0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Ishlab chiqarish omillari (resurslar) to‘g‘risida tushuncha



Download 2,36 Mb.
bet137/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   266
Ishlab chiqarish omillari (resurslar) to‘g‘risida tushuncha

Tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarishda ishtirok etadigan, ishlab chiqarishning pirovard natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan resurslar «ishlab chiqarish omillari» deb ataladi.

Iqtisodiyot fanida iqtisodiy resurslarning quyidagi guruhlari mavjud:



  • tabiiy resurslar yoki yer va yer osti va ustki boyliklari;

  • kapital;

  • mehnat resurslari;

  • tadbirkorlik qobiliyati (tadbirkorlik).

Bu omillarning har birini iqtisodiyot tizimida o‘z o‘rni bor, ular ma’lum xildagi vazifalarni bajaradilar.

Tabiiy resurslar — tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarishda ishlatiladigan tabiiy ne’matlardir. Ular — foydali qazilmalar, oTmonlar, suv, havo va shunga o‘xshashlar. Tabiiy resurslar deganda, iqtisodchilar «уег» iborasini ham ishlatib, unga ham «ishlab chiqarish omili» deb qaraydilar. Yer tabiiy omil sifatida oTganiladi. CTzbe- kistonning yer fondi davlat chegaralariga qadar bo‘lgan hamma yerlar hisoblanadi. Davlat yer fondi qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish uchun jamoa xo‘jaligi va boshqa xo‘jaliklarga berib qo‘yilgan qishloq xo‘jalik yerlaridan, aholi yashaydigan punktlar (shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq aholi joylarining yerlaridan), sanoat, transport, kurort, qo‘riqxonalarning yerlaridan va boshqa har xil yer- lardan (davlat o‘rmon fondlari yerlaridan, davlat suv fondlari yerlaridan) iborat.

0‘zbekistonning umumiy yer fondi keyingi ma’lumotlar bo‘yicha 44,75 min. gektar, shundan sal kam 32 min. gektari qishloq xo‘jaligiga qarashli yerlar. Qishloq xo‘jaIigi ixtiyoridagi yerlardan 7,6 mln.ga o‘tloqlar 21,5 mln.gasi yaylovlar bo‘lib, ular 83% tashkil etadi. Demak, salmoqli o‘rin oladilar. Haydaladigan yerlar 4,5 mln.gaI bo‘lib, 14%ni tashkil etadi.

Yer fondi quyidagilardan tashkil topadi:



  • sug‘oriladigan yerlar;

  • yaylovlar;

  • o‘rmonzorlar;

  • yo‘llar va ko‘p yillik daraxtlar bilan band bo'lgan yerlar;

  • suv osti yerlari;

  • shaxsiy tomorqa xo‘jalik yerlari;

  • boshqa yerlar.

«Uzgiprozem» mutaxassislari respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi korxonalari va xo‘jaliklaridagi yaroqli yerlarni baholash bo‘yicha hozirgi vaqtda anchagina ish qildilar. Bunday ishlarni ular yerning turlari, ekiladigan ekin turlari uchun ajratilgan yerlar bo‘yicha ham amalga oshirdilar (ball hisobida).

0‘zbekistonda 98 foizga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sug‘o- riladigan erlardan olinmoqda. («0‘zbekiston iqtisodiyoti axborot- nomasi». №7-8. 2004-y. 8-b.).

Respublikamizda sug‘oriladigan ekin maydonlarining qariyb 90 %- ni paxta va don ekinlari tashkil etadi. Respublikamizda suvni muhofaza qilish va undan tejab, tergab foydalanishga katta e'tibor qaratilganligi natijasida 1-gektar yerga sarf qilinadigan suv miqdorini 1993-yildagi 13800 m3 o‘rniga 2003-yilda 11500 m3 gacha kamaytirishga erishildi.

Yer inson mehnati mahsuli emas. Ishlab chiqarish omilining bu guruhiga tabiat bergan boyliklar, yer osti qazilma boyliklari ham kiritiladi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladi.



0‘zbekistonda yer resurslaridan foydalanish holati ham qoniqarli emas deb topildi. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa viloyatlarda.

Masalan:


  • yerni qonunsiz ravishda egallab olish;

  • sug'oriladigan ekinzorlarni qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketishi;

  • ko'plab dala maydonlarni turli xil sabablar bilan ekilmay qolishi;

  • yerdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmaslik hollarining mavjudligi;

  • ko‘p yerlarni zax, sho'r bosib botqoqlikka aylanib borishi;

  • yerdan foydalanishda qonunchilikka rioya qilmaslik holatlari, mo‘ljaldagi ekinlar o‘rniga boshqa xil ekinlar ekish;

  • statistik hisobotlarga yer miqdorini fermer xo‘jaliklari tomonidan kamaytirib ko'rsatilishi.

0‘zbekistonning tabiiy xomashyo resurslari to‘g‘risida har bir kishi yetarli darajada ma’lumotga ega bo'lishi foydadan xoli emas. Hozirgi vaqtgacha 0‘zbekistonda 2,7 mingdan ziyod turli xil foydali qazilma konlari va ma’danlar bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 tadan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan; 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, 0‘zbekistonning umumiy mineral xomashyo potensiali — 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o‘tish kerak.

G'oyat muhim strategik manbalar — neft va gaz kondesati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40 dan ortiq, rangli nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40 ta, konchilik-kimyo xomashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan.



0‘zbekiston bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo'yicha tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda, mis zaxiralari bo‘yicha 10- 11-o‘rinda, uran zaxirasi bo'yicha 7-8-o‘rinda turadi.

Jahon banki axborotlariga qaraganda 0‘zbekistonning yoqilg‘i- energetika potensiali 4,4 mlrd. tonna neft ekvivalentiga teng keladi (J. «Lkonomicheskoye obozreniye.» №7. iyul, 2094.).



0‘zbekiston noyob yoqilg‘i-energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trln. kub.m. ga yaqin, ko‘mir 2 mlrd. t. dan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud va h.k. 0‘zbekistonning tabiiy, mineral xomashyo resurslari g‘oyatda boy ekanligi va ularning xilma-xilligi respublikaning kelajakka ishonch bilan qarashiga imkon beradi.I

0‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo yetkazib beruv- chi, eng ko‘p sug'oriladigan yeriarga ega bo'lgan yirik rayonlardan biri. Bu mamlakatda qulay tabiiy-iqlim sharoitlari, yer-suv va mehnat resu-rslarining mavjudligi tufayli suvni ko‘p iste’mol qiladigan paxiachilik, sholi, meva-sabzavotlarni yetishtiruvchi xo‘jaliklarni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan. Respublika va shuningdek, 0‘rta Osiyo mintaqalarini rivojlanishini cheklovchi omillardan biri — suv resurslaridir. 0‘zbekiston Respublikasi hududida sug'orishning asosiy manbalari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Ohongaron daryolari hisoblanadi. 0‘zbekiston Respublikasi miqyosida yiliga qo‘yiladigan suvlar 10 kub. km., qo‘shni hududlardan kelib qo'shiladigan suvlar esa 89 kub. km.ni tashkil etadi. O'zbekistonning iste’mol qiladigan suv miqdori yiliga 62-65 kub. km bo‘lsa, shundan qishloq xo‘jaligida 85% (53-55 kub. km.), sanoatda — 12% (6 kub. km.) va kommunal xo’jaligida 3% (1,7 kub. km.) ishlatiladi. Lekin xalq xo'jaligida sug’orish uchun ajratilgan suvdan foydalanish darajasi ancha past, 64%ni tashkil etadi.

0‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug'orish uchun suv resurslarining 90% sarflanadi, shunda ham suv yetishmaydi. Bunga sabab, sug'orish usullarining samarasizligi. 0‘simlikka suvning atigi 40% yetib boradi, qolgani sug‘orish inshootlarida yo‘qolib ketadi (40%), sug‘orishda esa 20%.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish