1 – Maruza: mashinasozlikda ishlab chikarish turlari. Texnologik jarayon hujjatlari reja



Download 350,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.06.2022
Hajmi350,34 Kb.
#706366
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5201991580629604081



1 – Maruza: 
 
MASHINASOZLIKDA ISHLAB CHIKARISH TURLARI. 
TEXNOLOGIK JARAYON HUJJATLARI 

Reja: 

1.
 


Ishlab chiqarish turlari
 
2. Texnologik jarayonlarining tarkibi
 
 

1.1 Ishlab chiqarish turlari
 
Har bir mashinasozlik korxonasi bir yil davomida ishlab chiqarishga 
kerak bo‘lgan mahsulot va zahira qismlarining maolumotiga ega. Bu ma’lumot 
ishlab chiqarish dasturi deb ataladi va unda mahsulotni turi, soni, o‘lchami va 
materiali to‘g‘risida ham etarlicha axborot bor. Korxonaning umumiy ishlab 
chiqarish dasturiga asosan tsexlar bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi tuziladi. Har 
bir dastur mahsulot umumiy ko‘rinishining chizmasi, detallarning ishchi 
chizmasi, yig‘uv chizma, spetsifikatsiya va texnik talablar bilan boyitiladi. 
Donali ishlab chiqarishda mahsulot donalab tayyorlanadi. Mahsulot 
o‘lchamlari va tuzilishi har xil bo‘lib, ular kam qaytariladi. 
Donali ishlab chiqarish universal bo‘lib, har xil mahsulot ishlab chiqarish 
uchun moslanuvchan bo‘ladi. Bunda korxonalar universal dastgohlar bilan 
jihozlanadi. Texnologik jarayon bo‘yicha bitta dastgohda bir necha operatsiyalar 
bajariladi. Qo‘llaniladigan moslamalar universal va har xil detallar uchun 
moslashgan bo‘ladi. Kesuvchi va o‘lchov asboblari standart bo‘ladi. Donali 
ishlab chiqarishda uqori malakali ishchilar ishlaydi, mahsulot tannarxi esa uqori 
bo‘ladi. 
Seriyali ishlab chiqarish sharoitda mahsulot partiyalab va seriyalab ishlab 
chiqariladi. Partiyada bir xil o‘lchamli detallar, seriyada bir xil ko‘rinishdagi 
mashinalar to‘plangan bo‘ladi. Partiya va seriyalar bir yil davomida qaytariladi, 
hamda ulardagi mahsulotlarning soniga qarab bu ishlab chiqarish shartli 
ravishda mayda,o‘rta va ko‘p seriyali ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi. 
Seriyali ishlab chiqarishda texnologik jarayon asosan differentsirlangan
yaoni maolumki bir dastgohlarga biriktirilgan alohida operatsiyalarga ajratilgan. 
Dastgohlar universal, maxsuslashgan, maxsus, avtomatlashgan va agregat 
bo‘ladi. Bunday dastgohlarda maxsus va maxsuslashgan moslama, kesuvchi 
hamda o‘lchov asboblari qo‘laniladi. Seriyali ishlab chiqarishda ish unumdorligi 
donali ishlab chiqarishga nisbatdan uqori bo‘lganligi uchun mahsulot tannarxi 
ancha kichik bo‘ladi. 
Yalpi ishlab chiqarishda doimiy ravishda va katta hajmda bir xil mahsulot 
ishlab chiqariladi. Bu ishlab chiqarish turi oqimli va to‘g‘ri oqimli bo‘lishi 
mumkin. Ikkala qurilishda ham detallar texnologik operatsiyalar ketma-ketligi 
bo‘yicha harakatlanadi. Lekin birinchisida operatsiyalarni bajarish vaqti bir xil 
bo‘lsa, ikkinchisida bu vaqt har xil bo‘lganligi uchun ba’zi dastgohlar oldida 
detallar to‘planib qoladi hamda harakat uzlukli bo‘ladi. 


Yalpi ishlab chiqarishda texnologik jarayon differentsiatsiya va 
kontsentratsiya printsipi asosida tuziladi. Birinchi printsip bo‘yicha jarayon 
sodda operatsiyalarga ajratilib maxsus dastgohlarda bajariladi. Ikkinchi printsip 
bo‘yicha bir nechta operatsiyalar bir vaqtda ko‘p shpindelli avtomatlarda, 
agregat va ko‘p keskichli dastgohlarda bajariladi. 
Maxsus kesuvchi asboblar, o‘lchov nazorat moslamalari va avtomatik 
dastgoh moslamalari ishlatilishiga qaramay mahsulot tannarxi kichik bo‘ladi.

Download 350,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish