1- mavzu: Jahon ta’lim tizimini rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyatlari. Reja



Download 238,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.12.2021
Hajmi238,2 Kb.
#85315
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Ma'ruza.Jahon ta’lim tizimini rivojlanishida xalqaro tashkilotlar

              TINCHLIK KORPUSINING UCH MAQSADI  

1. Muhtoj mamlakatlar va ularning fuqarolariga yuqori malakali mutaxassislar 

bilan yordam berish;  

2. Jaxondagi boshqa mamlakatlar va odamlarning AQSh va uning odamlarini 

yaxshiroq tushunib olishiga ko’maklashish;  

3. Amerikaliklarga ba’zi mamlakatlar va uning kishilarini yaqindan tanishtirish. 

Shu asosda insonlarning bir biriga yaqinlashuvini ta’minlashdan iboratdir.  

             TINCHLIK KORPUSINING ISh FAOLIYATI  

CHet ellarda ko’ngillilarni qo’llab-kuvvatlash maqsadida ofislar tuzilib, unga 

vakolatli rahbar tayinlanadi. Ko’ngillilarga shaxsiy yordam, nazoratchi, rahbarning 

bir  nechta  texnik  jihatdan  assistentlari  xizmat  qiladi,  o’sha  xududa  profilaktik  va 

tibbiy yordam ko’rsatiladi.  

Ko’p mamlakatlarda Tinchlik Korpusi ikki tomonlama bitim asosida ishlaydi. 

Bitimning asosiy punktlari huquqiy holatga tegishli ko’ngillini, Amerika Qo’shma 

Shtatlari xodimini, shuningdek, faoliyat. ko’rsatayotgan mamlakat munosabatlarini 

qamrab oladi.  



       Oʻzbekistonning  nufuzli  xalqaro  tashkilotlar,  shu  jumladan,  BMT  va  uning 

ixtisoslashgan  agentliklari  bilan  samarali  hamkorligi  pandemiya  davrida  ham 

susaygani yoʻq. 

Joriy yilning iyun oyida Prezidentimiz taklifi bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan 

BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha 

tadbirlar  rejasi  (“yoʻl  xaritasi”)  fikrimizning  yaqqol  isbotidir.  Mazkur  hujjat 

davlatimiz rahbari tashabbuslarini BMT doirasida ilgari surish, respublika va uning 



vakillari  nomzodlarini  BMTning  saylov  organlari  aʼzoligiga  ilgari  surish  va 

mamlakatimizning  xalqaro  maydondagi  imijini  oshirishga  qaratilgan  siyosiy-

diplomatik  tadbirlarni  tashkil  etish  boʻyicha  xalqaro  maydondagi  faoliyatni 

jadallashtirish  borasidagi  saʼy-harakatlarni  koʻzda  tutadi.  Tadbirlar  rejasi 

sayyoramizdagi  eng  universal  xalqaro  tashkilot  —  BMT  va  uning  ixtisoslashgan 

muassasalari  bilan  bundan  keyingi  hamkorlikni  sifat  jihatdan  yangi  pogʻonaga 

koʻtarishi shubhasiz. 

Shu  bilan  birga,  mamlakatimizda  koronavirusning  kirib  kelishi  va  uni  respublika 

hududida tarqalishiga qarshi birgalikda kurashishda BMT, Jahon sogʻliqni saqlash 

tashkiloti, YUNISEF va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilib 

kelmoqdamiz. 

8-iyul kuni Jeneva shahrida dunyoning 80 dan ortiq mamlakati davlat va hukumat 

rahbarlari ishtirokida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat sohasida COVID-19ga 

qarshi kurash masalalari boʻyicha global virtual sammiti boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  mazkur  tadbir  ishtirokchilariga 

yoʻllagan murojaatnomasi mamlakatimizda pandemiya sharoitida olib borilayotgan 

saʼy-harakatlarning  jahon  hamjamiyati  tomonidan  keng  eʼtirof  etilayotganidan 

dalolat beradi. 

BMT  Taraqqiyot  dasturi  birinchilardan  boʻlib  Oʻzbekistonda  koronavirus 

tarqalishining oldini olish boʻyicha aniq maqsadli saʼy-harakatlarni amalga oshirish 

uchun 250 ming dollar miqdoridagi moliyaviy-texnik yordamni ajratdi. Shuningdek, 

BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan koronavirus pandemiyasining 

ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish borasida Oʻzbekiston hukumatiga koʻmak 

berish  maqsadida  qoʻshimcha  ravishda  1  million  dollar  miqdoridagi  grant 

mablagʻlari ajratishi masalasi ishlab chiqildi. 

Bundan tashqari, BMTning Toshkentdagi tegishli agentliklari tomonidan COVID-

19 bilan bogʻliq vaziyatni baholash hamda bu boradagi dolzarb vazifalarni oʻz ichiga 

olgan  “Ijtimoiy-iqtisodiy  choralar  boʻyicha  umumlashtirilgan  koʻp  tomonlama 

taklif” deb nomlangan tahliliy hujjat ishlab chiqildi. 

Hujjatda  koronavirus  pandemiyasi  sharoitida  hal  etilishi  lozim  boʻlgan  dolzarb 

ijtimoiy, shu jumladan, sogʻliqni saqlash sohasiga oid masalalar bilan bir qatorda, 

BMT  va  uning  respublikada  faoliyat  yuritayotgan  agentliklarining  Oʻzbekiston 

hukumatiga  kechiktirib  boʻlmaydigan  makroiqtisodiy  chora-tadbirlarni  amalga 

oshirish, iqtisodiyotni tiklash, xususan, mahsulot eksportining kamayishiga, kichik 

va oʻrta biznes korxonalarining yopilishiga va tegishli ish joylarining qisqarishiga 

yoʻl qoʻymaslik borasida yaqindan koʻmak berish boʻyicha taklif va tavsiyalari oʻz 

aksini topgan. 

Oʻz  vaqtida  ishlab  chiqilgan  ushbu  tahliliy  hujjat  hozirgi  sharoitda  juda  muhim 

ahamiyatga  ega  boʻlib,  respublikada  pandemiyaga  qarshi  jadal  olib  borilayotgan 

tadbirlarni  BMT  va  uning  ixtisoslashgan  agentliklari  tajribasi  va  imkoniyatlarini 




hisobga olgan holda manzilli yoʻnaltirish imkoniyatini beradi. Oʻzbekiston tomoni, 

albatta, BMTning mazkur hujjatni tayyorlash borasidagi faoliyatini yuqori baholaydi 

va  shu  kabi  masalalarda  bundan  keyin  ham  tashkilotning  Toshkentdagi 

vakolatxonasi bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi. 

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Oʻzbekistonga laboratoriya va sinov toʻplamlarini 

sotib  olishda,  infeksiya  tarqalishini  nazorat  qilishda,  xalqaro  sogʻliqni  saqlash 

qoidalari va COVID-19 maʼlumotlarini toʻplashda yordam bermoqda. 

BMTning 


bolalar 

jamgʻarmasi 

—  

YUNISEF Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy koʻmagi asosida respublika uchun 



1,56 million dollarlik tibbiy asbob-uskunalar va jihozlarni xarid qildi. Dori-darmon 

vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  boshqa  kerakli  anjomlar  Sogʻliqni  saqlash  vazirligi 

huzuridagi  Sanitariya-epidemiologik  osoyishtalik  agentligiga  oʻz  vaqtida  yetkazib 

berilmoqda. 

—  Oʻzbekiston  Jahon  savdo  tashkilotiga  aʼzo  boʻlishga  intilmoqda.  Bu 

mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti uchun qanday xizmat qiladi? 

—Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar tashqi siyosiy va 

iqtisodiy  aloqalarni  yana-da  rivojlantirishda  hamda  ularni  yuqori  bosqichga  olib 

chiqishda muhim omil sanaladi. 

Hozirgi  kunda  dunyoning  164  ta  mamlakatini  oʻz  tarkibiga  olgan  yirik  iqtisodiy 

integratsiyalardan  biri  Jahon  savdo  tashkilotidir.  Tashkilot  alohida  nizomga  ega 

boʻlmay,  shartnoma  va  muzokaralarga  tayangan  holda  tashkil  etilgani  va  hozirgi 

kunga  qadar  faoliyat  yuritib  kelayotgani  uning  oʻziga  xos  jihatlaridan  biridir. 

Mazkur tashkilotga aʼzo boʻlish uzoq muddatli muzokaralar va turli yoʻnalishlarda 

kompleks  ishlarni  amalga  oshirishni  taqozo  etadi.  Bunda  asosiy  eʼtibor  aʼzo 

davlatlar bilan olib boriladigan ikki va koʻp tomonlama muzokaralarga qaratilgan. 

Tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash va ularning xalqaro infratuzilmalar 

bilan  integratsiyalashuviga  qaratilgan  tadbirlar  doirasida  Oʻzbekistonning  JSTga 

aʼzo boʻlishi uchun salmoqli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yil 29-iyun kuni 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo 

vaziri S.Umurzoqov rahbarligida Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash boʻyicha 

Idoralararo  komissiyasining  navbatdagi  yigʻilishi  videokonferensiya  shaklida 

oʻtkazildi. 

7-iyul  kuni  Oʻzbekiston  Respublikasining  JSTga  qoʻshilishi  boʻyicha  ishchi 

guruhning 4-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda 60 dan ortiq mamlakat vakillari, 

jumladan  AQSH,  Yevropa  Ittifoqi,  Xitoy,  Rossiya,  Yaponiya,  Kanada,  Braziliya, 

Panama,  Paragvay,  Urugvay,  Nikaragua,  Moʻgʻuliston,  Gonduras,  Hindiston  va 

boshqalar ishtirok etdilar. 




Yigʻilish  davomida  aʼzo  davlatlarning  savollariga  oʻzbek  ekspertlari  tomonidan 

batafsil javoblar taqdim etildi. 

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning tashkilotga qoʻshilishi jarayonining keyingi 

bosqichlari, yaʼni faktologik rezyume ishlab chiqish, ikki tomonlama uchrashuvlarni 

tashkillashtirish va ularni oʻtkazish, ilgari taqdim etilgan hujjatlarni yangilash kabi 

muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi. 

Hozirgi kunda JSTga aʼzo davlatlarning aksariyati, jumladan, Xitoy, YEI, Turkiya, 

Yaponiya,  Rossiya  kabilar  Oʻzbekistonning  JSTga  kirishi  uchun  amalga 

oshiriladigan tadbirlarda har tomonlama koʻmak koʻrsatishga tayyor ekanliklarini 

bildirdi. 

—  Oʻzbekistonda  keyingi  yillarda  inson  huquqlari  himoyasi,  soʻz  erkinligini 

taʼminlash  yoʻlida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  Yevropa  mamlakatlari  va 

xalqaro tashkilotlar tomonidan qanday baholanmoqda? 

— Yurtimizda oxirgi uch yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyili 

asosida xalqimiz hayotini  tubdan yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar 

xalqaro hamjamiyat  tomonidan  yuqori baholanmoqda. Jumladan, BMTning  Inson 

huquqlari boʻyicha Oliy komissari Mishel Bacheletning 2019-yil yakuni boʻyicha 

taqdim  etgan  yillik  hisobotida  ilk  bor  Oʻzbekiston  Respublikasida  amalga 

oshirilayotgan islohotlarga alohida ijobiy urgʻu berilgan. 

Shu  bilan  birga,  joriy  yilning  mart  oyida  BMTning  Inson  huquqlari  boʻyicha 

qoʻmitasi  Oʻzbekiston  Respublikasi  tomonidan  taqdim  qilingan  Beshinchi  davriy 

hisobotni koʻrib chiqib, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash, ayollarga nisbatan 

zoʻravonlikning oldini olish, sud-huquq sohasini isloh qilish, bolalar va majburiy 

mehnatga barham berish sohasidagi yutuqlarga ijobiy baho bergan. Hozirgi kunda 

qoʻmitaning bu boradagi tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab 

chiqilmoqda. 

Bundan tashqari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi 

boʻyicha vakili Arlem Dezir Oʻzbekistonda soʻz erkinligini taʼminlash sohasidagi 

ishlarga  yuqori  baho  bermoqda.  Jumladan,  uning  ofisi  Oʻzbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Administratsiyasi  huzuridagi  Axborot  va  ommaviy  kommunikatsiyalar 

agentligi va Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi 

bilan  hamkorlikda  qator  tadbir  va  loyihalarni  amalga  oshirmoqda.  2020-yilda  

YEXHTning  Markaziy  Osiyoda  soʻz  erkinligi  xalqaro  forumini  Toshkentda 

oʻtkazish rejalashtirilgan. 

Joriy yilning 22-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha 

milliy  strategiyasi  qabul  qilindi.  Ushbu  hujjat  asosida  yurtimizda  inson  huquqlari 

sohasida  yana-da  keng  koʻlamli  islohotlarni  va  xorijiy  hamkorlar  bilan  keng 

qamrovli ishlar koʻzda tutilgan. 




Xorijiy  sheriklarimiz  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan  muloqot  jarayonida 

Oʻzbekistonda  inson  huquqlari  sohasidagi  islohotlarning  ortga  qaytmasligi  va 

davomiyligini  alohida  taʼkidlab kelmoqdamiz.  Mazkur  sohada  mamlakatimizning 

nufuzini yana-da oshirish maqsadida Oʻzbekistonning 2021-2023-yillar mobaynida 

BMTning  Inson  huquqlari  kengashiga  aʼzo  boʻlishi  masalasi  boʻyicha 

respublikamizning  tegishli  vazirlik  va  idoralari  hamda  xorijdagi  diplomatik 

vakolatxonalari tomonidan izchil faoliyat amalga oshirilmoqda. 

Oʻzbekiston  Yevropa  Ittifoqi  bilan  munosabatlarda  inson  huquqlari  va  qonun 

ustuvorligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. 

Respublikamiz Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib adliya, ichki ishlar, inson 

huquqlari  va  aloqador  masalalar  boʻyicha  Oʻzbekiston  —  Yevropa  Ittifoqi  quyi 

qoʻmitasi  doirasida  “Inson  huquqlari  boʻyicha  muloqot”ni  tashkil  etdi.  Bugungi 

kunga qadar tomonlar oʻrtasida 12 raund muloqot boʻlib oʻtdi. 

Harakatlar strategiyasi doirasida koʻp qirrali islohotlar boshlangan paytdan buyon 

yevropalik  hamkorlarimiz  jamiyatni  demokratlashtirish,  qonun  ustuvorligini 

mustahkamlash,  fuqarolik  jamiyati,  soʻz  erkinligi  va  inson  huquqlari  sohasidagi 

chuqur oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqdalar. 

Oʻzbekistonning majburiy mehnatga barham berish, sud islohotlari, qiynoqlarning 

oldini olish va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan bogʻliq muammolarni hal etish 

borasidagi yutuqlarini Yevropa tomoni alohida taʼkidlaydi. 

Ushbu sohalardagi sezilarli yutuqlar tufayli 2019-yilda Yevropa Ittifoqi “individual 

holatlar”  deb  nomlanuvchi  roʻyxatni  birinchi  marta  taqdim  etmadi.  Albatta,  bu 

mamlakatimizda  mazkur  sohalarda  olib  borilayotgan  islohotlardagi  sezilarli 

oʻzgarishlardan dalolat beradi. 

Maʼlumot uchun: “Oʻzbekiston-YEI” quyi qoʻmitasining adliya, ichki ishlar, inson 

huquqlari  va  aloqador  masalalar  boʻyicha  yigʻilishlari  doirasida  Yevropa  tomoni 

qamoqdan  ozod  qilish  talabi  bilan  “siyosiy  mahbuslar”  deb  ataluvchi  10-15 

kishining roʻyxatini anʼanaviy tarzda taqdim etar edi. 

Bundan  tashqari,  Yevropa  tomonining  taʼkidlashicha,  2019-2020-yillarda 

oqlanganlarning oʻtgan yillarga nisbatan juda koʻpligi Oʻzbekiston sud tizimidagi 

islohotlar amalda ijobiy natijalarni koʻrsatayotganidan dalolat beradi. 

Oʻzbekistonning  ushbu  sohada  erishgan  ijobiy  natijalari  Yevropa  Ittifoqining 

dunyoda inson huquqlari va demokratiya boʻyicha yillik hisobotida (2020-yil iyun 

oyida  eʼlon  qilingan)  ham  yuqori  baholandi.  Hujjatda  2016-yildan  boshlab 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekistonda jamiyatni bosqichma-

bosqich liberallashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar 

dasturi, shu jumladan, siyosiy dasturlar amalga oshirilayotgani taʼkidlangan. 



Alohida  qayd  etilishicha,  bu  yoʻnalishda  jiddiy  yutuqlarga  2019-yilda  va  uning 

yakunida  (22-dekabr)  boʻlib  oʻtgan  parlament  saylovida  erishildi.  Bu  esa,  oʻz 

navbatida,  respublikamiz  rahbariyatining  tub  oʻzgarishlarni  amalga  oshirishga 

boʻlgan intilishlarini yaqqol namoyish etdi. 

Bundan  tashqari,  YEI  hisobotida  soʻz  erkinligi  sohasida  erishilgan  ijobiy 

oʻzgarishlarga  eʼtibor  qaratilgan.  Jumladan,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi turli davlat idoralari 

bilan  ishlashda  qiyinchiliklarga  duch  kelgan  oʻzbekistonlik  jurnalistlarga  jiddiy 

yordam koʻrsatgani qayd etilgan. 

Shu bilan birga, Oʻzbekiston 2019-yilda “Chegarasiz OAV” tasnifiga koʻra, “qora 

hudud”dan chiqarildi. 

Respublikaning inson huquqlarini taʼminlash borasidagi yutuqlarini inobatga olgan 

holda,  YEI  va  unga  aʼzo  davlatlarning  aksariyati  Oʻzbekistonning  global  siyosiy 

jarayonlar, jumladan, BMTning Inson huquqlari kengashiga aʼzo boʻlishidagi faol 

ishtirokini qoʻllab-quvvatlamoqda. 

—  Mamlakatimizda  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  tobora  jadal  rivojlanmoqda. 

Oʻzbekistonning  bu  sohadagi  tashabbuslarini  Jahon  sayyohlik  tashkiloti  qay 

darajada qoʻllab-quvvatlamoqda? 

—  Albatta,  Oʻzbekistonda  turizm  sohasini  rivojlantirish,  yurtimizga  chet  ellik 

sayyohlarni  jalb  qilish,  umuman,  mamlakatimizning  turistik  salohiyatini 

kuchaytirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  keng  koʻlamli  ishlarimiz  BMTning 

Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda. 

Respublikamiz  vakillari  YUNVTO  shafeligida  tashkil  etiladigan  yirik  va  nufuzli 

turistik  yarmarkalar  —  FITUR,  ITB,  JATA,  World  Travel  Market,  Top  Resa  va 

shunga  oʻxshash  qator  xalqaro  tadbirlarda  hamda  ular  doirasida  oʻtkaziladigan 

vazirlar darajasidagi anjumanlarda doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqdalar. 

Bu  esa  hozirgi  kunda  turizm  sohasidagi  muhim  masalalar  yuzasidan  xalqaro 

hamkorlar bilan fikr almashish imkonini bermoqda. 

Tashkilot Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslarini har tomonlama va 

keng  qoʻllab-quvvatlamoqda.  Jumladan,  mamlakatimiz  tashabbusi  bilan  joriy 

yilning  1-iyun  kuni  Jahon  sayyohlik  tashkilotining  “Tiklanish  yoʻli”  mavzusidagi 

xalqaro anjumani tashkil etildi. Ushbu onlayn muloqot jarayonida SAFE TRAVEL 

GUARANTEED tashabbusi, yaʼni Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi kurashish, 

xavfsiz turizmni joriy etish, yurtimizda xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-

sharoitlar haqidagi yangilik tashkilot aʼzo davlatlari oʻrtasida ilgari surildi. 

Bundan tashqari, joriy  yilning 25-iyun kuni Oʻzbekiston raisligida YUNVTOning 

Yevropa mintaqaviy komissiyasining navbatdagi 65-sessiyasi videomuloqot tarzida 

tashkil etildi. Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, 




Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov 2023-yilda BMT 

Jahon sayyohlik tashkilotining Ijroiya kengashiga 2021-2023-yillar uchun va Bosh 

assambleyasining  25-sessiyasini  oʻtkazishga  Oʻzbekiston  nomzodini  ilgari  surish 

tashabbusini eʼlon qildi hamda bu aʼzo davlatlar tomonidan iliq kutib olindi. 




Download 238,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish