Zbekiston respublikasi


Malekulyar fizika fanini o‘qitish metodikasining predmeti va tadqiqot metodlari



Download 53,73 Kb.
bet10/11
Sana17.09.2021
Hajmi53,73 Kb.
#176648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
malekulyar fizika (2)

2.5. Malekulyar fizika fanini o‘qitish metodikasining predmeti va tadqiqot metodlari

Uzluksiz ta’lim tizimida fizika fanini o'qitishning maqsadi o'quvchi va talabalarga puxta ta iim berish, ularni tarbiyalash va bilimlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga, fizikaning metodik o'quv kursining mazmuni, uni o'qitishga taalluqli darslik. o'quv qo'llanm alar vositalarini aniqlash va o'qitish jarayonida, ulardan samarali foydalanish usullarini topish hisoblanadi. O'qitish jarayoni tushunchasi, asosan, quyidagi savollarga javob berishi kerak: l.Yoshlarni nima uchun o'qitam iz? Bu har bir davlatdagi o'qitishning maqsadi va vazifasi orqali aniqlanib, direktiv hujjatlarda (K onstitutsiya «Taiim to'g'risida»gi Qonun va bilim berish konsepsiyalari, davlat ta’­ lim standartlari, o'quv yurtining Ustavi, dasturiy hujjatlar va boshq.) ko'rsatiladi. Uzluksiz ta iim tizimida fizika fanini o'qitishning maqsadi o'quv dasturlarining m e’voriy hujjatlarda quyidagi tarzda berilgan: • ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish jarayonida fizikaning tutgan o'rni va rolini tushuntirish asosida talabalarni siyosiv-g'oyaviy. fidoyilik va baynalmilal, miltiy ruhda tarbiyalash. direktiv htijjatlarga mos tarzda ilm va texnikani rivojlanish darajasini ochib berish, fizika va texnikani rivojlanishiga vatanimizdagi va chet ellik olim lam ing qo'shgan hissalail bilan tanishtirish; • ilmiy dalillar. tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, fizika fanining tadqiqot metodlari va bilimlarini amalda qo’llash va olamning ilmiy manzarasi to'g'risidagi bilimlami shakllantirish; • materiya tuzilishining birligini, cheksizligini, tabiatdagi saqlanish qonunlarining imiversalligini, fizik hodisalaming dialektik mohiyatini, fizik nazariyalarning uzluksizligi va izchilligini, fizikaning rivojlanishida nazariya bilan tajribani birgalikda qatnashishini, fizikani o'rganishda amaliyotning muhim rolini ochib berish: • ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy jihatiari bilan tanishtirish - kompleks avtomatlashtirishni, elektronika va mikroprotsessorli texnikani, robototexnikani, atom energetikani, ishlab chiqarish va axborot-texnologivasining hamda yangi materiallami ishlab chiqarish jarayonlari bilan talabalarni tanishtirish: 21 ♦ bilimlarga mustaqil ega bo'lishni tushuntirish, dai'slik, o'quv qo'llanmalar, m a’lumot beruvchi ilmiy adabiyotlar ham da xrestomatik adabiyotlar bilan ishlash usullarini shakllantirish; ♦ ayrim eksperimental ko'nikmalarni shakllantirish: asbob-anjomlar bilan ishlash, o ’lchash, natijalaridan foydalanish va eksperiment asosida xulosa chiqarish, texnika xavfsizligiga rioya qilish; ♦ fizika va texnikani bilishga qiziqtirish. bilish imkoniyatlarini rivojlantirish. o'qishga samarali yondoshishni shakllantirish, fizikani hayot bilan bevosita bog'lab o'qitish natijasida o'quvchilam i kasb tanlashga tayyoriash. talabalarni esa kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish. 2. Yosh larga nimani va qancha o'qitam iz? Bu savol larga javob umumta’lim maktab, akadem ik litsey va kasb-hunar kollejlarining mutaxassislik o‘quv rejalari ham da fizikaga oid o'quv dasturlaridan olinadi. 3. Yoshlarni qanday o'qitam iz? Amalda bu savolga aniq javob beradigan direktiv hujjat yo'q. U o'qitish metodlari, vositalari hamda o'qitishni tashkil qilish shakllari orqali amalga oshirishga tegishli. Ularni ishlab chiqish. tanlab olish va foydalanish o ’qituvchilardan yuqori darajadagi ijodkorlikni talab qiiadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O 'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng Respublikamiz rahbariyati ushbu sohaga alohida e’tibor berib, 1997-yili «T a’lim to‘g'risida»gi Qonun va Kadrlar tayyoriash milliy dasturi qabul qilindi. U shbu muhim hujjatlar asosida O 'zbekistonda yoshlarni o'qitishning yangi tizim iga o'tildi va u hozitgi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda. Oliy m aktablarda fizika fanini o'qitish metodikasi quyidagi bo'lim - lardan iborat: fizika fanini o'qitishning umumiy-nazariy masalaiari; fizika kursining ayrim bo'lim larini yoki mavzularini o'qitish metodikasi; fizik eksperimentlami bajarish metodikasi va texnikasi. U fizika kursining barcha bo'lim larining mavzularining mazmunini, tarkibini aniqlash va ularni o'qitishni (xususiy metodika) didaktik nuqtayi-nazardan ta’minlash harnda o'qitish metodlarini tanlash va ular asosida ta ’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish (umumiy metodika) bilan shug'ullanadi. Fizika fanini o'qitishning umumiy-nazariy masalalariga quyidagilar kiradi: turli o'quv yurtlarida fizika fanini o'qitishning maqsadi va vazifalari; o'quv yurtlarida o'qitiluvchi fizika kursining mazmuni, tuzilishi va hajmi; fizika fanini o'qitishning metodologik va psixologik asoslari; fizika fanini o'qitish jarayonida politexnik ta ’lim berish va uni amaliyot bilan bog'lash; fizika kursini fanlararo aloqasini o'm atish va o'qitishning turli bosqichlari orasida izchillikni am alga oshirish; fizika fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarda dialektik-materialistik dunyoqarashni shakllantirish va ularning fikr yuritishini o'stirish: o'qitishning adekvat (o‘xshash, mos) texnologiyasi, metodlari hamda vositalari, o'qitishning tashkiliy shakllarini, talabalarning bilimini tekshirish va baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar. Fizika fanini o'qitishning umumiy masalalaridan keyin kursning mazmuniga tegishli har bir bo'lim yoki undagi mavzularning o'qitish metodikasi beriladi. unga xususiy metodika deyiladi. Unda, dasturda ko'rsatilgan har bir mavzuning maz.muni. o'quv materialining ketma-ketligi, undagi tushunchalami shakllantirish yo'liari. qonunlar va nazariyalarning mazmun-mohiyatini ochib berilishi. o'quv materialining amaliy ahamiyati, o'quvchilar ushbu materialni o'zlashtirishi uchun zarur bo'lgan qanday malaka va ko'nikmaga ega bo'lishi. shuningdek, masala yechishni, laboratoriya ishiarini bajarish yo'liari va metodik xususiyatlari qaraladi. Pedagogika yoki didaktikaning bo'lim i bo'lgan oli> maktablarda fizika fanini o'qitish metodikasi, o'zining tadqiqot metodlariga ega b o iib , u jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanib va o'zgarib boradi. Asosiy tadqiqot metodlari va usullari sifatida quyidagilam i ко 'rsatish mumkin: muammoning nazariy tanlanishi; oliy maktablarda fizika fanini o'qitishdagi ilg'or va ijodkor o'qituvchilam ing tajribasini o'rganish, ulardan foydalanish va umumlashtirish; taklif qilinayotgan tavsiyalaming samaradorligini tekshirish uchun o'tkaziladigan tajriba-sinov ishlari va boshqalar. Muammoni nazariy jihatdan о ‘rganish. Bu metodning rnohiyati maxsus adabiyotlami o'qish natijasida fizika kursining mazmunini ham da uning o'qitish usullari va shakllarini hozirgi talablarga to 'g 'ri kelish darajasini aniqlash b o iib hisoblanadi. Adabiyotlar bilan ishi&shda yangi fikrlami kuzatishga, uni tanlashga unga tegishli o 'z fikrini aytishga asosiy e ’tiborni qaratish kerak. Bir masala bo'yicha bir necha adabiyotlardan olingan fikrlami taqqoslash. umumlashtirish va tizimlashtirish, umumlashtiruvchi maqola yozish ijociiy tadqiqotning asosini tashkil qiladi. Kuzatishni amalga oshirish. Ilmiy kuzatishni am alga oshirish — haqiqatni to'g'ridan-to'g'ri bilish usulidir. U bevosita ko'p qirrali shaklda bo'lishi mumkin. Birinchisida, tadqiqotehi o'rganilayotgan jarayonni bevosita kuzatish! mumkin. fkkinchisida esa, tadqiq qilinayotgan jarayon to'g'risidagi axborotlar boshqa manbalardan olinadi. Ikkinchi y o id an foydalanish, vaqtincha samaradorligining oshishiga imkon beradi. Bu degani. har qanday pedagogik hodisani kuzatish. har bir tadqiqotchidan ko'p vaqt talab qiladi. Masalan, o'quvchilam ing fizikadan olgan bilimlarini amalda qoilashini kuzatish uchun, tadqiqotehi ko'p vaqt sarflashi kerak. A garda ushbu m aium otlar o'qituvchilar va guruh rahbarlaridan olinsa, unchalik ko'p vaqt ketmaydi. Shuni aytish lozimki, o'quv jarayonini bevosita kuzatish, amalda tadqiqotning haqqoniyligiga va uning sifatiga ijobiy ta'sir qiladi. Kuzatish jarayonida olingan m a’lumotning sifati uni rejaiashtirishga bevosita bog'liqdir. Kuzatishni am alga oshirish rejasiga nimalar kiradi? Kuzatish obyekti qachon va qanday kuzatilishi, kuzatishning natijalari qanday olinishi kerak? - degan savollar tugiladi. Masalan, o'quvchilam ing dars pavtidagi faolligini kuzatishda, ularning harakatlarini shunchaki yozmasdan, balki texnik vositalar yordam ida yozib olinsa, lining har bir elementi qo'yilgan maqsad asosida tanlab olinadi. Suhbat usuli tadqiqotchidan maxsus nialakalanii talab qiladi. Ular: talabalar va o'qituvchilar orasidagi til topishish, ularning shaxsiy sifatlarini tushunish, psixologik holatlarini sezish, suhbatni tegishli yo'nalishga bura bilish va boshqalardir. Suhbat yurgizish texnikani ham o'ziga xos m a’noga ega. Buning uchun, ishonchlilik muhitini tashkil etish, pedagogik etikani va taktikani saqlash lozim. Suhbat chog'ida tadqiqotchi talabalar yoki o'qituvchilarga kerakli savollarni berib, ulardan javob oladi. Bunda, asosiy masala b o iib . savollami tanlash hisoblanadi. M asalan, tadqiqotchi talabalarning fizikaga b o ig an qiziqishini bilmoqchi b o isa, uning o'quvchiga, «Sen fizikaga qiziqasanmi?» - degan savoli kerakli natijani bermaydi. Chunki bu savoiga talaba: "H a” yoki “Yo‘q“, - degan javobni berishi mumkin. Bu javobning qanchalik darajada haqiqat yoki yolg'on ekanligi, o'qituvchiga aw algiday nom a'lum bo'lib qolaveradi. Bunday paytda talabadan fizikaning qaysi b oiim i qiziqarli ekanligi, masala yechishda qanday usullardan foydalanishi. uy vazifalarini hai- doim bajarishga qancha vaqt sarflashi, qanday qiyinchiliklarga duch kelishiga oid savollar berish foydalidir. Suhbatlashishning natijasini aniqlash ham o'ziga xos m a’noga ega. Ayrim hollarda, tadqiqotchi suhbatning borishini esida saqlab qolib, suhbat yakunlangandan keyin barchasini yozib oladi. Ammo yozib olish ochiq olib borilganda, javob beruvchi o'zini erkin sezmasdan. fikrini ochiq ay-ta olmagan holatlar ham uchraydi. Shuning uchun. aksariyat hollarda suhbatni magnit lentasiga yozib olib, undan keyin kerakJisini maxsus tanlab olish yaxshi natija beradi. Tadqiqotning ankela usuli. Bu holda, tadqiqotchi talaba va o'qituvchilarga savollami yozm a ravishda berib. ularga javoblam i ham yozm a tarzda oladi. Bu usulning ijobiy tomoni shundaki, oz vaqt ichida ko'pchilik bilan muloqot qilish mumkin. Anketa savollarini tuzishda quyidagilami hisobga olish taklif qilinadi: 1. Savollar ochiq shaklda berilib. javobiarning variantlari oldindan aniqlanmaydi. Talabalar va o'qituvchilar javoblam i o'zlari xohlagan shaklda bayon qilib, yozib berishadi. 2. Savollaming javoblari oldindan dasturlab qo'yiladi. Savol varaqasiga javob beruvchilar taklif qilingan javobiarning variantlarini o'zlari to 'g 'ri, deb hisoblaganini ostiga cbizib yoki belgilab qo'yishadi. 3. Javob beruvchilar taklif qilingan javoblarning variantlaridan tashqari, o'zlarining o'y-fikrlarini yozib berish huquqiga ega. Anketada taklif qilingan savollar ixcham va tushunarli bo'lishi kerak. Javoblarning variantlari oidindan aniqlab olinib, ularni guruhlar bo'yicha natijasini chiqarish mumkin. Tuzilgan so'rovnom ani o ’qituvchi larga yoki talabalarning ayrimlariga taklif qilib. kerakli tuzatmalami kiritgandan keyingina ko'pchilikka tarqatish mumkin. Ilg'or professor-o 'qiiitvchilarningpedagogik kjrib a sm i о 'rganish: -pedagogik tajriba - o'qitish va tarbiyalashning amaliyotini tushuntiradi. Unga ayrim ilg'or professor-o'qituvchining yoki tarbiyachilam ing ish tajribasidan tortib, kafedraning yoki pedagogik jam oaning ish tajribasi ham qo'shiladi. Alohida o'qituvchining tajribasi, uning darsiga qatnashisli, suhbatlashish va ilmiy-metodik jum allarda chop etilgan maqolalarini o'qish orqali o'rganiladi. Ilmiy-metodik seminarlarga. anjumanlarga, pedagogik. o'qishlarga qatnashisli va maqolalarni turli jum allarda chop etish - bir qancha o'qituvchilarning tajribasini o'rganishga, tadqiqotchilaming olib borayotgan izlanishlarining natijalari bilan tanishishga imkon beradi. Bunday tadbirlarda aytilgan fikrlar va m a’ruzalar orqali o'qnuvchilar o 'z tajribasi bilan boshqalami tanishtiradi vayangiliklarni o'rganishadi. Pedagogik experiment - o'qitish, tarbiyalash va tivojlantirish ishini. boshqacha aytganda, ta'lim berish samaradorligini oshirish maqsadida o'tkaziladigan tajriba - sinov ishlaridir. Bunda, tadqiqotning maqsadiga va qo'yilgan ilmiy farazga mos, o'qitish jarayoniga tegishli o'zgartirishlar kiritilib, uning natijalai'i ilmiy m azm unda tanlanadi. Amaliyotda pedagogik eksperimentning finiqlovchi, tadqiqiv. o'qituv va tekshiruv turiari qo'llaniladi. Aniqlash, pedagogik eksperimentning boshlanishi bo'lib, uni o'tkazishda turli dalil (baqiqat, dalil). ko'pchilikka tegishli bo'lgan kamchilik hisoblanadi. Masalan, fizik tushunchalami o'zlashtirish holati tekshirilib, ko'pchilik talabalarga tegishli bo'lgan tipik kamchilikning sababi aniqlanadi. Eksperimentning bu bosqichida ayrim dalillargina aniqlanmasdan, unga teskari ko'rinishlarning paydo bo'lish sabablari ham aniqlanadi. IJshbu sabablarga ko'ra, bunday xatolar paydo bo'lishining oldini olish, agar yo'l qo'yilgan bo'lsa, ularni vo'qotish yo'llari aniqlanadi. Bunday ishlar pedagogik eksperimentning izlanish bosqichida bajariiadi. Pedagogik eksperimentning izlanish bosqichida o'qitish jaravonini yaxshilaslming turli m etodik yo'llari ishlab chiqilib. amaliyotda qo'llash uchun ilmiy asoslangan va metodik jihatdan eng samaralisi tanlanadi. Tadqiqotchi, o'qituvchilarga turli ko'rsatm alarni taklif qiiadi, ular berilgan taklfflarni maxsus tanlab olingan eksperimental gumhlarda sinovdan o'tkazishadi. Ishning natijasiga qarab, taklif qilingan metodik ko'rsatm alarga aniqlik va tuzatishlar kiritiladi, ayrimlari qaytadan ishlanishi ham mumkin. Natijada, tajribada sinaigan metodik ish tizimi hosil bo'ladi. Keyingi bosqichIarda pedagogik eksperimentning o'qitish va tekshirish turlari sinovdan o'tkaziladi. Eksperimentning nom idan ko'rinib turibdiki, bu bosqichlarda, avva! aniqlangan metodik taklif va tavsiyalar o'qitish jarayoniga to'liq kiritiladi va uning natijalari tahlii qilinadi. Izlanish va o'qitish tajriba-sinovlari oz sonli o'quv muassasalarida o'tkazilsa, tadqiqot eksperimenti o'tkaziladigan o'quv yurtiarining soni ko'proq bo'lishi mumkin. Bu esa, eksperiment natijasining obyektivligini va ishonchliligini oshiradi. Shuni ta'kidlash lozimki, oliy maktab fizika fanini o'qitish metodikasi talabalarga o'qitiladigan fizika matematika, falsafa, pedagogika va psixologiya o'quv fanlari bilan bevosita bog'langan. Jumladan, oliy maktabda o'qitiladigan fizika kursining asosiy quroli bo'lib matem atika hisoblansa, uni o'qitishda tayanch bo'lib, didaktik prinsiplar xizm at qiladi. Ularda o'qitishning tarixiy va pedagogik tajribalari o 'z aksini topgan bo'lib, ular oliy maktabiarda talabalarni o'qitishda qo'llanib kelinmoqda, shuning uchun, ularning ayrimlari bilan Utnishib o'taylik.

Xulosa

Kurs ishning mazkur malekulyar fizika bo`limiga oid mavzularni o`qitishda pedogagig texnologiyalardan foydalanish usullari tahlil qilindi. Shuningdek, o`qitishda pedogagig texnologiyalardan foydalanish usullari masalalari ko’rib chiqildi. Jumladan, tajriba tadqiqot maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar ta’lim jarayonida quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim:Ilg‘or pedagogik, innovatsion texnologiyalarni o‘quv fani hamda dars maqsadiga muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi; Interfaol darsning an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi;O‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdillik bilan anglay olishi va individual mahorat orqali yondashish malakasiga ega bo‘lishi; Dars maqsadlariga erishish yo‘llarini bilishi, dars bosqichlari tarkibiy tuzilishiga to‘liq tayanishi lozim.



Download 53,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish