Depozit sertifikati — bankda tezkor foiz olish mumkinligini ko‘rsatuvchi qimmatli qog‘oz.
Deflatsiya — Davlat tomonidan inflatsiyani kamaytirish maq- sadida ortiqcha pullarning bir qismini muammolardan olish.
Ipoteka — ko‘chmas mulk (yer, qurilishlar) ni uzoq muddatli ssuda olish uchun garovga qo‘yish.
Marja — tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, foiz stavkalari orasidagi farq.
Subsidiya — yuridik va jismoniy shaxslar, mahalliy hokimiyat organlari, boshqa davlatlar uchun pul hisobida beriladigan yordam. Subsidiya — istiqbolli sohalarni rivojlantirish, zarariga ishlagan kor- xonalar, yangi ish joylarini tashkil etish, baho o‘sishi natijasidagi qo‘shimcha xarajatlarni qoplash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fundamental ilmiy tadqiqot ishlari, yangi texnologiyani kiritish va boshqalar uchun beriladigan, qaytarib olinmaydigan davlat yordami.
Ssuda - kelishilgan muddat mobaynida zayom qiymatidan foiz hisobida olinadigan to‘lov uchun berilgan zayom.
Subvensiya — davlat tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan pul yordam (subvensiya korxonalarga davlat tomonidan maxsus loyihalami moliyalashtirish uchun ham berilishi mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |