1- mavzu: mavzu ósimlik hujayrasi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/25
Sana30.12.2021
Hajmi1,36 Mb.
#95331
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1 Maruza (1)



1- MAVZU: 

  

  MAVZU ÓSIMLIK HUJAYRASI  

 

Reja: 

1.  Ósimliklar  hujayrasining  tuzilishi  tóg`risida  hozirgi  zamon  qarashlari. 

Hujayrani órganish metodlari 

2.  Hujayraorganoidlari.  

3.  Sitoplazmaning fizik va kimyoviy xususiyatlari.  

4.    Turgor va plazmoliz. 

 

1. Ósimliklar hujayrasining tuzilishi tóg`risida hozirgi zamon qarashlari 

Ósimlik  morfologiyasi  ósimlik  shakli,  tuzilishi,  individual  taraqqiyot 

(ontogenez),  tarixiy  rivojlanish  jarayonida  (filogenezida)  ósimliklarni  shakllanish 

masalalarini  órganadi.  Agar  tabobat  olamiga  nazar  tashlasak,  u  turli  tuman 

organlardan tashkil topganini kóramiz.  

Shuning  uchun  ham  ósimliklar  morfologiyasi  ilk  bor  ósimliklarni  tashq  i 

shakl tuzilishlarini  t a s v i r l a sh  bilan shug`ullangan.  

Buning  uchun  dastlab,  asosan  aniq    atamalarni  (terminlarni)  ishlab  chiqish 

bilan  band  bólgan.  Bu  ma`lumotlar  ósimliklarni    sistematikasini  tuzishga  kerak. 

Keyinchalik  (XVIII-XIX  asr)  metamorfoza,  ya`ni  ósimlik  organlarini  biri 

ikkinchisiga  aylanishi  haqidagi  ta`limot  (K.F.  Volf  va  Gyote)  vujudga  kelib, 

ósimliklar tuzilishidagi ba`zi qonuniyatlarni aniqlagandan sóng bu fan bir muncha 

ilmiy nazariy yónalish olib, benihoya xilma-xil ósimlik organlarini bir necha asosiy 

organlarga ajratishga harakat qildi.  

Xilma-xil  ósimlik  organlarining  individual  rivojlanish  stadiyalari  tekshirilib, 

rivojlanishning ba`zi umumiy qonuniyatlari  va belgilari aniqlandi.   

Evolyutsion  ta`limotning  g`alaba  qozonishi  va  paleontologiyaning  qólga 

kiritgan  yutuqlari  ósimliklar  morfologiyasiga  yangi  yónalish  berdi.  Qadimgi 

shakllardan to hozirgi shakllargacha bólgan ósimlik organlarining f i l o g e n e z i  

tekshiriladigan bóldi. 

Turli  ósimlik  gruppalari  individual  rivojlanish  tarixi  tekshirilishi,  shu 

taraqqiyotning  ba`zi  umumiy  belgilari  bilan  qonuniyatilari  aniqlanishi  munosabati 

bilan s o l i sh t i r m a (chatishtirma) yónalish namoyon bóldi. Bu yónalish ósimlik 

gruppalarining  boshqa  xil  gruppalarga  óta  olishini  aniqlashga  imkon  berdi  va 

ósimlik dunyosining evolyutsiyasi qay tariqa borishini aniqlashga asos soldi. 

Solishtirma  morfologiya  va  fitopleontologik  tekshirishlarga  asoslanib 

ósimliklarni  filogeniyasiga  oid  ma`lumotlar  f  i  l  o  g  e  n  e  t  i  k  morfologiya 

yónalishi  rivojlandi.  Bu  yónalish  ma`lumotlar  asosida  evolyutsion  taraqqiyot 

jarayonida bir muncha, yirik ósimlik gruppalarini paydo bólish tarixi órganildi. 

XIX asrning oxirida morfologiyada yana bir yónalish  e k s p e r e m e n t a l  

morfologiya  paydo  bóldi.  Bu  yónalish  ósimliklarda  hosil  bóladigan  shakl  hamda 

tuzilishning sababini kórsatib beradi.  

Ósimlik  morfologiyasi  XV-XVIII  asrlarda  kuzatish  va  taqqoslash  bilan 

cheklangan  bólsa,  hozir  xilma-xil  metodlardan  foydalanadi.  Bu  metodlar 

quyidagicha: 



1.  Solishtirma  morfologiya  metodi.  Bu  metodning  asosiy  mohiyati 

ósimliklarning  xilma-xil  vegetativ  va  generativ  organlarining  morfologik 

xususiyatlarini  taqqoslab  har  tomonlama  órganish  yóli  bilan  ularning  órtasidagi 

óxshashlik hamda yaqinlik munosabatlari aniqlandi. 

2.  Anatomiya  va  fiziologiya  metodi.  Bu  metod  ósimlik  organlarining  ichki 

tuzilishiga asoslangan aniq  metodlardan hisoblanadi. 

3.  Ontogenetik metod. Bu metod bilan ósimlik organlarining (organogenez) 

rivojlanishi  va  shakllanishi,  ularni  individual  taraqqiyoti  (ontogenezi),  tóqimalar 

(gistogenezi)  órganiladi.  Shu  metod  vositasi  bilan  S.G.  Navashin  tomonidan  gulli 

ósimliklardagi qóshaloq  urug`lanish hodisasi órganildi. 

4.  Teratologiya  metodi.  Bu  metod  bilan  ósimliklarning  kamchilik  va 

nuqsonlri  órganiladi  va  ayrim  organlarning  kelib  chiqishi  aniqlanadi.  A.V. 

Beketov, A.A.Fedorov va boshqalar gul morfologiyasini órganishda shu metoddan 

foydalangan. 

5.  Eksperemental  metod.  Bu  metod  yordamida  ósimliklarda  paydo  bólgan 

ma`lum  shakl  va  tuzilishlarning  sababini  ularning  tabiatini  va  kelib  chiqishini 

tóg`ri aniqlab, tushuntirib berdi. 

 


Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish