Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet7/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

So‘z turkumlari transpozitsiyasi

Ma’lumki, nazariy yondashuvda leksemaning atash (denotativ) semasi deganda borliqdagi harakat/holat, narsa-predmet, miqdor, belgi xususiyatini atovchi, nomlovchi sema tushuniladi. Bu semaning har birini mustaqil so‘z turkumi – fe’l «harakat/holatni atash» semasi, ot «narsa-predmetni atash», son «miqdorni atash», sifat va ravish «belgini atash» semasi sifatida bevosita xususiylashtiradi. Atash semasi ob’ektiv borliq parchasiga muvofiq kelgani bois leksema si tarkibidagi boshqa semalar (vazifa, ifoda)dan muhimroq ahamiyatga ega. Har bir so‘z turkumining muayyan atash semasi mutlaq va doimiymi yoki mustaqil so‘z turkumlari orasidagi so‘z turkumlarining bir-biriga ko‘chish hodisasi (transpozitsiya) ning bunga daxli bormi?


So‘z turkumining ko‘chishi – transpozitsiya deganda, ma’lum bir turkumga mansub so‘zning o‘ziga xos bo‘lgan atash, vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa so‘z turkumiga xos semantik va grammatik belgiga ega bo‘lishi tushuniladi. Turkiy tillarda so‘z turkumi bir-biridan qat’iy chegaralanmaydi, ular uzviy aloqada, bir butun sistemani tashkil etadi. Bu sistema qismlari dialektik mantiqdagi «oraliq uchinchi» qonuniyatidan kelib chiqqan holda g i b r i d so‘z sifatida baholanadigan, har ikki siraga xos semantik-grammatik belgini o‘zida saqlovchi, bir turkumdan ikkinchi turkumga ko‘chish bosqichida turuvchi so‘zlar bilan uzviy bog‘lanadi.
Mustaqil so‘zlar orasidagi o‘zaro munosabat va ularning bir-biriga ko‘chishi leksema sidagi taraqqiyot natijasida yuzaga kelib, ko‘chishning nutqiy va lisoniylashgan ko‘rinishi farqlanadi. Nutqiy ko‘chishda nutqiy ko‘chma ma’no ifodalanadi. Masalan, Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil gapida son turkumiga mansub (bir) so‘zi vaqtincha ot turkumi vazifasida kelmoqda va bu o‘tkinchi, nutqiy hodisa. Lisoniy ko‘chishda so‘z bir turkumdan boshqa turkumga butunlay o‘tib ketadi, transpozitsiya hodisasi yuz beradi. Transpozitsiya deyarli barcha mustaqil so‘z, hatto mustaqil va yordamchi so‘zlar orasida ham kuzatiladi:
1) [odam], [kishi], [inson] otlari (zerikib ketdi odam (men), hayron qolasan kishi (men), dardimni eshitadigan inson (hech kim) topilmadi), [bir] soni (bir kishi (kimdir)), [ba’zi] sifati (ba’zilar (allakimlar) unday deydi, ba’zilar bunday) olmoshga;
2) [yigit], [qiz], [o‘g‘il], [qari], [er], [xotin], [ko‘r], [issiq-sovuq] (issiq-sovug‘idan xabar olmoq) sifatlari, [bordi-keldi], [keldi-ketdi], [oldi-berdi], [ur-yiqit] juft fe’llari, [o‘qish], [yozish], [o‘tmish], [qilmish], [qidiruv] harakat nomi shakllari, [o‘qituvchi], [bog‘lovchi], [kuzatuvchi] sifatdoshlari, [uch], [etti], [yigirma], [qirq] sonlari otga;
3) [kelajak], [bo‘lajak] sifatdoshlari, [tilla], [kumush], [taxta] (tilla uzuk, asal bola) otlari sifatga;
4) [charchamasdan] (ishlaysan), [o‘ylamasdan] (gapirdi), [indamasdan], [bilinar-bilinmas] sifatdoshlari, [osha], [o‘ta], [ura], [qayta], [qo‘yarda-qo‘ymay], [ura-sura] ravishdoshlari, [erta], [indin], [kecha], [kech], [kechqurun], [savat-savat], [navbatma-navbat] otlari ravishga;
5) [bir] soni, [yakka], [yolg‘iz] sifatlari yuklamaga;
6) [haqiqatdan], [chamasi], [mazmuni] otlari, [yaxshi], [so‘zsiz], [tuzuk], [to‘g‘ri], [tabiiy]sifatlari, [qani], [qalay] olmoshlari modal so‘zga;
7) [bir] soni, [ba’zan] ravishi, [ham] yuklamasi, [bilan] ko‘makchisi bog‘lovchiga;
8) [ost], [ust], [old], [orqa], [tomon], [tag], [tepa], [ich], [ora], [qosh], [lab], [yoqa], [og‘iz]otlari, [qarab], [boshlab], [ko‘ra], [deya], [deb], [o‘xshab] ravishdoshlari, [boshqa], [bo‘lak], [o‘zga] sifatlari, [avval], [oldin], [ilgari], [keyin], [so‘ng] ravishlari ko‘makchiga ko‘chganligi tegishli adabiyotlarda qayd etilgan. Sanalganlarning ayrimi bugungi kunda lisoniylashgan, ayrimi hali o‘tish bosqichida - nutqiy hodisa sifatida qaralmoqda. Masalan, mavjud grammatikalarda son turkumining tasnifiy belgilari sanalar ekan, predmetning sanog‘i, tartibini bildirishi, (qancha), (nechta), (nechanchi) so‘rog‘idan biriga javob bo‘lishi, ot turkumiga mansub so‘z bilan erkin aloqada bo‘lishi va gapda, asosan, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida kelishi ta’kidlanadi. Son lug‘aviy mazmun guruhiga kiruvchi jamlovchi son shaklida son umumiy grammatik ma’nosidan chetlashish kuzatiladi.
Ayni paytda jamlovchi sonning [-ov], [-ala], [-ovlon], [-ovlab], [-ovlashib] shakllari ajratiladi. Qayd etilganlardan [-ovlab], [-ovlashib] shakllari, bizningcha, jamlovchi son shakli emas, balki jamlovchi son o‘zagidan yasalgan ravishdosh shakli: ikki+ov+lash+ib.
Demak, so‘nggi ikki shakl jamlovchi son shakllari sirasidan chiqariladi. Asosiy shakl sifatida [-ov], [-ala], [-ovlon] ko‘rsatkichi ajratilishi mumkin. Ma’lumki, bundan [-ov], [-ala]shakli boshqa son ma’no turidan farqlanib, deyarli har doim egalik shakli bilan qo‘llanadi. [-ovlon] shaklli jamlovchi son atash semasi bugungi kunda miqdor emas, balki «qanchadir miqdordagi shaxs» deb qaraladi: Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. [-ov], [-ovlon] shaklli son ot bilan birikmaydi, gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelmaydi, sonning so‘roqlariga javob bo‘lmaydi, hatto mazkur shakl hosil bo‘ladigan qolip ham nihoyatda unumsiz bo‘lib, barcha son o‘zaklaridan jamlovchi son shakli hosil qilinmaydi. Ular ko‘proq otga xos tasnifiy belgini o‘ziga qabul qilmoqda. [-ala] shakli esa sonlik belgicini ham o‘zida birmuncha saqlab turibdi: uchala bola ham qo‘shni qishloqdan ekan. Jamlovchi son shakllaridagi semik taraqqiyotni chizmada quyidagicha aks ettiramiz: [-ala] - [-ov] - [-ovlon]
Ko‘rib o‘tilganidek, ushbu shakllar orasida [-ala] shaklida sonlik belgilari birmuncha saqlangan, [-ovlon] shaklida otlik belgici yaqqol, [-ov] shaklida har ikki jihat uyg‘un bo‘lib, mazkur shakllarga gibrid birlik sifatida qarash mumkin. [-ov]shakli jamlovchi son shakli orasida, jamlovchi son shaklli so‘z esa ot va son so‘z turkumi orasida «oraliq uchinchi» maqomiga ega bo‘ladi.
Demak, aytish mumkinki, so‘z turkumi orasida muntazam aloqa mavjud, bu aloqa til tizimining doimiy o‘zgarish, taraqqiyotdagi jonli jarayon ekanligidan dalolat beradi. SHu boisdan ayrim so‘zlarning qaysi turkumiga mansubligi ularning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini tegishli tadqiq usullari bilan tadqiq qilish asosida belgilanishi lozim. Bu tilshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish