1 – amaliy mashg’ulot



Download 230,95 Kb.
bet4/7
Sana10.07.2022
Hajmi230,95 Kb.
#768700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ (1)word 1

2. Хavflarning guruhlanishi


Хavflarni kelib chiqish tabiatiga, sababiga, oqibatiga, zarariga, sohasiga, tuzilishiga va ta’siriga qarab quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:

  1. Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik, aralash (ikkita va undan ortiq).

  2. Rasmiy standart bo’yicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.

  3. Salbiy oqibatlarning yuzaga kelish vaqtiga ko’ra xavflar impulsli va kumulyativ

(inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi.

  1. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jaroxatlanish, xalokat, yong’in, o’lim xavfi va boshqa.

  2. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik va boshqa.

  3. Lokalizatsiyasi (chegaralanishi) bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar.

  4. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga, sportga, yo’l - transportga, ishlab chiqarishga, urushga oid xavflarga bo’linadi.

  5. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosila (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan) bo’linadi.

  6. Insonga ta’sir qilish xarakteriga ko’ra faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.

Energiya xisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi vujudga keltirishi mumkin. Masalan, o’tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.
Хavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud.
3. Хavflarni guruhlashga topshiriq Quyida keltirilgan voqea va hodisalarni xavflar guruxlariga tavsiflab bering. Хavflar turi:

  1. Suv ombori to`g’onida zilzila oqibatida damba yorildi.

  2. Kimyoviy zavodda KTZM (kuchli ta’sir etuvchi zaxarlovchi modda) tarqaldi.

  3. Atom elektr stansiyasida avariya yuz berdi. 4. Ko’prikda poyezdlar avariyaga uchradi.

  1. Tog’ oldi zonasida sel kelishi natijasida suv toshqini yuz berdi.

  2. Kanalda avariya yuz berdi.

  3. Tog’ oldi zonasida tuproq ko’chishi yuz berdi.

  4. Meliorativ mashinalarni ta’mirlash korxonasida yong’in.

  5. Tog’ zonasida qor ko’chishi yuz berdi.

  6. Aholi yashaydigan punktda yuqumli kasallik tarqalishi.





Хavf turi










Talabaning varianti













1, 11

2, 12

3, 13

4, 14

5, 15

6, 16

7, 17

8, 18

9, 19

10,20




1










X




2


X












3

X













4






X








5





X









6




X










7









X





8








X






9







X







10



X

































BAХTSIZ HODISANI TAHLIL QILISH UCHUN “SABABLAR VA ХAVFLAR

DARAХTI”NI QURISHNI O’RGANISH


Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar

  2. Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol.

  3. "Xavflar daraxti" ni tuzish

1. UMUMIY MA’LUMOTLAR


Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida katta o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar bir tomondan jamiyat a’zolarining yashash va mexnat sharoitining yaxshilanishiga sabab bo’lsa ikkinchi tomondan inson hayot - faoliyatiga xavf tug’diruvchi, sog’lig’iga zarar yetkazuvchi, salbiy oqibatlarga olib keluvchi voqeahodisalarga sabab bo’lmoqda.
Respublikamizda sug’orma dexqonchilik hududlarida paxta va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining xosildorligini oshirishda sug’orish tizimlaridan unumli foydalanish, mahalliy va mineral o’g’itlardan, qishloq xo’jalik mexanizmlari, vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Hozirda Respublikamizning qishloq xo’jalik yerlarida 61 ta suv ombori, 27 ming kilometr suv tarmoqlari, 15 ming suv o’lchagich, ko’plab suv inshootlari, qishloq xo’jalik mashinalari, uskunalari xizmat ko’rsatadi.
Yuqoridagi tizimlar, mashina va mexanizmlar beto’htov, qoniqarli ishlashi ko’p jihatdan ana shu joylarda ishovchilarning o’z ishlarini puxta bilishlari, turli xil noxush oqibatlarning oldini olib bilishliklari, sog’-salomat mehnat qilishlariga bog’liq.
Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real xavflar yuzaga kelmaydi.
Хavflarni o’rganish quyidagicha ketma-ketlikda olib boriladi:
Birinchi bosqich - xavfni oldindan tahlil qilish. Bu bosqich 3 ta qadamdan iborat bo’ladi.
1-qadam. Хavfning manbaini aniqlash.
2-qadam. Хavflarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan tizim qismlarini aniqlash.
3-qadam. Tahlilga chegaralanishlar kiritish, ya’ni o’rganish talab qilinmagan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini belgilash, xavflar va hodisalar daraxtini ko’rish.
Uchinchi bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.
Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni aniqlashga, o’rganishga asoslangan.
Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o’rtasida o’zaro sabab-oqibat bog’lanishi mavjud: xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u sabab esa, o’z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo. Bu ketma-ketlik zanjirsimon davom etadi.
Shunday qilib, sabablar va xavflar iyerarxik ravishdagi, zanjirsimon strukturalarni yoki tizimlarni (sistemalarni) hosil qiladi. Bunday bog’lanishlarning grafik ko’rinishi shoxalab ketgan daraxtni eslatadi. Unga nisbatan ob’ektlar xavfsizligining tahliliga bag’ishlangan xorijiy adabiyotlarda, shunday tushunchalar (terminlar) ishlatiladi: “sabablar daraxti”, “buzilishlar daraxti”, “xavflar daraxti” va “hodisalar daraxti”. Ko’rilayotgan daraxtlarda qoida bo’yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud bo’ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog’lanishlarining dialektiv xususiyatga ega ekanligini to’liq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofiq emas, ba’zida aslo iloji yo’q.. Shu sababli ob’ektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida hosil bo’lgan grafik ko’rinishlarni “sabablar va xavflar daraxtlari” deb nomlash aniqroq bo’ladi.
“Daraxt”larni qurish turli ko’ngilsiz hodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul hisoblanadi. “Daraxt” shohalanishining ko’p bosqichli jarayon ekanligi, uning chegaralarini aniqlash maqsadida cheklashlar kiritishni talab qiladi. Bu cheklashlar ilmiy izlanishlarning maqsadiga muvofiq ravishda kiritiladi. Umuman, shoxalanishning chegarasi yangi shoxalar hosil qilinishining mantiqiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.

  1. Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol.

Kran-balka ilgagidan yukning tushib

Download 230,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish