• yuklarni aniq grafik bo‘yicha yetkazib berish imkoniyati


Fanning vazifalari, tuzilishi, transport vositalari ekspluatatsiyasi buyicha magistrlar tayyorlashdagi ahamiyati



Download 90,5 Kb.
bet4/4
Sana30.06.2022
Hajmi90,5 Kb.
#718532
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

1.3. Fanning vazifalari, tuzilishi, transport vositalari ekspluatatsiyasi buyicha magistrlar tayyorlashdagi ahamiyati
Fanni o`qitishdan maqsad- ishonchlilik nazariyasi va diagnostika bo`yicha chuqur bilim olish va uning asosida transport vositalari ekspluatatsiyasi bo`yicha ilmiy tarzda asoslangan uslub va me`yorlarni ishlab chiqish va ularni amalda samarali qo`llash uchundir. Fanni o`rganish vazifalari: diagnostikalash tizimi va transport vositalari ekspluatatsiyasidagi ishonchlilik ko`rsatkichlari to`g`risida tassavvur hosil qilish;
 ishonchlilik va ishlash qobiliyatini ta`minlashni o`rganish va bilish, hamda transport vositalari ishonchliligini baholash va diagnostikalash usullari va vositalarini egallash;
 transport vositalari asosiy ekspluatatsion xarakteristikalarini tajribaviy aniqlash, hamda ekspluatatsiya sharoitida ma`lumotlarni yig`ish, ixchamlash va tahlil etish bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish.
1.4. Transport vositalarining texnik holati va ishlash qobiliyati ko`rsatkichlari va tushunchalar
TVning texnik holati, uning ishlash qobiliyati darajasi yoki sozligi bilan baholanadi.
TVning texnik holati, uning agregat va mexanizmlarining transport ishi bajarishga loyiqligini belgilovchi sozlik darajasi bilan baholanadi. TV yo`l o`tishi bilan uning texnik holati yeyilish, nosozlanish va boshqa sabablarga ko`ra yomonlashadi. Bunda uning ekspluatatsion sifatlari ham pasayadi. Demak, TVning ekspluatatsion sifatlari ko`rsatkichlari bir vaqtning o`zida uning texnik holati ko`rsatkichlari bo`lib xizmat qiladi. Texnik holat ko`rsatkichlari
1. Transport vositasining kompleks ko`rsatkichlari:
ta`mirgacha yurilgan yo`l;
tezlik olayotgan vaqtidagi quvvati (tezlanish olish vaqtida);
yonilg`i sarfi;
etaklovchi g`ildrakning erkin dumalash yo`li.
2. Dvigatel va uning tizimlari:
ishga tushirishning yengilligi;
burqsash;
moy sarfi;
moy va suvning sizib oqishi;
suv harorati;
moy bosimi;
g`uvillash va shovqinli ishlashi;
tsilindr-porshen guruhining yeyilganlik belgilari (qisilish bosimi, gazlarni karterga o`tishi va h.k.);
moy va suzgichlarning holati.
3. Ta`minot tizimi:
ishlatilgan gazlar tarkibi;
yonilg`inig sizib oqishi;
havo tozalagichning ifloslanishi;
karbyurator va benzonasosning nosozlanish belgilari (yonilg`ining po`kakli kameradagi satxi, nasosning unumdorligi va bosimi).
4. Elektr jixozlari:
o`t oldirishni o`rnatish burchagi;
uzgich kontaktlarining tutashgan holati burchagi;
shamlar, g`altak va kondensator ishlaridagi buzilishlar belgilari;
fara nurlarining kuchi va yo`nalganligi;
generator, rele sozlagich(rele regulyator), starter, akkumulyator batareyasi va elektr zanjirlarining ish qobiliyati ko`rsatkichlari.
5. Transmissiya
g`uvillashlar, shovqinli ishlashi, tebranishlar va transmissiya agregatlarining qizib ketishi;
ilashuvning charx urishi;
ilashuv tepkisining uzish kuchi;
ilashuv tepkisining erkin yo`li;
transmissiyani foydali ish koeffitsienti.
6. Yurish qismi:
shinalardagi havo bosimi;
g`ildirak disklarining mahkamlanishi:
shkvoren lyuftlari;
g`ildirakni o`rnatish burchaklari;
amortizator ishidagi nosozliklar belgilari;
g`ildirak podshipniklaridagi lyuftlar.
7. Tormozlar:
kolodka va tormoz barabanlaridagi tirqishlar;
tormoz yuli va transport vositasining sekinlashuvi miqdori;
tormoz momenti;
tormozlar ishining baravarligi (sinxronligi);
tepkining erkin yuli va kuchi;
suyuqlikning sizib oqishi va havoning chiqarib yuborilishi.
8. Rul boshqarmasi:
lyuftlar: rul g`ildiragi, tyaga sharnirlari, mayatnikli (tebrangichli) pishang va h.k.larning lyuftlari;
burilish jarayonida rul g`ildiragida sodir bo`ladigan kuch (kuchlanish);
rul kolonkasining mahkamlanishi;
moyning borligi.
9. Kuzov:
pachoqliklar, darzlar;
buyoqlarning shikastlanishi;
korroziya ( zanglash);
mahkamlangan joylarning bo`shab qolishi;
tebranishlar;
chang va ishlatilgan gazlarning kuzov ichiga kirib qolishi;
ifloslanganish.
TVning texnik holati ko`rsatkichlari TXK jarayonida katta o`rin tutadi. Ular, birinchidan, transport vositasi sozligini nazorat etuvchi va kerakli sozlash, ta`mirlash ishlari hajmini aniqlovchi vosita bo`lsalar, ikkinchidan, texnik resursni yoki navbatdagi TXK gacha bo`lgan buzilishlarsiz ishalash davomiyligini aniqlovchi vosita bo`lib xizmat qiladi. Ko`rsatkichlar yangi transport vositasi ishlaganidan boshlab to buzilish sodir bo`lguncha o`zgaradi. Shuning uchun bu ko`rsatkichlarning chegaraviy me`yorlarini bilish, chegaraviy me`yorlar namoyon bo`lganda, transport vositasi ekspluatatsiyasi to`xtatilishi kerak. Undan tashqari yul o`tish bilan me`yorlarning o`zgarish dinamikasini bilish kerak. Chunki buning natijasida navbatdagi TXK va JT gacha bulgan resursni aniqlash mumkin. Ko`p agregat va mexanizm konstruktiv o`lchamlarini (parametrlarini) aniqlash uchun ularni qisman yoki to`liq bo`laklarga ajratishga to`g`ri keladi. Bu agregat va mexanizmlarning texnik holatini aniqlashga (boshqa yo`l bilan) qo`shimcha parametrlar qo`llanilishini taqozo etadi. Bu diagnostik parametrlardir. Misol: dvigatelning quvvati, moyning sarf bo`lishi, tsilindrdagi kompressiya (ikkinchi taktidagi bosim) va h.k. Shu davrda transport vositasining texnik holati parametrlari boshlang`ich qiymatidan to oxirgi qiymatigacha o`zgaradi, (bu vaqt ichida diagnostik parametri Sb dan to Sox o`zgaradi (quyidagi rasm)).
Misol: tormoz mexanizmi ishlaganda baraban bilan ustquyma (nakladka-ishqalanish qoplamasi) orasidagi oraliq oshib boradi. Tormoz yo`lining oxirgi qiymati Stox va unga to`g`ri keladigan Uox oraliq 1- boshqa transport vositasi yoki agregatning ishlash qobiliyatini ko`rsatadi. 2. Boshqa transport vositasi yoki agregatning ishlamasligini ya`ni buzilganligini ko`rsatadi. TVning ishlash davomiyligini soat yoki bosib o`tgan yuli yordamida o`lchanadi, va uni ishlash davomiyligi deyiladi. Ishlash davomiyligining texnik holati oxirgi o`lchamigacha borishi «resurs» deb ataladi. Yuqorida ko`rilgan misolda Lp- bu resurs, 0texnik diagnostikalash deyiladi. TVning ishlash qobiliyati - bu uning shunday holatiki, unda transport vositasi belgilangan parametrlar miqdorlarini me`yoriy-texnik xujjatlarda ko`rsatilgan chegaralarda saqlagan holda o`z vazifalarini bajara oladi.

Nazorat uchun savollar


1. Transport vositalarining (TV) ishonchliligi tug`risidagi fanning predmeti.
2. TV ishonchliligining iqtisodiy jixati.
3. Fanning vazifalari, tuzilishi, TV ekspluatatsiyasi bo`yicha magistrlar tayyorlashdagi ahamiyati.
4. TV texnik holati, ishlash qobiliyati ko`rsatkichlari va tushunchalar.
Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish