“ infokommunikatsiya tizimlarining elektr ta’minoti



Download 281,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.06.2022
Hajmi281,78 Kb.
#661960
  1   2
Bog'liq
2 5463392743487183088



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi

INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR
TA’MINOTI

fanidan
M
USTAQIL ISH
Bajardi: AKTSIM ta’lim yo‘nalishi 111-19 guruh
talabasi Sheraliyev Alimardon
Qabul qildi:
k.o’qituvchi. F.M.Qodirov
Toshkent 2022


Reja:
I.
Kirish: IK va ATT elektr ta’minoti boshqaruv qurilmalarining ishlash
tamoyillari va ularni hisoblash
II.
Asosiy qism:
1. Uch fazali bir taktli to’g’rilash sxemasi
2. Uch fazali bir taktli to’g’rilash sxemasi vaqt diagrammalari
3. Cho’lg’amlarni “zig-zag” sxemada ulanishi
Foydalanilgan adabiyotlar
Respublikamizda elektr energiyasi 50 Gts chastotali o’zgaruvchan tokda
tarqatiladi, bu bilan birga telekommunikatsiya apparaturalarining ko’p qismi turli


nominallardagi o’zgarmas tok bilan ta’minlanishi sababli o’zgaruvchan tokni
o’zgarmas tokka o’zgartirish zarurati tug’iladi. Buning uchun elektr mashinalarni
ishlatish mumkin, lekin ularning aylanuvchan qismlari
shovqin hosil qiladi,
maxsus fundamentlarni talab qiladi va qator kamchiliklarga ega. Quvvatli kuchli
ventillar yaratilgandan so’ng elektr mashinalardan statik to’g’rilash qurilmalariga,
ya’ni to’g’rilagichlarga o’tildi.
To’g’rilagich deb o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokga aylantiruvchi
qurilmaga aytiladi. Ishlatish jarayonida to’g’rilagichlar quyidagi qator texnik
talablarga javob berishi kerak:
talab qilinadigan kuchlanish va quvvat;
1)
to’g’rilangan kuchlanish pulsatsiyasining ruxsat etiladigan darajasi;
2)
xavfsiz xizmat ko’rsatish;
3)
qulaylik va boshqarish ishonchliligi;
4)
yuqori FIK;
5)
to’g’rilangan kuchlanishning stabilligi;
6)
yuqori kuvvat koeffitsienti;
7)
o’ta yuqori toklardan va ortiqcha kuchlanishlardan ishonchli va
tezkor himoya;
8)
texnik ishlatishning past narxi;
10) qurilmaning kichik gabaritlarga va og’irlikga ega bo’lishi.
Umumiy ko’rinishda to’g’rilagich 4 ta asosiy qismlardan iborat bo’ladi
(2.1−rasm).
Transformator quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.
O’zgaruvchan tok tarmog’i
kuchlanishini to’g’rilovchi element
kirishida talab qilinadigan qiymatga o’zgartiradi.
2.
To’g’rilagich ishchi zanjirlarini va yuklamani ta’minlash tarmog’idan
va boshqa iste’molchilardan galvanik (elektr) ajratadi, ya’ni ularni mustaqil qiladi..
3. Ko’pincha telekommunikatsiya aparaturalari talab qiladigan to’g’rilagich
bir qutbini erga ulash imkoniyatini beradi. Ba’zan to’g’rilagich transformatori
fazalar sonini oshirish uchun ishlatiladi. Buning uchun ikkilamchi cho’lg’amlar
soni birlamchi
cho’lg’amlar soniga nisbatan ikki martaga oshiriladi. Bu
to’g’rilangan kuchlanish pulsatsiyasi chastotasini oshirish va pulsatsiyani
kamaytirish maqsadida qilinadi. Bundan tashqari transformatorning ikkilamchi
tomonidagi yulduz sxemada ulangandagi faza cho’lg’amlarining umumiy nuqtasi
ko’pincha to’g’rilagichning yuklama ulanadigan chiqish qutbi bo’lib xizmat qiladi.


2.1−rasm. Bir kanalli to’g’rilagichning tuzilish sxemasi
Ventillar bir tamonlama o’tkazuvchanlikka ega va o’zgaruvchan tokni
o’zgarmas tokka o’zgartirishni amalga oshiradi. To’g’rilagichda ularning soni
to’g’rilash sxemasiga bog’liq bo’ladi. To’g’rilagichning har bir fazasi kamida bitta
ventil zvenosiga ega bo’ladi. Lekin ko’p hollarda talab qilinadigan tok va
kuchlanish qiymatini olish uchun har bir ventil zvenosida bir necha ventillar
bo’lishi mumkin. Ventillar ketma-ket, parallel va murakkab guruhlarda ulanishi
mumkin.
To’g’rilagichdan keyin kuchlanish yoki tok pulslanuvchan bo’ladi. Uni
o’zgarmas va o’zgaruvchan tashkil etuvchilardan iborat deb tasavvur qilish
mumkin. Telekommunikatsiya apparaturalari pulslanuvchan o’zgarmas tok bilan
ta’minlanganda aloqa signallarini uzatishda jiddiy halaqitlar yuzaga kelishi
mumkin. Bunga ruxsat etilmaydi va pulsatsiyani kamaytirish choralari ko’riladi.
Buning uchun ventillar va ta’minlanadigan apparaturalar orasiga silliqlovchi filtr
qo’yiladi. To’g’rilagichning chiqish kuchlanishi 10...15 foizga o’zgarishi mumkin
bo’lgan ta’minot o’zgaruvchan kuchlanish qiymatiga bog’liq. Telekommunikatsiya


apparaturalarida ko’pincha bunday sezilarli tebranishga ruxsat berilmaydi. Shuning
uchun zamonaviy to’g’rilagichlarda filtrdan keyin tok va kuchlanish stabilizatorlari
qo’yiladi. Bu zvenodan tashqari to’g’rilash qurilmasida kommutatsiyalash
apparaturasi, himoyalash zanjiri va boshqalar bo’lishi mumkin.
To’g’rilagichlar
boshqariladigan
va
boshqarilmaydigan
bo’ladi.
Boshqarilmaydigan to’g’rilagich chiqish kuchlanishini boshqarish imkoniyatini
bermaydi. U hamisha
U
0
=K·U
2
munosabat orqali aniqlanadi ( bu erda U
0

chiqishdagi o’zgarmas tok kuchlanishi, U
2
–to’g’rilagich kirishidagi o’zgaruvchan
tok kuchlanishi, K–to’g’rilash sxemasining doimiy koeffitsienti).
Agar bunday to’g’rilagichda chiqish kuchlanishini o’zgartirish kerak bo’lsa,
kirishdagi kuchlanishni o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Boshqariladigan
to’g’ri–lagichlarda yuklamadagi o’zgarmas tok kuchlanishini to’g’rilagich ishlashi
jarayonida to’g’rilagich ish rejimiga ta’sir qilgan holda o’zgartirish mumkin.
To’g’rilash qurilmasini quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:
1)
to’g’rilash sxemasi bo’yicha

bir fazali va ko’p fazali, bitta yarim
davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli );
2)
quvvat bo’yicha

kichik quvvatli (100 Vt gacha), o’rta quvvatli (5
kVt gacha), katta quvvatli (5 kVt dan yuqori);
3)
to’g’rilangan tok chastotasi bo’yicha

sanoat chastotasi (50Gts),
oshirilgan chastotali (400 yoki 1000Gts), yuqori chastotali (1000Gts dan yuqori);
4)
kuchlanish bo’yicha

kichik kuchlanishli (250 V gacha), o’rta
kuchlanishli (1000 V gacha), yuqori kuchlanishli (1000 V dan yuqori);
5)
ish yuklamasining rejimi bo’yicha

uzoq vaqtli, impulsli, qisqa
vaqtli;
6)
to’g’rilagichga yuklamaning reaktsiyasi bo’yicha

aktiv, induktiv va
sig’im reaktsiyali.

Download 281,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish