Ziravor о‘simliklar haqida umumiy ma’lumot. О‘zbekiston о‘simliklar olami rangbarang ziravorlarga boy



Download 23,78 Kb.
Sana09.10.2022
Hajmi23,78 Kb.
#852038
Bog'liq
2-topshiriq


Ziravor о‘simliklar haqida umumiy ma’lumot. О‘zbekiston о‘simliklar olami rangbarang ziravorlarga boy. Bularda inson uchun zarur bо‘lgan biologik faol moddalar, efir moylari, vitaminlar, organik kislotalar, mineral va boshqa birikmalar bor. Turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda ziravorlarning ahamiyati juda katta. Ziravor о‘simliklarning urug‘i va mevalari, ildizlari, barglaridan foydalaniladi. Ular mahsulotlarning lazzatli bо‘lishini ta’minlaydi, odam organizmi tomonidan о‘zlashtirilishini yengilllashtiradi. “Ziravor” sо‘zi keng ma’noda xushbо‘y va xushta’m beruvchi bir qancha о‘simliklarni bildiradi. Masalan, qora murch, garmdori, zirk, lavr bargi, koriandr, anbar, ajgon, bujgon, kardamon kabilar shular jumlasidandir. Ba’zan “ziravor” sо‘zi “dorivor” sо‘zi bilan almashtiriladi. Buning sababi shundaki, ziravorlar meyorida iste’mol qilinsa, kishi orgoanizmi uchun shifobaxsh ta’sir kо‘rsatadi. Ular inson tanasida kechadigan moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. О‘zbekiston florasidagi ziravor о‘simliklarning ba’zi turlari ovqatga solinib yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xalq tomonidan bir necha yuz yillardan beri iste’mol qilinib kelmoqda. Abu Ali ibn Sino har xil kasalliklarga chalinmaslik uchun kо‘proq sabzavot, turli kо‘katlar va о‘simlik mahsulotlari iste’mol qilishni ta’kidlagan va yuzlab kasalliklarni о‘simliklardan tayyorlangan dorilar bilan davolagan edi. Ma’lumki, har qanday ovqatga xushta’m berish uchun о‘simlikning barg, poya, gul, urug‘, ildiz va piyozi ishlatiladi. Bu birinchidan, taomni xushta’m qilib, odamning ishtaxa bilan ovqatlanishiga imkon bersa, ikkinchidan esa, uni о‘simliklar tarkibidagi turli vitaminlar, glyukozidlar, tanid moddasi, efir moylari, organik kislotalar, mineral tuzlar bilan ta’minlaydi. Bu moddalar ovqatning tez va oson hazm bо‘lishida, odam organizmiga tez singishida, turli kasalliklarga va umuman odam organizmida moddalar almashinishini yaxshilashda katta rol о‘ynaydi. Ba’zi ziravorlar (qalampir, xren, sarimsoq) bakteritsidlik hamda antiokislitellik xususiyatiga ega bо‘ladi. Shu sababli tayyorlangan ovqatlarni ular yordamida uzoq saqlash mumkin. Zira, yalpiz, garmdori, arpabodiyon, ukrop (shivit), kiyik о‘t kabi ziravorlar О‘rta Osiyo xalqlariga juda qadimdan ma’lum. Qalampirmunchoq, za’far, qora murch va boshqa ziravorlar Hindiston, Xitoy, Afg‘oniston, Eron kabi Sharq mamlakatlaridan keltirilgan. Har bir о‘simlik ovqatga solib yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri iste’mol qilinadi. Ziravon о‘simliklarni ishlatiladigan organlariga qarab guruhlarga ajratish mumkin: 1. Kо‘katligicha (hо‘lligicha) iste’mol qilinadigan ziravorlar - yalpiz, ukrop, rayhon, kiyikо‘t asosan barglari barralik davrida shundayligicha va quritilgan holda iste’mol qilinadi. 2. Urug‘lari iste’mol qilinadigan ziravorlar - zira, kashnich, arpabodiyon va boshqalar. 3. Mevalari iste’mol qilinadigan ziravorlar - qalampir, zirk mevalari iste’mol qilinadi. REJA: 1. Ziravor о‘simliklar haqida umumiy ma’lumot. 2. Kо‘kat ziravorlarning biologik xususiyatlari va ahamiyati. 3. Urug‘lari iste’mol qilinadigan ziravorlarning biologik xususiyatlari. 4. Mevalari iste’mol qilinadigan ziravorlarning biologik xususiyatlari. Asosiy tushunchalar: ziravor, ziravor о‘simlik, ziravor о‘simliklarning muhim turlari, zira, yalpiz, garmdori, arpabodiyon, ukrop (shivit), kiyik о‘t, qora murch, zirk, kashnich. O’zbekistonning foydali o’simliklari 2 Shuning uchun bargi ishlatiladigan о‘simliklarning barglari gullagunga qadar yig‘ishtirib olinadi. Ba’zi о‘simliklarning mevalari vitamin, organik va mineral moddalarga boy bо‘lgan davrda kо‘plab yig‘ishtirib olinadi. Shuningdek urug‘lari iste’mol qilinadigan о‘simliklarning urug‘lari tо‘la pishgan davrda yig‘ishtirib olinadi. Aholining ziravorlarga nisbatan talabi yildan-yilga oshib borayotgan ayni bir paytda zira, zirk, alqor, kiyikо‘t kabi asosiy ziravorlarning tabiiy maydonlari keskin kamayib bormoqda. Ziravor о‘simliklarning qimmati ularning tarkibidagi efir moylarining xususiyatlari va miqdoriga bog‘liqdir. О‘zbekiston florasida tarqalgan kо‘pchilik efir moyli о‘simliklar soyabonguldoshlar, labguldoshlar, ra’noguldoshlar, karamdoshlar, murakkabguldoshlar oilasiga mansub bо‘lib, chо‘l mintaqasidan tog‘ mintaqasigacha bо‘lgan yerlarda tarqalgan. Kо‘kat ziravorlarning biologik xususiyatlari va ahamiyati.\ Kiyikо‘t labguldoshlar oilasiga kiruvchi, bо‘yi 40sm keladigan kо‘p yillik о‘simlikdir (27- rasim). Bargi qisqa bandli, yaxlit chekkali, asosi ponasimon, tukli yoki kam tukli bо‘ladi. Gullari novdalarning uch qismida sharsimon-dumaloq shaklli tо‘pgullar hosil qiladi. Gultojibargi 7-8 mm, och binafsha rangli bо‘ladi. U iyuniyul oylarida gullaydi, urugi iyul-avgust oylarida yetiladi. Kiyikо‘t tog‘ mintaqalarining shimoliy, janubiy, janubi-g‘arbiy yon bag‘irlaridagi shag‘alli va toshli, qо‘ng‘ir tuproqli yerlarda va dengiz sathidan 2400 m gacha bо‘lgan balandliklarda о‘sadi. Kiyikо‘t mahalliy xalqlarning sevimli ziravorlaridan bо‘lib, undan har xil taomlar va salatlar tayyorlashda ishlatilib kelinmoqda. Kiyikо‘tdan meva sabzavot mahsulotlarini tuzlashda foydalanish mumkin. Kiyikо‘t turli gusht va baliq mahsulotlarini konservalashda va vino, likyor ishlab chiqarishda qо‘llanilishi mumkin. Bu о‘simlik qoramurch va lavr barglaridan kо‘ra shifobaxshligi, xushta’mligi bilan ustun turadi. Kiyikо‘t xalq tabobatida yurak sanchish kasaligiga qarshi qaynatilib ichiladi. Uning barg, poya va tо‘pgullarida 0,06-2,3% gacha efir moyi bо‘ladi. Efir moyi och yashil yoki sariq, jigar rang bо‘lib, uning tarkibini mentol, menton, pulegon, pinen tashkil etadi. Tog‘rayhon labguldoshlar oilasiga mansub, kо‘p yillik о‘t bо‘lib, bо‘yi 40 sm keladi. Uning poyasi tik bо‘lib bitta yoki bir nechta bо‘ladi. Poyaning yuqori qismi shoxlangan. Bargi tuxumsimon yoki chо‘ziq, uch tomoni о‘tkir yoki tо‘mtoq bо‘lib, asosi keng ponasimon, qirrali bо‘ladi. Gullari poyaning yoki novdalarning uch qismida deyarli bandsiz bо‘lib, rо‘vaksimon shaklda tо‘pgul hosil qiladi. Bizda о‘simlikning bir turi va bir qancha formalari uchraydi. Ular jumhuriyatimizning barcha tog‘li rayonlaridagi mayda shag‘alli, chirindiga boy bо‘lgan qо‘ng‘ir va qora tuproqlarda о‘sadi. Shuningdek daryo yoqalarida, buloqlar atrofida, daraxtlar tagida va ochiq maydonlarda, adir hamda janubiy, tog‘ yon bag‘irlarida о‘sib, dengiz sathidan 2400 m balandliklarda keng tarqalgan. Tog‘rayhon iyul-avgustda gullaydi, urug‘i avgust-sentabr oylarida tо‘liq pishadi. Bu о‘simlik juda yoqimli hidga ega. Shuning uchun undan ziravor о‘simlik sifatida, har xil konservalar tayyorlashda bodring, karam, pomidor, uzum, olma va tarvuzlarni sirkalash hamda tuzlashda foydalanish mumkin. Tog‘rayhonning juda qadim zamondan beri shifobaxsh о‘simlik ekanligi kо‘pchilikka ma’lum. Uning yer ustki qismi gullash davrida ovqat hazm qilish a’zolarining ish faoliyatini yaxshilash uchun ishlatiladi. Tibbiyotda undan tayyorlangan sharbatlar uyqusizlikka qarshi hamda siydik haydovchi vosita sifatida va tanadagi dog‘larni davolashda foydalaniladi. Undan olingan efir moyi dori-darmon sifatida, tish og‘rig‘ini davolashda ham ishlatiladi. О‘simlikdan vermut vinosiga, kvas, va araqlarga hid berishda hamda spirtsiz ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi. Tog‘rayhonning yer ustki qismidan efir moyi olib, har xil atirlar, tish pastalari, hidli sovunlar tayyorlashda foydalanish mumkin. Tog‘rayhon tarkibida 2,2% efir moyi, 6-8% tanid moddasi, organik kislotalar, mineral tuzlar hamda vitamin C va provitamin A juda kо‘p miqdorda bо‘ladi. Oshpiyoz — Allium cepa L. piyozguldoshlar oilasiga kiradi. Kо‘p yillik, bо‘yi 60—100 sm ga yetadigan о‘t о‘simlik. Yer ostida yirik piyozboshisi bо‘ladi. Poyasi yо‘g‘on, ichi kovak, о‘rta qismidan pastrog‘i shishgan bо‘lib, asos qismida 4—9 tagacha qini bilan joylashgan barglari bor. Bargi uzun — silindrsimon, tо‘g‘ri, о‘tkir uchli, ichi kovak, poyadan kaltaroq. Gullari bitta gulyonbarg bilan о‘ralgan sharsimon oddiy soyabonga tо‘plangan. Gulqо‘rg‘oni oddiy, oq rangli 6 ta tojbargdan tashkil topgan, otaligi 6 ta, onalik tuguni uch xonali, yuqoriga O’zbekistonning foydali o’simliklari 3 joylashgan. Mevasi — sharsimon, kо‘p urug‘li kо‘sak. Urug‘i qora rangli, uch qirrali, burishgan bо‘ladi. Iyun-avgust oylarida gullaydi. Mevasi avgust-sentabrda yetiladi. Geografik tarqalishi. Vatani Janubi-G‘arbiy Osiyo. Piyoz hamma yerda kо‘p miqdorda о‘stiriladi. Kimyoviy tarkibi. Piyozboshi tarkibida 0,01—0,05% efir moyi, 10—11% qand, 10 mg % vitamin S, 60 mg % vitamin V1, karotin, flavonoidlar (kversetin va uning glikozidlari) bо‘ladi. Piyoz bargida 20 mg % vitamin S, 50 mg % vitamin V2, 4 mg % karotin, efir moyi, limon va olma kislotalari bor. Piyozning efir moyi tarkibida oltingugurtli birikmalar (asosan, disulfid va boshqalar) uchraydi. Ishlatilishi. Piyoz о‘simligining dorivor preparatlari ichak atoniyasi, kolit, arterioskleroz, gipertoniya kasalligining sklerotik formasini va avitaminoz kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Bu preparatlar rinit kasalligida burun shilliq qavatlariga surtiladi va ginekologiyada trixomonada kolpitini davolashda ham qо‘llaniladi. Piyoz о‘simligining preparatlari bakteritsid xossasiga ega. Maydalangan piyozboshidan qiyinlik bilan bitadigan va yiringli yaralarni davolashda ham foydalaniladi. Xalq tabobatida piyoz siydik haydovchi va singa kasalligini davolovchi dori sifatida ishlatiladi. Urug‘lari iste’mol qilinadigan ziravorlarning biologik xususiyatlari. Qora zira – Carum carvi L. soyabonguldoshlar oilasiga kiradi. Ikki yillik, bо‘yi 30—80 sm ga yetadigan о‘t о‘simlik. Birinchi yili ildizidan ildizoldi barglar, ikkinchi yili esa ildizoldi barglar hamda poya о‘sib chiqadi. Poyasi tik о‘suvchi, silindrsimon, kо‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Bargi 2 va 3 marta chiziqsimon barg bо‘laklariga ajralgan. Ildizoldi bargi uzun bandli, poyadagilari esa qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Ikkinchi yili meva hosil qiladi. Kosachabarglari aniq bilinmaydigan, tojbargi oq yoki pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Gultо‘plami soyabon, mevasida 2 ta urug‘ bо‘ladi, mingta mevasining vazni 2,3-2,5 g, mevaning tarkibida 4-7% moy bо‘ladi. Mevasi — chо‘ziq qо‘shaloq pista.Uning tarkibiga uglevod kiradi, u likyor ishlab chiqarishda va parfyumeriyada qо‘llaniladi. Bundan tashqari urug‘ida 14-16% texnik moy bо‘ladi. Urug‘i ziravor sifatida konserva ishlab chiqarishda va non yopishda qо‘llanadi. Yaxshi asal beruvchi о‘simlik. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda pishadi. Issiqqa talabchan emas, sovuqqa chidamli. Birinchi yili barg dastasi davrida qishlaydi, namsevar va yorug‘sevar о‘simlik. Geografik tarqalishi. О‘rmonlarda, о‘rmon chetlarida va о‘tloq yerlarda yovvoyi holda о‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining о‘rmon va о‘rmon chо‘l zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va О‘rta Osiyoning tog‘li tumanlarida uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus respublikalarida о‘stiriladi. Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3-7% efir moyi, 14-22% yog‘, 20-23% oqsil moddalar, flavonoidlar (kversetin va kemferol) hamda oshlovchi moddalar bо‘ladi. Efir moyi maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Qora ziraning efir moyi sarg‘ish suyuqlik bо‘lib, zichligi 0,905-0,915; refraksiya soni 1,4840-1,4890. Moy tarkibida 50-60% karvon, 40-50% limonen, 40-70% karvakrol, digidrokarvon va digidrokarveol birikmalari bо‘ladi. Ishlatilishi. Qora zira mevasining preparati ichak atoniyasini davolashda, og‘riq qoldiruvchi hamda ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun, mevasi ba’zan boshqa dorivor о‘simliklar bilan birga siydik va yel haydovchi vosita sifatida, shuningdek, me’da kasalliklarida, meva suvi esa ichak sanchig‘ida (ayniqsa, bolalarda), tish og‘rig‘ida va miozitda ishlatiladi (badanning yallig‘langan joyiga surtiladi). Qora zira mevasi oziq-ovqat, parfyumeriya va boshqalarda ham katta ahamiyatga ega. Dorivor nreparatlari. Qora zira mevasi, efir moyi (qandga 1-3 tomchi tomizib iste’mol qilinadi) va meva suvi. Mevasi me’da yig‘malari-choylari tarkibiga kiradi.
Download 23,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish