*zbekiston respublikasi


 Faoliyatni interiorizasiyalash va ekstreoriozasiyalash



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/48
Sana31.12.2021
Hajmi1,26 Mb.
#245589
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
@BOOKS KITOB UMUMIY PSIXOLOGIYA

3. Faoliyatni interiorizasiyalash va ekstreoriozasiyalash 
Yuqoridagi  mulohazalardan  ko’rinib  turibdiki,  miyani  ilgarilab  aks  ettirish 
imkoniyati va shali amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson psixikasida qay 
tarzda in'ikos etilishi kuchli qiziqish uyg’otadi. Bu hodisani izoshlashning yagona 
yo’li  -  u  ham  bo’lsa  borliqning  muhim  shususiyati  shisoblanmish  qonuniyatning 
mavjudligidir. Borliqdagi qariyb (neosfera shisobga olinmaganda) barcha narsalar, 
munosabatlar,  xususiyatlar,  hart-haroitlar,  tuzilmalar  bir-biri  bilan  doimiy 
bog’liqlikka  ega  bo’lib,  muayyan  qonuniyat  asosida  harakatlanadi,  bu  holatdan 
ikkinchisiga o’tadi.  
Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug’ga aylanadi, harorat pasaysa, u 
muzlaydi,  shavo  isiganida  esa  muz  eriy  boshlaydi,  bashor  ketidan  yoz  keladi, 
narsalar  ishqalansa  qiziydi  va  hokazo.  Xuddi  shu  bois  ob'ekt  bilan  hodisa 


o’rtasidagi  o’zgarmas,  barqaror  munosabatlar,  ob'ektning  muhim  xususiyatlari 
hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o’zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning 
mavjudligi  o’zgarishlarni  oldindan  payqash,  harakatlarni  muvofiq  yo’naltirish 
imkonini  vujudga  keltiradi.  Tashqi,  yaqqol  faoliyat  favquloddagi  davrda  ichki 
timsoliy  (psixik)  faoliyat  tarzida  shis  etiladi.  Ob'ektlarga  yo’naltirilgan  yaqqol 
harakatlar  ularning  muhim  xususiyatlariga  mo’ljallangan  timsoliy  jarayon  bilan 
almashtiriladi.  
Xuddi  shu  sababdan  tashqi,  yaqqol  harakatdan,  ichki,  timsoliy  harakatga 
mana shu tarzda o’tish jarayoni interiorizasiya (ichki tarzga aylanish) deb ataladi. 
Interiorizasiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin 
va  ularning  shogirdlari  tomonidan  turli  jabshalarda  tadqiqot  qilingan. 
Interiorizasiya  harofati  bilan  inson  psixikasi  muayyan  vaqt  oralig’ida  uning  idrok 
maydonida  yo’q  narsalarning  timsoli  (obrazi)dan  foydalanish  qurbiga  ega  bo’ldi. 
Shu narsa ma'lumki, bunday  o’zgarishlarning  muhim quroli bo’lib so’z, o’zgarish 
vositasi  sifatida  nutqiy  faoliyat  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  so’zlarni  to’g’ri 
ishlatishga 
odatlanish 
favqulodda 
buyumlarning 
muhim 
xususiyatlarini 
axborotidan foydalanishning usullarini o’zlashtirish demakdir. 
Inson  faoliyati  murakkab  va  o’ziga  xos  jarayon  bo’lib,  shunchaki 
eshtiyojlarni  qondirishdan  iborat  emas,  balki  ko’pincha  jamiyatning  maqsadi  va 
talablari  bilan  belgilanadi.  Xuddi  shu  boisdan  qo’yilgan  maqsadning 
anglanilganligi va unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va 
unga  erishish  bo’yicha  ish  harakatlari  tajribasi  bilan  bog’liq  ekanligi  inson 
faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi. 
Shuning  uchun  shaxs  faoliyatining  jismoniy  (tashqi)  va  psixik  (ichki) 
tuzilmalari  bir-biri  bilan  uyg’unlashganligi  ko’zga  tashlanadi.  Inson  faoliyatining 
tashqi jabshasi uning atrof mushitga ta'sir ko’rsatishga mo’ljallangan sa'i-harakatlar 
ichki  (psixik)  jishatiga  bog’liq  bo’lib,  ularni  motivlashtiradi,  bilishga  undaydi  va 
boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabsha o’z navbatida: a)psixik faoliyat buyumlar va 
jarayonlar  xususiyatlarini  o’zida  namoyon  qiladi;  b)  ularning  maqsadga  muvofiq 
tarzda  qayta  o’zgartirilishini  amalga  oshiradi;  v)  psixik  andozalar  o’xshashligini, 
natijalar  va  harakatlarning  kutilmalariga  muvofiqligini  ko’rsatadi;  g)  ularni 
uzluksiz  ravishda  yo’naltirib  va  nazorat  qilib  turadi.  Shunga  muvofiq  ravishda 
tashqi,  yaqqol  faoliyatni  ham  ichki  (psixik)  faoliyatning  eksteriozasiyalashuvi 
(tashqi tarzga aylanishi) deb basholash maqsadga muvofiq. 
 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish