1- ma’ruza sun’iy intellekt sistemasiga kirish. Reja



Download 40,19 Kb.
bet1/3
Sana28.04.2022
Hajmi40,19 Kb.
#588896
  1   2   3

1- MA’RUZA
Sun’iy intellekt sistemasiga kirish.


Reja :
1.1. An’anaviy programmalar
1.2. Sun’iy intkllektni programmalashtirishga ta’siri.
1.3. Fakt va qoida
1.4. Soddalashtirish.



Таянч сўзлар:
Сунъий интеллект, эксперт тизимлар, мақсад, инсон мияси, факт ва қоида, билим, факт, қоида, соддалаштириш.
Sun’iy intellekt nima ?
Sun’iy intellekt - bu inson o‘y fikrini kompyuterda aks ettiruvchi programmalar sistemasidir. Bu kabi sistemalar yaratish uchun, aniq bir masalani yechuvchi kishining fikr jarayonini o‘rganish va shu asosda kampyuter tushunadigan tilda programma tuziladi.
O‘zbekistonda obrazlarni tekshirib, bilish va sun’iy intellekt nazariyalari bo‘yicha akademik M.M. Komilov katta ishlar olib bordi va bu sohada o‘ziga hos maktab yaratdi.


1.1. An’anaviy programmalar

Sun’iy intellektning (SI) intellektual harakterdagi masalalarning yechilish usullarini EHM yordamida o‘rganuvchi fanning hayotda qo‘llanib rivojlanib borishidan Intellektual tizimlar (IT) vujudga keldi.



Муаммо
Анъанавий программалаштириш билан сунъий интеллектни фарқи нимада?
SI bu sohasi 40 yildan ko‘proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirgandir Paydo. bo‘lishidanoq teoremani avtomatik isbotlasha, mashina tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o‘girish), tasvirlarni o‘rganish va analiz qilish, robotlar ishini planlashtirish, o‘yinlar algoritmi va strategiyasi kabi yechimini kutayotgan masalalarni qamrab olgandiki, bu masalalarning xilma-xil yechimi usullarini topish xozirgacha diqqat markazimizda turibdi.
Ekspert sistema -bu ma’lum bir sohada qo‘yilgan masalani yechishda ekspert sifatida ish yurituvchi programmalar to‘plamidir.
ITlarga maslaxat berish, analiz qilish, konsultatsiya berish, diagnoz qo‘yishdek nozik masalalar yuklatilgan.
ITlarni sanoat korxonalarida qo‘llash ish unumini va mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi.
Bilimlarni to‘plash va uzoq vaqt saqlash ITlarning eng katta yutug‘i hisoblanadi. Insonlardan farq qilib, ITlar har qanday axborotlarga nisbatan ob’yektiv bo‘lishadi, bu ITa o‘tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko‘p bilimlarni talab qilib ishlanayotgan masalalarda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi.
IT larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu eng avvalo foydalanuvchining ishlab chiqiladigan sistemaga qanday talab ko‘yilishini bilimaganligidan kelib chiqadi. Shuningdek psixologik tartibda, ya’ni bilimlar bazasini yaratishda ekspert “mashina meni o‘rnimni egallashi mumkin” degan asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo‘lishiga intilmasdan, balki bunga qarshilik qilishi mumkin. Lekin bu ko‘rqishlar asossizdir, chunki IT fikr yuritish qobiliyatiga ega emasdir, bu ITa ularni bilimlarini oshirish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Oxirgi vaqtlarda o‘z- o‘zini o‘qitib, bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sistemalar ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.
IT lar bilimlar bazasi (sistemaning faktlarni o‘zida saqlovchi bo‘limi), chiqish ostsistemasi (masalani yechish uchun ko‘llaniladigan qoidalar), tushuntirish, bilim olish ostsistemasi va dialogik protsessordan iborat.

Rasm.1.1. Ekspert sistema elementlari.


Kompyuter dasturi, aniq qo‘yilgan masalani yechishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu dasturni boshqarib, masalani yechishga tadbiq etish uchun unga o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘ladi, buning uchun uni diqqat bilan tekshirish kerak bo‘ladi. Uni diqqat bilan tekshirish ITa, ko‘p vaqt talab qiladi, unga o‘zgartirishlar kiritishda ITa, ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi .


Sun’iy intellekt bo‘lsa, kompyuterni o‘zicha fikrlash imkonini beradi. Sun’iy intellekt programmalarni qo‘shishni osonlashtiradi va sun’iy intellekt sistemasiga o‘zini-o‘zi o‘rganish imkoniyatini va kelgusida yangi foydali informatsiyalar yig‘ish imkonini beradi. Inson o‘zi uchun aniq bo‘lgan faktlarni ITdan chiqarmagan holda va o‘zini fikrlash holatini o‘zgartirmagan holda bilimlarini yiishi mumkin. Sun’iy intellekt sistemasi ham xuddi shu asosda ishlaydi.



Download 40,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish