1- mavzu: O‘zbekiston respublikasi prezidenti shavkat mirziyoev asarlari, farmon va qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish G‘OYasining ishlab chiqilishI


I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish



Download 1,26 Mb.
bet16/42
Sana29.08.2021
Hajmi1,26 Mb.
#159472
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
1.1 модуль 1-мавзу

I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish

(Moviy havo rang – osmon va toza suv ramzi, buyuk Amir Temur davlatining bayrog‘ining rangi)



II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

(Siyohrang–qonuniylik elementlari hisoblangan ustuvorlik va or-nomuslilik ramzi)

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish

(Tillarang – iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi)

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

(Qizil rang – hayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ramzi)



V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat

(Oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va soflik ramzi)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi «Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir» mavzusidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Mazkur hujjat mohiyatiga ko‘ra, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yo‘l xaritasi”ga aylandi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingan 2017 yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida katta ishlar amalga oshirildi.”

2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.

2018 yil 22 yanvarda Prezidentning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308 farmoni qabul qilindi.“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat Dasturi loyihasi 10-20 yanvar kunlari aholi o‘rtasida keng va atroflicha muhokama qilindi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.  Fuqarolardan 4 400 ta taklif va sharh kelib tushib, ulardan Davlat dasturini takomillashtirishda foydalanildi. Davlat dasturi 5 bo‘lim, 231 banddan iborat. 2018 yil Davlat dasturi doirasida 21 trillion so‘m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz o‘tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimizning natijasini ko‘rsatib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: investitsiya deymiz, islohotlar deymiz, modernizatsiya, deymiz. 

Lekin bu o‘zgarishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad nima o‘zi? 

Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir.Bu yo‘nalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog‘liq.

Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak. Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sog‘likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.Kelgusi yilda tadbirkorlik, biznes uchun yanada qulay muhit yaratish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, pensiya ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ham ko‘p ishlar qilishimiz lozim. 

Shularning barchasini hisobga olib, 2018 yilda boshlagan ishlarimizni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida, men kirib kelayotgan yangi-2019 yilga Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berishni taklif etaman.Yilga bunday nom berganimiz barchamizga juda katta vazifalar va mas’uliyat yuklaydi. Investitsiyalarni qanday qilib ko‘paytiramiz, ijtimoiy muammolarni qanday hal qilamiz, degan savollar oldimizda ko‘ndalang bo‘lib turibdi. 

Bu vazifalarni hal qilishga bugundan boshlab kirishmasak, bor kuch va imkoniyatlarimizni shu yo‘lda safarbar etmasak, ko‘zlagan maqsadga, marraga erishish qiyin bo‘ladi. Har bir rahbar – u vazir yoki markaziy idora boshlig‘i bo‘ladimi, deputat yoki senator bo‘ladimi, kompaniya yoki xo‘jalik birlashmasi raisi, viloyat yoki tuman hokimi bo‘ladimi – barcha-barchamiz bu ishni eng birinchi vazifamiz, deb bilishimiz zarur. Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz.

Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart.”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoni 2019 yil 17 yanvarda qabul qilindi. Davlat dasturi 5 bo‘lim, 274 banddan iborat. Davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga 16,9 trillion so‘m 8,1 milliard AQSh dollari yo‘naltirildi.

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berildi.

“Biz 2020 yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishimiz lozim.

- Bu yildan boshlab, tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunga budjetdan 130 milliard so‘m ajratilib, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etadi -Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etamiz.

-Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.

-2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‘qituvchining malakasi oshiriladi.

-Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi.

-Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi”.

“2020 yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish zarur bo‘lgan dasturiy va maqsadli vazifalarga to‘xtalib o‘tamiz:


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish