“ ” 2020 yil Mavzu: Korxona marketing faoliyatini rivojlantirish strategiyasi


Marketingni rivojlantirish va strategik rejalashtirish



Download 211,75 Kb.
bet3/12
Sana01.06.2022
Hajmi211,75 Kb.
#628120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi.

1.2 Marketingni rivojlantirish va strategik rejalashtirish
Zamonaviy O‘zbekiston Respublikasida marketing endi rivojlana bormoqda, shuning uchun mamlakat korxonalarining marketing faoliyatidagi tajribalari juda ham cheklangan. Bunda «istalgan narxda, istalgan mahsulotni sotish» tamoyiliga amal qilinmoqda. Bu so‘zsiz marketing g‘oyasiga qarshidir. 6
Zamonaviy marketing konsepsiyasi korxonaning barcha faoliyat turlari iste’mol talablarini va ularning kelajakdagi o‘zgarishini bilishga asoslanishidan iboratdir. Bundan tashqari marketingning yana bir maqsadlaridan biri xaridorlarning qoniqtirilmagan talablarini aniqlash va bu bilan ishlab chiqarishni ushbu talablarni qoniqtirishga yo‘llantirishdan iboratdir. Marketing tizimi iste’molchilarga zarur bo‘lgan miqdor va assortimentdan kelib chiqqan holda, tovar ishlab chiqarishni ushbu omillarga bog‘liq bo‘lgan funksional qaramlikka yuz tutadi. Aynan shu sababdan marketing bozorni o‘rganish metodlari yig‘indisi bo‘lishidan tashqari, u o‘z urinishlarini samarali savdo kanallarini yaratish va reklama kompaniyalarini o‘tkazishga qaratadi.
Bunday ko‘p qirrali va hozirda dolzarb bo‘lgan marketing mavzusiga bo‘lgan qiziqish nafaqat, alohida bir mamlakat, balki, butun dunyoda ham ko‘paymoqda, ta’kidlash joizki ushbu qiziqish kundan-kunga ortib globallashmoqda. Bu marketing har birimizni qiziqishlarimizga taalluqliligi bilan tushuntiriladi. Avtomashinani sotayotganimizda, ish joyini qidirayotganimizda, hayriya ishlari uchun mablag‘ to‘playotganimizda yoki g‘oyani ilgari surayotganimizda biz marketing bilan shug‘ullanamiz. Biz bozor o‘zi bilan nimani aks ettirishini, unda kimlar ish yuritishini, u qanday ishlashini, uning talablari qandayligini bilishimiz lozim.
Ta’kidlab o‘tilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitida va ayniqsa bozorga o‘tish davrida marketing iqtisodiy intizomlarning eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Bundan butun iqtisodiy xo‘jalikning samarali ishlashi marketing tizimi qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganliligiga bog‘liq.
Marketing bu - korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, shuningdek, sotish faoliyatini tashkil qilish tizimidir, daromad olish maqsadida mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talablarni shakllantirish va qondirish.
Mutaxassislar «marketing» terminiga ikki xil ma’noni kiritishadi: bu boshqarishning funktsiyalaridan biri va bozor munosabatlari sharoitida to‘liq boshqaruv konsepsiyasidir.
Boshqaruv funksiyasi sifatida marketing moliya, ishlab chiqarish, ilmiy izlanishlar, moddiy-texnik ta’minot va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi faoliyatlardan kam bo‘lmagan ahamiyatga egadir.
Boshqaruv konsepsiyasi sifatida (biznes falsafasi) marketing korxonadan iste’molni «demokratik» jarayon sifatida tan olishlarini talab etadi va bu jarayonda iste’molchilar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarga o‘zlarining pul mablag‘lari bilan «ovoz» berish imkoniyatini yaratadi. Bu korxonaning muvaffaqiyatini aniqlaydi va iste’molchilarning talablarini optimal tarzda qondirish imkoniyatini beradi.
Marketing bu - ommani xarid qilishga undash uslubi bo‘lgani sababli, ko‘pchilik bu tushunchani rag‘batlantirish va sotish bilan tenglashtiradilar. Farqi shundan iboratki: sotish, asosan yuzma-yuz muomalani – sotuvchi potensial xaridorlar bilan muomalasini anglatadi.7 Marketing insonlar- ushbu sotuvchi korxona vakillarining birontasi bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomalada bo‘lmagan insonlar fikrini jalb etish va undash uchun ommaviy axborot vositalarini va boshqa uslublardan foydalanadi. Boshqaruv muammolari bo‘yicha yetakchi nazariyotchilardan biri Peter Drukker bu haqida shunday deydi: Marketingning maqsadi - sotish borasidagi urinishlarni bekor qilish. Uning maqsadi - mijozni shunday o‘rganish va tushunish kerakki, tovar yoki xizmatlar unga aniq to‘g‘ri kelishi va o‘zini-o‘zi sotishlari mumkin bo‘ladi.

Strategik reja - bu korxona (firma)ga uzoq davrga berilgan topshiriqdir. Bunday reja firma doirasidagi boshqa joriy, yillik rejalashtirish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. Strategik rejaning asosiy shakllari besh, o’n yil va undan ko’proq muddatlarga mo’ljallangan rejalardir. • ulkan korxonalar tarkibidagi barcha bo’g’inlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga sharoit tug’diradi;



3-rasm. Marketing xususiyatlari8
Strategik rejalashtirish menejerlar mahoratini oshirishda, ularning strategik fikrlashini o’stirishda juda katta maktab ro’lini o’ynaydi.
Korxona maqsadi va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan batafsil, har tomonlama kompleks tuzilgan reja, strategik rejalashtirishning pirovard natijasi hisoblanadi. Strategik reja odatda korxonaning yuqori rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. Uni xayotga tadbiq qilishda esa boshqarishning barcha bo’g’inlari ishtirok etishadi.Korxona maqsadi va vazifalarini tanlash strategik rejalashtirish jarayonining eng dastlabki va mas’uliyatli bosqichlaridan hisoblanadi.
K orxona faoliyatining bosh maqsadi – bu mahsulot ishlab chiqarishda kam harajat sarflagan holda barcha iste’molchilarga yuqori sifatli mahsulot yetkazib berish bo’yicha rejalar, topshiriqlar, shartnomalarni bajarishdan iborat. Strategik rejalashtirish sifati ham ana shu bosh maqsadning qanchalik to’g’ri tanlanganligi va qabul qilinganligiga bog’liq.
Birinchi mezon maqsadning aniq me’yoriy o’lchovga ega bo’lishini talab qiladi. Masalan, «shu davr ichida xodimlarning xizmat pila-poyalari borasidagi o’sishini taxminan 10-15 foizga oshirish», «bahosi shuncha foizga past bo’lgan rusumdagi mahsulotni ishlab chiqarish», va hokazo. Bunday maqsadlarni aniq qo’yish bilan rahbar barcha bo’g’inlarning istiqboldagi rivojlanishi bo’yicha aniq miqdoriy mo’ljallarni belgilaydi. Strategik rejalashtirishdagi ikkinchi mezon - bu prognoz qilinayotgan vaqt (davr)ni aniq belgilash lozimligidir. Bu mezonga binoan strategik rejalashtirish uzoq muddatli (besh yildan ko’proq muddatga), o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha) va qisqa muddatli (bir yilgacha) bo’lishi mumkin.9
Maqsadga erishishning uchinchi mezoni ikki jihat nuqtai nazardan muhimdir.
Birinchidan, mo’ljallangan maqsadning amalga oshmasligi korxonani katta zararga, hattoki bankrotlikka olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, amalga oshirish mumkin bo’lmagan maqsadning korxona oldiga qo’yilishi band bo’lgan xodimlarning muvaffaqiyatga intilishini bo’g’ib qo’yadi.
Bu esa o’z navbatida ularning shaxsiy manfaatdorligini so’ndiradi. Ishlab chiqarishning samaradorligini pasayishiga olib keladi.

4-rasm. Marketingning asosiy maqsadining mezonlari10
Strategik rejalashtirishdagi maqsadning to’rtinchi mezoni - bu maqsadning muvofiqlashtirilishini hisobga olishdir. Bunday talab to’la-to’kis boshqaruvchilarning mahorati va malakasiga bog’liq. Bu yerda gap qo’yilgan maqsadning boshqa maqsadlarning amalga oshishiga xalaqit bermasligi to’g’risida ketayapdi. Maqsad va maqsadchalarning bir biriga muvofiq kelmasligi boshqarishning turli bo’g’inlari ishiga ko’pdan-ko’p qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Maqsadga erishishning beshinchi mezoni - bu strategik rejalashtirilayotgan ob’ekt bilan bog’liq bo’lib, uning ustuvorligiga e’tibor beriladi. Masalan, foydalilik bozor segmentlari, moliyaviy resurslar, innovatsiya, sotsial himoya va boshqalar. Bu sohalar bo’yicha maqsadlar ham mazmunan, ham ifodalanish shakli nuqtai nazaridan bir-biridan tubdan farq qiladi. Darhaqiqat, agar so’z foydani uzoq muddatga rejalashtirish haqida ketsa u holda asosiy maqsad foyda, daromad ko’lami, kapital quyilmalarga ajratiladigan mablag’ va hokazolar nazarda tutiladi.

5-rasm.Korxona taraqqiyotining bosh yo’nalishi va uning maqsadini to’g’ri tanlash dagi omillar11
Strategik rejalashtirishni amalga oshirilayotganda bu omillarni inobatga olish juda ham zarurdir. Chunki aynan ularni hisobga olish korxonaga havf soluvchi yoki yangi tug’ilishi mumkin bo’lgan havf oldini olish imkonini beradi. Bu, albatta, o’ta ko’p mehnat talab qiladigan va ko’p harajatli jarayondir. Unga sarflanadigan harajatlar strategik rejalashtirish jarayoniga sarflanadigan harajatlarning eng ko’p qismini tashkil qiladi.


    1. Download 211,75 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish