Xavflarni o‘rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi: I bosqich — xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi: 1 -qadam — xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam — xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam — tahlilni chegaralash, ya’ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash. II bosqich — xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar «daraxti» (shajarasi)ni tuzish. «Xavflar daraxti» yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo‘ladi.
III bosqich — oqibatlarni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |