Zbekiston xalqaro islom akademiyasi mumtoz sharq filologiyasi fakulteti



Download 147 Kb.
bet7/8
Sana03.04.2023
Hajmi147 Kb.
#924308
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi adabiyot

UMUMIY XULOSA .
Xulosa qiladigan bo‘lsak, arab mamlakatlari adabiyoti, tarixi va ilm-fanning rivoji, Iroq adabiyoti, Jamil Sidqi az-Zahoviy haqida talabalar uchun umumiy tushuncha va ma’lumotlar berilgan.
O‘rta asrlarda ko‘p yillar davomida kuchli madaniy yuksalish yuz bergan, xalifalik shaharlarida savdo-sotiq rivojlanib, dorilfunun va kutubxonalarga asos solingan. Fan va madaniyat gullab-yashnagan davrda arablar katta ma’naviy qadriyatlarni yaratganlar. Ular orasida arab mumtoz adabiyoti, shubhasiz, dastlabki o‘rinlardan birini egallaydi.
Hammaga ma’lumki, Sharq va O‘rta yer dengizi xalqlarining ko‘p asrlik madaniy an’analarini o‘zlashtirgan ushbu adabiyotning Yevropa adabiyotiga ta’siri juda katta bo‘lgan. Muhabbat she’riyati, mardlar romani, hayvonlar haqidagi didaktik hikoyalar – bular Yevropada arab adabiyoti ta’sirida rivojlangan janrlarning ayrimlari, xolos.
Biroq, «arablar» so‘zi turli tarixiy davrlarda har xil mazmun anglatgan. Shu bois o‘rta asr, yoki mumtoz arab adabiyoti haqida so‘z yuritishdan avval aynan kimni ushbu adabiyotning yaratuvchilari va egalari deb atashimizni, yoki, oddiyroq qilib aytganda, o‘rta asrlarda kimlar arablar deb atalganligini aniqlab olishimiz zarur.
VII–VIII asrlargacha arablar deganda Arabiston yarimorolining ko‘chmanchi, o‘troq aholisi tushunilgan.
Mazkur yozma til qadimgi arab tili hamda Arabiston qabilalarining shevalari asosida shakllandi. Og‘zaki nutqda xalifalikning arab viloyatlaridagi aholisi shevalardan foydalanganlar. Ular o‘rtasidagi farq, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, juda katta edi.
Qadimgi arab tilining yozma yodgorliklari milodning I asriga borib taqaladigan Arabiston va Suriya janubidagi qoyatoshlardagi yozuvlarda ifodalangan. Ilk mumtoz arab tilida islom dinidan avvalgi (V–VII asrlar) she’riyat asarlari yaratilgan. Ushbu asarlar og‘zaki ravishda tildan-tilga o‘tib kelgan bo‘lib, arab tilshunoslari faqat VIII–X asrlardagina ularni yozma shaklga keltirganlar.
IX–X asrlarda mumtoz davr adabiy tili uzil-kesil shakllangan. Mumtoz arab tilida nihoyatda boy ilmiy va badiiy adabiyot mavjud. Uni yaratishda nafaqat arablar, balki fath qilingan mamlakatlarning aholisi ham ishtirok etgan.
Hozirgi vaqtda arab tili – somiy guruhiga kiruvchi eng ko‘p tarqalgan tildir. Arab davlati eng qudratli bo‘lgan VIII–X asrlar tarixga arab madaniyati va adabiyoti gullab-yashnagan davr sifatida kirgan.
Ulkan siyosiy tashkilot bo‘lmish xalifalik mustahkam chiqmadi. IX asrdayoq boshlangan va XI asrga kelib yakunlangan uning parchalanishi madaniyatning ham tanazzuliga olib keldi. Mo‘g‘ullar XIII asrning o‘rtalarida xalifalikning sharqiy arab viloyatlariga dahshatli zarba berdilar. XVI asr boshida mo‘g‘ul istilochilari o‘rnini usmoniy turklar egalladilar. XVIII asrdan boshlab esa, arab mamlakatlari Yevropadagi qudratli mamlakatlarning mustamlaka ob’ektiga aylandilar. Siyosiy tarqoqlik arab viloyatlarining madaniy jihatdan ajralib ketishiga sharoit yaratdi.
Usmonli turklar Arabistonning sharqida hukmronlik qilgan davrda Usmon imperiyasining arab viloyatlaridagi barcha rasmiy va ish bilan bog‘liq yozishmalar turk tilida yuritildi; arab adabiy tili ko‘p darajada unutildi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keng miqyosli aksilfeodal va milliy ozodlik harakatlari asosida arab madaniyati va adabiyoti tiklana boshladi. Ushbu davrda hozirgi zamon arab adabiyoti avvalo alohida arab mamlakatlarining milliy adabiyoti sifatida shakllana boshlagan.
XIX asr boshlarida Iroq Usmoniylar imperiyasi qo‘li ostida edi. O‘sha davrda Misr va Suriyada boshlangan ma’rifatparvarlik harakati Iroqqa XIX asrning 60-yillarida ham kirib kelmagan edi. Iroqda an’anaviy she’riyat, tarixiy solnomalar, Kur’onga sharhlar yozish xali ham davom etardi. She’riyatda madh ko‘proq rivojlangan edi. XIX asrning 2-yarmiga kelib Iroq adabiyotida ma’rifatparvarlikning birinchi kurtaklari ko‘rina boshladi. Iroq adiblari o‘z asarlarida nafaqat jabr-zulm va feodal jamiyat, balki xalqning hayotini yaxshilash, ilmiy salohiyatini oshirishga harakat qilardilar. XX asrning boshlariga kelib Iroq adiblari boshqa xalqlarning madaniyati bilan aloqalarning rivojlanishiga qaramasdan ko‘proq arab-musulmon madaniyatining meroslariga tayanishardi.Iroq adabiyotida she’riyat eng rivojlangan janrlardan biri xisoblanadi. XIX asrning oxirigacha adabiyotda she’riyat ustunlikni qo‘ldan bermaydi. Bu she’riyat esa lirikaning an’analariga mos va islom ruhini o‘zida mujassamlashtirgan edi. XX asrning boshlariga kelib esa siyosiy voqea-hodisalar Jamil Sidqi az-Zahavi va boshqalar ijodida yoritila boshlandi.


Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish