  shoshilmay 

qarab  tura  berdi.  Bolalarning  boshlari  bir  maqomda  silkinar,  bir  nimalar  deb 

vaysashar, lekin kitobga qaramas, hatto ba`zilarining ko`zlari yumiq, ba`zilari esa 

Ko`z qirlari bilan domlaga tikklishgan holda tirsaklari bilan bir-birlarini turtishar, 

ko`z  qisishar  edilar.  Ular  zerikkanlikdan,  bir  xildagi  so`zlarni  takrorlashdan 

bezganlaridan  shunday  qilishardilar.  Qora  qosh,  puchuq  bir  bola  bosh  silkitib 

vaysagan  hg`olda,  yonidagi  qizil  do`p-pili  sariq  bolani  elkasi  bilan  nuqib  imladi 

va  ular domlaning ko`zini  shamg`alat qilib, taglaridagi  bo`yradan  cho`p  sindkrib 

oldilar. Domlani ko`z qirlari bilan kuzatgan zg`olda bo`yracho`pning bir yonidan 

jindek  kertik  qilib,  «qo`chqor»  yasadilar.  So`ng  ikkovi  «qo`chqor  urishtira 

boshladi». «Qo`chqorlar» endi suzisha boshlagan edi, avval puchuq bola, so`ngra 

sariq bola boshida uzun tayoq   o`ynab,     «shast-shak»     etgan   tovush   eshitilib   

qoldi. 


 

Shovqin  to`xtadi.  Quchkorbozlarning  gavdasi  oxurga,  boshlari  oyoqlari 

o`rtasiga  kirib  ketdi.  Bu  orada  Elmurod  ham  qo`rqib  boshini  darchadan  pastga 

qilib oldi. 

— Bu   yoqqa   kel,   haromi!—dedi  domla,   puchuq   bolani tayoq   bilan   turtib. 

Bola bo`yin egib domlaning oldiga kelgan edi, elkasidan bir tortib, bolani oldiga 

yiqitdi-da,  bo`ynidan  qisib  oldi.  So`ng  bolaning  ochilib  qolgan  orqasiga  savalay   

boshladi. 



 

40 


— Yana qo`chqorbozlik qilasanmi!— derdi domla, savalarkan. 

Bola   tavba   qilib,   bo`kirib   yig`lardi. 

Elmurod toqat qilolmay, yuzini darchadan chetga o`girdi. Kimdir uni turtdi. 

Bu  «xalta  ko`ylak»  kiygan,  qoragina  bir  bola  edi.  Aftidan  nimadandir  qo`rqib 

turganga 

o`xshardi. 

—  Nima qib turibsan? Kim kerak?—deb so`radi bola, 

—  Siz ham  shu erda o`qiysizmi, aka?—dedi Elmurod. 

—  Nimaydi? 

—  Sayfulla   akamni   imlab   qo`ysangiz. 

-—  Domlagayam    ozodlik    opkeldingmi?—dedi    bola    dam  dasturxonga,    dam  

tugunga  tikilib  va  dadil yurib,  ochiq eshikka   bordi. Bu vaqit ichkarida tartib 

o`rnatilib, boyagiday shovqin-suronli vaysash boshlangan edi. Lekin bola ichkari 

kirishi   bilan   domlaning: 

—  Nega   kecha kelmading?—degan   o`kirig`i   eshitilib, vaysash   yana   to`xtab   

qoldi. 


Elmurod   yana   mo`raladi.   Haligi   bola   eshikka   yaqin joyda   bo`ynini   

egib   turardi. 

—  Qani aytchi, nega kecha kelmading?— deb yana o`kirdi domla. 

—  Onam  betob  bo`lib  qoluvdi,  ro`zg`orga qarashdim,—-dedi   asta.   Uning   

yelkalari   titrar   edi. 

—  Yolg`on   aytasan,   ko`chada   o`ynab   yugurasan,   ablah!— 

dedi   domla. 

—  Yo`q,  taqsir,  yolg`on  bo`lsa  kalomulla  ursin.  Surishtirib  ko`ring.  Onam 

betob,—deb yolvordi bola. 

Elmurod  bolaning  elkalarigina  emas,  butun  gavdasi  titrayotganini  ko`rib: 

«Sho`ring qurg`ur kelmay qolganiga qo`rkib turgan ekan-da!» deb o`yladi. 

— Paloq!—deb   buyurdi   domla. Bolalar   jim   bo`lib   qolishgan   edi.    Bu   

gap   bilan hammalariga jon kirib, oxurlardan irg`ishib chiqishar ekan: —  Paloq,   


 

41 


paloq!—deyishib    chug`urlashdilar.  Sayfulla  supaga    chiqib,  shiftdagi  yog`och 

qoziqdan ikki 

yeridan   qayish   o`tkazilgan  tayoqni   oldi. —  Endi nima qilishar ekan?— deb   

o`yladi   Elmurod o`zicha. Mullavachchalar bolani hovliga olib chiqib, tobutxona   

eshigi      oldiga      o`tqazishdi.  —    Oyoqlariga  paloq  soling!—deb    o`kirdi  domla. 

Sayfulla      bilan      yana      bir      mullavachcha      bolaning      oyoqlarini  qayishdan 

o`tqazib  tayoqni  ko`targan  holda  ikki  boshidan  burashdi.  Yana  biri  bolaning 

kuragidan bosib turdi. 

—    Voydod,  tavba  qildim!—deb  faryod  soldi    bola.  Domla      bolaning   

tovonlariga      qamchi      bilan      tars-tars  ura      boshladi.  Bola  yana  qattiqroq 

voydodladi.  Elmurodning  butun  vujudi  uvishib  ketdi.  Mudhish  «tomoshani» 

ko`rishga toqat qilolmay, yuzini teskari qildi. Uning yuragi gupillab urar, ko`zlari 

kosasidan chig`ayozgan, haddi sig`sa hozir bolani ajratib olgudek vaziyatda   edi. 

Jazo  marosimi  tamom  bo`lib,  bolalar  ichkariga  kira  boshlagach,  Sayfulla 

Elmurodning oldiga kelib dasturxonni   oldi. —  Mana   bu    barkash dasturxon   

domlangizga   ekan! — deb  tayinladi   Elmurod   va  ketish   oldida   ayvonga  

yana  bir  mo`ralagan  edi,    eshik  oldiga  yaqin  bir  joyda  yig`la-ginicha  kitobga 

engashgan  haligi sho`rlikni  ko`rib  qolib, yuragi   yana   jizilladi.   Sayfullaning    

qo`lidan   suyunib dasturxonni   olayotgan   badjahl   domlaga,   uning   qamchi   

va  tayoqlariga  ko`z  yugurtirdida,  ko`ngli  g`ash  bo`lib  qaytdi.  Tez  odimlar  ekan: 

«Shunday qilib o`qigandan ko`ra, o`qimasa nima bo`lar ekan bu bolalar?»—degan 

fikr  keldi.  Hovuz  oldidan  o`tayotgan  edi,  qorachagina  bir  bolani  ergashtirib, 

maktabxonaga  tomon  borayotgan  birovni  ko`rib  qoldi.  Hozir  bo`lgan  voqeani 

ularga  gapirgisi  kel-ganday  to`xtalib,  beixtiyor  tikildi.  Bolaning  niyoz  qilingan 

kokilining  uchi  do`ppisidan  chiqib,  qulog`i  orqasidan  kalamush  dumidek  osilib 

turardi. Ikkovi ham oq  bo`zdan bir xilda yaktak kiyganlarini ko`rib, Elmurod ota-

bola  ekanliklariga  shubha  qilmadi,  Yalang  oyoqlarini  ko`rib:  «kambag`allardan 

ekan»  deb  qo`ydi  va  shuning  uchun  ularni  o`ziga  yaqin  olib,  azobxonaga 

borayotganlariga achindi. —  O`g`lini  o`qishga olib   keldi  shekilli, qani, borib 

ko`ray-chi?— deb   qiziqdi   Elmurod   va yana   darcha   yoniga 



 

42 


bordi..  Haligi  kishi  o`g`li  bilan  domla  ro`parasida  bo`yra  ustida      tiz      cho`kib   

o`tirar   edi 

—  Mana,   qulvachchangizni   olib   keldim,   taqsir!—de-di bolaning otasi va 

domlaga   qanchadir  buklangan qog`oz pul  uzatdi» 

—  Xo`sh,  xo`sh!—dedi  domla,  pulni  olarkan  va «muncha  oz!»   deganday  

ko`zlarini   katta  ochib,   pulga  tikilibqoldi. 

—  Oz bo`lsa ham ko`p o`rnida ko`rasiz, taqsir, qolganiga biz   qarzdor. Domla 

pulni  choponi  ichidan  boylangan  belbog`iga  qistirdi-da,  sinovchi  nazar  bilan 

xo`mrayib bolaga bir nafas tikilib   turdi. 

—  O`g`lingiz   beadab   bolalardan   emasmi?—deb   so`ragan  edi,  haligi  odam  

javobni  ilgaridan  o`ylab qo`yganday   donalab   dedi: 

—    Qo`limizdan      kelgancha    adab      berdik.      Endi    bundan  buyon 

qulvachchangizning  ixtiyori  qo`lingizda  —  qandog`  ta`lim,  qandog`  adab  lozim  

bo`lsa, ayamang, taqsir. Eti  sizniki,   suyagi   bizniki... 

—  Voy,   shunaqa  otalar  ham   bo`lar   ekan!—deb   ajab-landi Elmurod, qaytar  

ekan.—«Eti  sizniki,  suyagi    bizniki!»      deydiya.      Domla      bolasining      etini   

yesayam  maylimish... 

 

Sayfulla  maktabdan  keldi.  Oshxona  oldida  o`tin  yorayotgan  Elmurod  ona-

bolaning gapiga quloq soldi. 

—  Domlang   kimni   urdila?— deb   so`radi   otinoyi. 

—  O`g`ri   ko`chadagi   mahsido`zning   o`g`li  Salimni.   Ayb o`zida.  Bir  kun 

kelmay  qoldi.  Kelmagandan  keyin   domlaga  «ozodlik»   olib  kelish  kerak-da. 

Bu bo`lsa shumshayib, ikki qo`lini  burniga tiqib keldi.  Domla  uch  miri pul   yo  

bitta  qatlama      keltirib      qo`yganga      sira      indamaydilar.  Sho`xlik    qilsa  ham 

indamaydilar.  Bo`lmasa   sal bahona   bilan   uraveradila. —  Ha,  axir, domlayam  

o`lsinmi?      Qo`lga    qaraydi,    berganga  yarasha      muomila      qiladi-da.   

Kambag`aldirda,  sho`rlik...  Bitta  nonga  zor  odamlar  ko`p.  Kim?  Miskarni  o`g`li 

dedingmi?

11

 

                                                 



11

 Parda Tursun “O`qituvchi” T-1972. 70-71b. 



 

43 


Elmurod bilsa, maktabda kaltak ko`proq domlaga «ozodlik»  keltirmaganlar  

boshiga tushib turar  ekan.  



 

Muallimlar  tomonidan  olinadigan  bu  kabi  poralardan  va  amaldorlarga 

“paxta” qo`yishliklardan gimnaziya proffessorlari ham istisno emas edi.  

Asarlar  mazmunidan  ko`rinib  turibdiki  ta`lim  oluvchilarni  jazolash  har 

ikkala  millat  muallimlariga  ma`lum  davrda  xos  bo`lgan  usuldir.  Bu  usul  esa 

o`quvchilarni  jazolanishdan  qo`rqitib  bo`lsa  ham,    yaxshi  o`qishga  undagan 

omillardan  bo`lganligi  ravshanlashadi.  Madaniy  inqilob  davrida  yurtimizda 

bolsheviklar  yurgazgan  ta`lim-tarbiya  siyosatini  ijrochisi  bo`lgan  Elmurod  kabi 

ilg`or pedagoglar o`zlari guvohi bo`lgan eski maktab tarbiya usullaridan, ayniqsa  

jazolash  usulidan  voz  kechganligi  namoyon  bo`ladi.  Aksincha  u  rag`batlantirish 

usuliga tayanishi asarning ko`p voqealari misolida oydinlashadi. 

Qiyosiy  usul bilan  tahlil qilinayotgan  bu ikkala asar  bosh  qahramonlari 

qiyofasida   ular   bajarayotgan  ijtimoiy  vazifa  tufayli  o`xshash  xususiyatlari  

bilan    bir    qatorda    ularga    berilgan    ijtimoiy    topshiriq    xojayinlari    bolmish  

siyosiy    tuzum    tabiatidan    kelib    chiqadigan    alohida    xususiyatlar    ham    ya`ni 

farqlar    ham    mavjud    bolishi  tushunarli    xoldir.  Mazkur  BMI    doirasida    tahlil  

qilinayotgan  ikki    asarning  markaziy  obrazlariga      umumiy  bo`lgan  belgilar  

umum e`tirof  etilgan  xolatlardan  kelib  chiqadi.  Bunday  mushtarak  sifatlar  va 

oxshashliklar anchagina  ko`lamda  namoyon  bo`ladi.  

Birinchidan    ta`limiy    mavzudagi    bu    prozaik  asarlarning  yetakchi  

qahramoni    bolmish    har    ikkala  o`qituvchi    orginalchilar    ikki    asarda 

``Schulpressor``    ya`ni    ta`lim  muassasasining    professori,  “O`qituvchi”  

romanining  yetakchi  qahramoni  muallim  degan  nom  bilan  tanildi. 

 

1.4. “Proffessor Unrat” qissasida “gimnaziya” o`qituvchisi obrazining talqini  

 

 “Proffessr Unrat” asari Haynrix Mann ijodidagi tanqidiy realistik davrning 

boshlang`ich pallasida yaratilganligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. 


 

44 


“Proffessor  Unrat”  asarining  muallifi  bo`lgan  Haynrix  Mann  o`zi  o`qib 

yurgan  gimnaziya  va  maktablarda  boshidan  kechirgan  hayotiy  voqealar  asosida 

hukmdorlarga  malaylarcha  mute  bo`lib  ketgan  muallimlarning  tipik  qiyofasini 

yrata  bilgan.  Uning  ushbu  asardagi  qahramonlari  orasidagi  sog`lom  fikrli 

tarbiyachi yoki katta yoshdagi ijobiiy fikrlay oladigan va kelajak avloddan insoniy 

kamolot  yo`lini  ko`rsata  oladigan  tarbiyachilar  deyarli  yo`q.  Chunki  urush 

vasvasasi  boshlanib  kelayotgan  va  yosh  avlodni  dunyoga  hukmron  bo`lishga 

intiluvchi  hukmdorlarning  buyrug`iga  so`zsiz  itoat  qiladigan  yugirdaklarni, 

boshqacha aytganda sohta vatanparvarlarni tarbiyalash ishiga da`vat qilgan ta`lim 

tizimida adolatparvar va tinchliksevar muallimlarga joy topilmas edi.  

 

Muxtaram yurtboshimiz I.A.Karimov 2-jahon urushida fashistik Germaniya 



ustidan  qozonilgan  g`alabani 70  yilligiga  bag`ishlangan  va  Toshkentdagi    Xotira 

hiyobonidagi  Ommaviy  Axborot  Vositalari  muxbirlariga  bergan  intervyusida 

qayta-qayta  ta`kidlanganidek  ,  mustaqil  mamlakatimiz    ta`lim-tarbiya  tizimi 

oldida    kelajak  egasi  bo`lmish  yosh  avlodni  mehnatsevar,  to`g`riso`z,  halol, 

elparvar  va  bag`ri  keng  insonlarni  tarbiyalashdek  vazifa  turadi.  Ana  shu  ezgu 

maqsad  yo`lida  mamlakatimiz  ta`lim  tizimining  hamma  bo`g`inlarini  yuqoridagi 

oliyjanob  vazifani  og`ishmay  bajarish  yo`lida  barcha  ishlar  tashkil  qilinganligini 

guvohimiz. 

 

Yuqoridagi bajarilgan tahlilga qo`shimch tarzda  Haynrix Manning boshqa 



asarida markaziy qahramonining tarbiyachilari bilan uning orasidagi munosabatni 

bajargan  tahliliy  tajribamizga  qiyoslab  ko`rsak,  chiqarmoqchi  bo`lgan  xulosmiz 

uchun  yetarli  dalillar  keltirgan  bo`lamiz.  Bunda  gap  Haynrix  Mann  hajviy 

ijodining yuksak cho`qqisi hisoblanmish “Sodiq fuqaro” romani haqida ketadi. 

„Haynrix  Mann  hajviyotining  «Imperiya»  trilogiyasining  birinchi  romani 

«Sodiq  fuqaro»  (1914)dir.  Unda  zo`ravonlik  va  monarxiya  tartiblarining 

himoyachisi,  «mas`uliyatni  his  etmaydigan  shovinist»  obrazi  yaratiladi. 

Romanning  bosh  qaxramoni  Didrix  Gessling.  Ijtimoiy  hayotdan  uzoq,  qo`rqoq, 

filistr-meshchan  bu  odam  ekspluatator  bo`lib  qolgach,  jamiyat  taraqqiyoti  uchun 

xavfli kishiga aylanadi. 



 

45 


Yozuvchi,  Didrix  Gessling  xarakterini  yuzaga  keltirgan  yaramas  muhitni, 

yomon  ta`sirni  ko`rsatadi.  Kichik  bir  qog`oz  fabrikasiga  xo`jayinlik  qilgan  otasi 

oilada qo`pol bir odam bo`lgan. Lapashang Didrix otasidan qo`rqadi va shu tufayli 

hurmat  qiladi. Didrix  maktabga  ham  yig`lab  borardi. Darslarini  bilmagan  vaqtda 

ko`zlariga  yosh  oladi.  Bunday  holat  naf    keltirgach  endi  bu  narsa  odat  tusiga 

kiradi.  Maktabni  bitirgach,  Berlinga  o`qishga  boradi.  U  yerda  millatchi  burjua 

yoshlar tashkiloti «Yangi tevtoniya» safiga kiradi.. 

Didrix  voyaga  yetgach,  uyida  zulm  o`tkazuvchi  zolim  erga  aylanadi.  U 

xotinini  o`ziga  tobe  tutadi,  ona  esa  bolalarini  o`ziga  bo`ysundiradi.  Didrix 

bolalarini kichik xonaki itga ozor berishga o`rgatadi. Otasi vafotidan so`ng o`zini 

erkin  tutgan  Didrix  fabrikaning  egasi  bo`ladi  va  ishchilarni  qattiq  ekspluatatsiya 

qilishi natijasida katta foyda ola boshlaydi. 

Didrix  o`ziga  bo`ysunuvchilarga  nisbatan  o`ta  qo`pol  va  shafqatsiz, 

aksincha  o`zidan  yuqori  turuvchi  amaldorlarga  esa,  itoatkor  shaxs.  Bir  kuni  u 

Berlinda  kayzerning  o`tib  ketayotganini  ko`rib  qoladi.  Turgan  joyi  balchiq 

bo`lishiga  qaramay,  o`sha  yerda  tiz  cho`kib,  imperator  Vilgelmga  ta`zim  qiladi. 

Bu esa unga sodiq fuqaro ekanini bildirar edi. Didrix ishchilarga «ichki dushman» 

deb,  ularning  o`z  ahvollarini  yaxshilashga  qaratilgan  har  bir  harakatiga  «isyon» 

deb qaraydi, ularni «yanchib tashlash»ga undaydi. «Biz qo`rqmaymiz, kayzer biz 

bilan»,  deb  chiranadi.  Unda  agressorlik  kuchli,  ayni  chog`da  mehnatchilardan 

qattiq qo`rqadi ham. 

«Sodiq fuqaro» romanida Haynrix Mann nemis meshchanlarining ayanchli 

hayotini,    burjuaziyaning  millatchilik,  bosqinchilikdan  iborat  siyosatini  masxara 

qildi. Didrix Gessling nemis hukmron tabaqalarining munofiqlik va yovuzliklarini 

aks ettirgan tipik obrazdir.  

 

Takror  keltirilgan  yuqoridagi  dalillar  asosida  dastlabki  xulosa  qilish 



mumkunki,  XX  asr  dastlabki  choragida  Germaniya  ta`lim-tarbiya  tizimida 

shunday bir yagona qoidaga amal qilingan edi. Bu tamoilga amal qilingan  ta`lim-

tarbiya  siyosati  tajavuskor  millatchilik  va  bosqinchilik  siyosatni  ro`yobga 

chiqaruvchilarni tarbiyalab yetishtirishga yo`naltirilgan edi. 



 

46 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish