 asosiy qism


Sillabus, o‘quv uslubiy majmua va kalendar reja



Download 24,29 Kb.
bet2/2
Sana30.01.2023
Hajmi24,29 Kb.
#905099
1   2
Bog'liq
3- MAVZU

Sillabus, o‘quv uslubiy majmua va kalendar reja.
Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun talabalarning auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olishini maqbul usullarini izlash dolzarb 72 masala hisoblanadi. Bu ishlarni tashkil etishda sillabus samarali vosita sifatida foydalanilmoqda. Sillabus – bu o‘zida o‘rganilayotgan fanning tavsifi, maqsadi va mazmuni, mavzularni qisqacha mazmuni, har bir mashg‘ulotning davomiyligi, mustaqil ta’lim topshirig‘i, maslahatlar vaqti, o‘qituvchining talablari, baholash mezoni va asosiy hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ifoda etuvchi o‘quv-uslubiy dasturdir. Sillabuslarni tuzishni aniq bir yagona shakli yoki talabi mavjud emas, lekin uning tarkibi quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin.
 titul varog‘i;
 fanni o‘qitadigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot;
 o‘qituvchining aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta manzili;
 o‘quv yili, semestri;
 fanning bayoni (dolzarbliligi, maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalar va boshqalar);
 mashg‘ulot turlari bo‘yicha kalendar rejasi taqsimoti;
 talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma
 fan bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar
O‘quv uslubiy majmua o‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha alohida tayyorlanadi. O‘quv uslubiy majmua talabani ma’ruza, seminar mashg‘ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishini hamda o‘zining bilim darajasini nazorat qilishini ta’minlaydi.
O‘quv uslubiy majmualar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi 107-sonli buyrug‘iga ko‘ra tayyorlanib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
 Dasturiy materiallar. Fanning ishchi dasturi bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari uchun ma’ruzalar matni, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.
 Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari.Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari mavzulari va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha zaruriy uslubiy ko‘rsatmalar; fan dasturiga muvofiq kurs loyihasi (ishi), hisobgrafik ishi, ijodiy va boshqa turdagi mustaqil ishlar mazmuni, variantlari, zarur metodik tavsiyalar keltiriladi.
 Glossariy. (fanga oid termin va iboralarning qisqa talqini bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.)
 Ilovalar: Sillabusning ilovalar qismida quyidagilar keltiriladi:
- fanning o‘quv dasturi;
- fanning ishchi dasturi;
- tarqatma materiallar;
- testlar;
- ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezoni;
- fanni o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo‘yicha boshqa materiallar keltirilish mumkin.
Fan bo’yicha kalendar (taqvimiy – mavzular) reja - o’quv materialini to’g’ri taqsimlashda mazkur fanni boshqa fanlar va o’quv amaliyoti bilan bog’lashda, darsga kerakli o’quv materiallari va jihozlarini tayyorlash, o‘qituvchini o‘tgan mashg‘ulotlari bo‘yicha monitoring olib borish, o’qitish jarayonining to‘g‘ri etilish imkonini beradi.
Kalendar rejani ishlab chiqishda mashg‘ulot turini aniq belgilash muhim ahamiyatga ega. Kalendar rejaning asosini fanning ishchi o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulot mavzulari tashkil etadi. Mazkur rejani o’qituvchi yo’nalishlarning ishchi o’quv dasturiga asosan ma’ruza, amaliy, seminarva laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv yili boshida tuzib boradi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:
- mashg’ulot turi;
- mavzular nomi;
-har bir mavzuga ajratilgan vaqt ;
-mashg‘ulot o‘tilgan sana;
-mashg‘ulot o‘tkazgan o‘qituvchi imzosi;
Ishlab chiqilgan kalendar reja tegishli kafedra mudiri tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Bakalavr va magistr tushunchalarini izohlab bering?
2. Oliy ta’lim bo’yicha Davlat ta’lim standartiga tushuncha bering?
3. Ta’lim yo’nalishining malaka talablari nimalarni aks ettiradi?
4. O’quv reja qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
5. O’quv reja va ishchi o’quv rejani farqini tushuntiring?
6. O’quv dasturi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
7. O’quv dasturi va ishchi o’quv dasturining farqini tushuntiring?
8. Ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish va rasmiylashtirish tartibini tushuntiring?
9. Sillabus nima?
10. O‘quv uslubiy majmua tarkibini aytib bering?
11. Kalendar rejani ishlab chiqishdan maqsad nima?
Download 24,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish