* O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti



Download 0,68 Mb.
bet29/93
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#829220
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
ИНТЕГРАЦИЯ ФАНИ МАЖМУАСИ

Davlat ta'lim standarti. Ta'lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:

  1. turli ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta'minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;

  2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta'lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.

Davlat ta'lim standarti:

  1. ta'lim olish shaklidan qat'iy nazar bitiruvchilar erishis0hlari kerak bo‘lgan ta'lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;

  2. o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta'limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;

  3. ta'lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi +onuni bilan bir qatorda ta'lim standarti asosiy me'yoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me'yor», «namuna», «andoza», «model» ma'nolarini anglatadi. Standart yordamida respublika miqyosidagi turli ta'lim muassasalarida ta'limning barqarorlik darajasini ta'minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta'lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo‘lgan yoki qiziqarli bo‘lmagan fanni o‘rganishda o‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi. Ushbu holatda o‘quvchi o‘ziga mos keladigan ta'lim yo‘lini anglagan holda va mustaqil tanlab, o‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bo‘ladi. Shakli va mazmuni bo‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi.
Ta'limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida allaqachon o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta'lim ma'lum darajasini belgilab bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini o‘zi ta'limga nisbatan yaqin davrlardan qo‘llanila boshlangan. Davlat ta'lim standartlari ta'lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta'lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta'lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta'lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. O‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo‘qligi XX asrning 80-yillarida ko‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bo‘lishiga olib keldi.
Davlat ta'lim standartlarini yaratish bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunini (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta'limi amaliyoti me'yorlariga mos keluvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish zarurligi ta'kidlab o‘tiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) O‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi +onuni qabul qilingandan so‘ng ta'lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta'lim standartlari har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta'lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan iboratdir:
1. Ta'limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o‘rganish ob'ektlari va asosiy mazmunli yo‘nalishlari ko‘zda tutiladigan o‘quv fanining umumiy ta'rifi.
2. O‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
3. Ta'limning majburiy natijalarini ifodalash, ya'ni o‘quvchilarning o‘quv tayyorgarliklari zarur bo‘lgan minimal darajasiga talablar.
4. Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “o‘lchamidir”, ya'ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o‘quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
Maktabdagi o’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o’zlashtirilishiga, o’quvchilarda mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Usul va metod tushunchalari o’zaro bog’liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo’ladi. Ta'lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. «Metod» so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma'nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan.
Pedagogika amaliyotida o’qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to’plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o’itilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Forobiyning fan va san'atning afzalligi haqidagi risolasida o’quv jarayonini tashkil etishga va o’qitish metodlariga qo’yiladigan talablar ifodalangan. Olim o’zining o’qitish metodlari haqidagi tushuntirishlarida o’quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga, mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish kerakligini uqtirgan. Sharq qomusiy olimlarining asarlarini tahlil qilish, hozirgi terminologiyadan foydalanib, mazkur asarlar mualliflarining prinsiplari va o’qitish metodlari bilishning umumiy qonunlariga muvofiqligini anikqash imkonini beradi. Barcha qomusiy olimlar foydalangan o’qitish metodlarini bir necha guruhga ajratish mumkin. Bular: ko’rsatmali tajriba metodlari (Ibn Sino), bilimlarni bayon qilishning savol-javobli yo’llari (Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy), ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni tekshirish metodlari (Forobiy, al-Xorazmiy) va hokazolardan iboratdir. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olimlarning barchasi o’quvchilar faoliyatini kuchaytirish va ularda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish maqsadini ko’zlagandar.
Burxoniddin Zarnudjiyning fikricha, insonning bilish faoliyati bilmaslikdan bilishga qarab boradi. Aql - faol, ijodiy kuchdir, koinotni bilish qurolidir. Ammo dastlabki tajribasiz bilishning bo’lishi mumkin emas. Chunki umuminsoniy aql tushunchasi taqqoslash, kuzatish va tajriba yo’li bilan tarkib topadi. Bundan shunday pedagogik xulosa chiqarish mumkinki, inson hissiy idrokni boyitish bilangina o’zining bilimlarini oshira oladi. Shuning uchun ta'limda o’quvchilarning o’zidagi tajribaga tayangan metodlardan iloji boricha keng foydalanish kerak.
Metodlar va usullarni tanlash o’qituvchi darsda hal qilishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar qo’llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash va samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir. O’qituvchi darsning eng boshida 4-5 daqiqa umumiy so’rashni amalga oshiradi va o’quvchilarning qaysi guruhi o’tgan dars bo’yicha yetarli darajada o’zlashtirmaganini aniqlaydi va keyingi so’rashda sinfning diqqat-e'tiborini eng avval ana shu masalaga qaratadi. Dastlab savollarga batafsil javob bera oladigan o’quvchilardan so’raydi. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik qilgan material tushunarli bo’ladi. Bu usul o’quvchilarning mashg’ulotlardagi nuqsonlarini payqash va shu zaxoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir.
Garchi har bir o’qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo’lsa-da, ularni qo’llashdan ko’zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta'limiy ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo’lib, birinchidan, o’quvchilarni ularning e'tiqodiga, e'tiqodni esa amaliy faoliyatga, xatti-harakatga aylantiradi, ikkinchidan, o’qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o’qish-o’rganish diqqat-e'tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o’tkir aql, mustahkam iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur.
O’qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib, o’quvchilarda ana shu sifatlarni tarkib toptirish va ularga qiyinchiliklarni yengishni o’rgatishdir.
Hozirgi o’qitish jarayonida qo’yiladigan talablar nima va o’quvchilarda darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun nima qilish kerak? Hozirgi zamon ta'limi faqat insoniyat erishgan bilimlarni o’zlashtirishni emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o’quvchilar qatnashishi lozim bo’lgan masalalar bilan tanishishni ham talab qiladi. Bunday masalalar kosmosni o’zlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, cho’llarni hosildor yerlarga va bog’-rog’larga aylantirish, qishloq xo’jaligini intensivlashtirish va xokazolardan iborat bo’lishi mumkin.
Xalq xo’jaligi va fanning hamma sohalarida juda katta burilishlar ro’y bermoqda va har bir o’qituvchi o’zining tarbiyalanuvchilarini o’zi o’qitadigan fan sohasi bo’yicha navbatdagi qayta qurilishlar va erishilgan yutuqlar bilan keng tanishtirishi kerak. Bu ishni o’quvchilarga mos shaklda va o’quv dasturiga muvofiq amalga oshirishi lozim. Mazkur talabning ikkinchi xususiyati o’qituvchining o’quvchilar fikr doirasini kengaytirish to’g’risida doimo g’amxo’rlik qilishdir. Ta'limning mana shu bosqichida o’qituvchi oldida o’quvchilarga oddiygina bilimlar berish emas, balki ularning fikr doirasini kengaytirish, qiziquvchanligini oshirish va ularda o’zi o’qitadigan fanga muhabbat uyg’otish vazifasi turibdi.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta'lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta'lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta'lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. Shuningdek, ta'lim metodlarining o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham mavjud.
«Ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta'lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi»1.

  1. +ayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta'rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta'riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta'lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta'lim metodlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta'lim metodlari ta'lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar majmuidir.

Ta'lim metodlari ta'lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta'lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta'lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta'lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta'kidlash joiz.
Ta'lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta'lim vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta'lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta'lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta'lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Ta'lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

Bu funksiyalar ta'lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol uchun, tashhisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.


«Ta'lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta'lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta'riflanadi. Har bir ta'lim metodi muayyan ta'lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi.
Har bir metod ma'lum ta'limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta'lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta'lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish