1- ma’ruza. Kuchaytirish qurilmalari


Kuchaytirgichlarning ish rejimlari



Download 0,61 Mb.
bet5/7
Sana12.05.2023
Hajmi0,61 Mb.
#937121
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- ma’ruza. Kuchaytirish qurilmalari

1.3. Kuchaytirgichlarning ish rejimlari

O‘tish xarakteristikasida dastlabki ishchi nuqtani tanlashga bog‘liq ravishda ish rejimlar A, B, AB, C va D rejimlar bo‘lishi mumkin.


A rejim. Bunda signal bo‘lmaganida sxemaning holatini aniqlaydigan va Ik0 osoyishtalik toki deyiladigan IN dastlabki ishchi nuqta xarakteristika chiziqli qismining taxminan o‘rtasida joylashadi (1.12- rasm). Bu rejimda Usil siljitish kuchlanishi Ukirm kirish kuchlanishidan doimo katta, ya’ni Usil > Ukirm bo‘ladi, kollektor tokining o‘zgarmas tashkil etuvchisi esa o‘zgaruvchan tashkil etuvchidan katta bo‘ladi yoki taxminan unga teng, ya’ni Ik0 ≥ Ikm bo‘ladi. Sinusoidal kirish signaliga sinusoidal chiqish toki mos keladi, nochiziqli buzilishlar minimal, lekin kaskadning foydali ish koeffitsienti atigi 20-30% ni tashkil etadi.

1.12- rasm. A ish rejimi


B ish rejimi. Bu rejimda dastlabki ishchi nuqta koordinatalar boshi bilan mos tushadi, ya’ni osoyishtalik toki Ik0=0 bo‘ladi. Kirishga sinusoidal signal berilganida chiqish zanjiridagi tok davrning yarmi davomida oqib o‘tadi va θ=π/2 kesish burchagili impulslar shakliga ega bo‘ladi. V rejimda ishlaydigan kaskadning foydali ish koeffitsienti 60–70%. Lekin chiqish signalining shakli o‘tish xarakteristikasining nochiziqli oralig‘i tufayli buziladi (1.13- rasm).
AB rejim oraliq holatni egallaydi (1.14- rasm). Bu rejimda kesish burchagi dastlabki IN ishchi nuqtani Iko osoyishtalik toki yordamida noldan uzatish xarakteristikasining chiziqli oralig‘i boshlanishiga surish hisobiga birmuncha katta bo‘ladi.



1.13- rasm. B ish rejimi



1.14- rasm. AB ish rejimi


C ish rejimi. Bunda ik tok kirish signali davrining yarmidan kam vaqt oralig‘i davomida, θ<π/2da oqib o‘tadi. Osoyishtalik toki nolga teng bo‘ladi. Bu rejim yuklamasi tebranish konturi bo‘lgan tanlovchan kuchaytirgichlarda ishlatiladi.
D rejimi. Bu kalit rejimi bo‘lib, bunda tranzistor faqat ikki holatda to‘liq ochiq (to‘yinish rejimi) yoki to‘liq yopiq (kesish rejimi) bo‘lishi mumkin (1.15- rasm).

1.15- rasm. D ish rejimidagi chiqish xarakteristikasi

D rejimning afzalligi yuqori foydali ish koeffitsientidan, kamchiligi esa kuchaytirish sxemasining murakkabligidan iborat.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish