Ziyonet doc


Tarixiy jarayon va vorisiylik



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/62
Sana07.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#753358
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Bog'liq
2 5260229790975136459

Tarixiy jarayon va vorisiylik
Tarixiy tafakkur o’zvda inson moxiyatini, uning tarixiy mavjudot 
sifatidagi olamini ifoda etuvchi tushunchadir. Zotan, inson tarixiy mavjudot 
sifatida o’z ijtimoiy tabiatiga taalluqli voqelikkina emas, ayni paytda u juda katta 


25 
ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali tarixiy davomiylik, tarixiy vorislik va kelajak 
oldida mas’ullik qadriyati hamdir. Tarixiy tafakkur orqaligina inson o’tmish va 
kelajak o’rtasida vositachi, bog’lovchi, ko’prik vazifasini o’taydi. Ana shu 
ijtimoiy voqelik bevosita insonning kishilik jamiyati tadrijiy taraqqiyotiga 
bog’liq hodisa sifatida o’zini namoyon etadi. Insonning ijtimoiy tafakkurida 
bevosita u yashab turgan davr mohiyati o’tmish va kelajak to’qnashuvida ochiladi 
va to’laqonli moxiyat kasb etadi. Har bir davr tarixiy voqealarning moxiyatini 
tushunishda, unga mos ijtimoiy sharoitni vujudga keltirishda ana shu tarixiy ong, 
madaniy-ma’naviy saviya, axloqiy va ruxiy mezonlar aloxida ahamiyat kasb 
etadi. 
Ijtimoiy ongning barcha ko’rinishlarida insonning ijtimoiy xarakteri, fe’l-
atvori, xatti-harakati u yoki bu shaklda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, 
insonda uning biologik mavjudlikdan tashqarida bo’lgan qalb, ruh, ong va 
tafakkur bilan bog’liq bo’lgan, faqat insongagina xos bo’lgan qadriyatlar tizimi 
ustuvorlik qiladi. Ana shu ustuvorlik insonning tarixiy, ijtimoiy tafakkuriga asos 
bo’ladi. 
Mavjud tarixiy sharoitda yuzaga kelgan ijtimoiy madaniyat tarixdan ajralgan 
muallaq voqelik emas. Aksincha, u o’zidan oddingi davrlar va bir necha ming 
yillik evolyutsion taraqqiyotning hosilasi sifatida yuzaga keladi. Demak, jamiyat 
inson orqali ma’naviy madaniyat qiyofasini egallar ekan, u tarixiy tajriba va 
ijtimo-iy amaliyotning o’ziga xos sinteziga aylanadi. 
Ayni ana shu hodisa insonning paydo bo’lishi, uning genezisi orqali mavjud 
shakllangan tarixiy ong, uning mahsuli bo’lgan kishilik jamiyatining yutug’iga 
aylanadi. Ayni paytda bu tarixiy-madaniy vorislikning mustaxkam va qat’iy 
rivojlanish dinamikasidan dalolat beradi. 
Hayvonot olami hech qachon his-tuyg’u, fikrlash va munosabat bildirish, 
so’zlash imkoniyatlariga ega bo’lmaganidek, o’z xususiyatlarini bir joyga jamlay 
ololmaydi. Garchi qaysidir intuitiv aloqalar orqali turdoshlari o’rtasidagi 
yaqinlik, onalik va bolalik hissi, otalik mas’uliyati, bolani boqish va asrash 
imkoniyatlariga ega bo’lsa-da, o’zining boshqa jiddiy manfaatlari atrofida 
jamoaga aylana olmaydi. Buni idrok ham etolmaydi. 
Inson esa xuddi ana shu fazilati bilan ulardan farq qiladi. Uning tabiatida 
xilma-xil faoliyat, xilma-xil munosabat, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va 
yovuzlik, manfaatlar ustuvorligi uchun munosabatlar to’qnashuvi yuzaga keladiki, 
bu odamlarning o’zaro bir-birini tushunishiga, hamjihat bo’lib yashashiga, inson 
hayotining ijtimoiy mohiyat kasb etib, kishilik jamiyatining shakllanishiga olib 
keladi. 
Inson aql-zakovati, intellektual imkoniyatlari ayni bir insonga xos 
bo’libgina qolmay, u ijtimoiy moxiyat kasb etib, jamoa yutug’i sifatida dunyoga 
keladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday intellektual imkoniyat tashqi ta’sir, 
jamoatchilik fikr-mulohazalari, boshqalarning salbiy yo ijobiy ta’siri, 
kimlarningdir yo’l-yo’riqlari orqali rivojlanadi va oxir-oqibatda umuminsoniyat 
yutug’iga aylanadi. 


26 
Ayni ana shu holatdan kelib chiqib, kuchlarni birlashtirish, qobiliyatlar va 
iste’dodlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali yalpi ijtimoiy hayot va 
tarixiy taraqqiyotning o’ziga xos modellari ishlab chiqiladi. 
Ijtimoiy faollik insonning jamiyat ijtimoiy-tarixiy jarayonlariga ishtirokini 
ta’minlaydi. Tarixiy xotira rivoji, ma’lum bir individ tomonidan kollektiv 
tajribaning o’zlashtirilishi oqibatida yangi tajribaning yangi qirralari vujudga 
keladiki, bu bevosita alohida individ doirasidan chiqib ketib, yalpi ijtimoiy 
tafakkur moxiyatiga ega bo’ladi. 
Tarixiy taraqqiyot bosqichlarida avloddan-avlodga o’tib boradigan 
vorisiylik, ulkan madaniyat va boshqa qadriyatlarga merosxo’rlik tarixiy nuqtai 
nazardan etakchi va ta’sirchan tarbiyaviy mexanizmga aylanadi va aytish 
mumkinki, har qanday madaniy yutuq ayni o’sha davr yutug’igina emas, balki 
ungacha to’plangan tajribalar va avlodlar shajarasi orqali etib kelgan qadriyatlar 
natijasi yoki tarixiy bilimlar ifodasidir. 
Har qanday inson alohida individ sifatvda to’plangan tajriba, tarixiy xotira, 
tarixiy merosning o’ziga xos davomchisi. Faqat ayni ana shu tajriba va merosga 
kim qanday shaklda, qanday maqsadni oldiga qo’yib yondashganligi bilan farq 
qiladi. Bu o’z-o’zidan tarixiy merosga yondashishda uslub muammosini keltirib 
chikeradi. 
Demak, har bir kishi aloxida shaxs, alohida dunyo, o’ziga xos fe’l-atvor, 
munosabatlar, muammolar mezonlariga ega ekan, tarixiy tajribaga munosabatda 
ham o’z dunyoqarashi, o’z munosabati va uslubi orqali yondashadi. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish