1- mavzu: O‘zbekiston respublikasi prezidenti shavkat mirziyoev asarlari, farmon va qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish G‘OYasining ishlab chiqilishI


O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar



Download 1,26 Mb.
bet22/42
Sana29.08.2021
Hajmi1,26 Mb.
#159472
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
1.1 модуль 1-мавзу

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; sohaga doir davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi va sh.k.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari - tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi va sh.k.

3. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi: ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari; davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari; madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar; mehnat organlari; prokuratura organlari; ichki ishlar organlari; adliya organlari; mudofaa ishlari bo‘yicha organlar.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunga muvofiq har bir yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi. Yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yoshlarni tarbiyalash barchaning, butun jamiyatning, shu yurtda yashaydigan har bir insonning asosiy ishi, insoniy burchi” bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev aytganlaridek, «Biz yoshlarga oid davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.»

2017 yidan boshlab Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan viloyat, tuman, shahar hokimliklar huzurida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi ta’sis etildi.

Mustaqil O‘zbekistonda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun ulkan imkoniyatlar yaratilgan. O‘tgan yillarda Oliy Majlis tomonidan yoshlarga oid 20 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 ta farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 200 dan ortiq qaror, farmoyishlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Jumladan, 2017 yil 5 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 5106-son Farmoni qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.”

Holbuki, dunyo aholisining 2 milliardini yoshlar tashkil etgan bugungi kunda ularning 500 mingi och-nahorlikka mahkum etilgani, Janubi-Sharq, Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrikaning ko‘plab davlatlarida bugungi axborot asrida, kompyuter texnologiyalari zamonida ham savodsizlik mavjud bo‘lgan bir paytda aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etgan O‘zbekiston yalpi savodxon yurt bo‘lishi bilan birga ko‘plab xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari filiallari faoliyat ko‘rsatayotganligi bilan ham ajralib turadi.1995 yili birinchi bo‘lib G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahrida filiali ochildi. 2002 yili Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, 2006 yili M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali o‘z faoliyatini boshladi. Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Rossiyaning I.M. Gubkin nomidagi neft va gaz universiteti Toshkent shahar filialida yurtimiz yoshlari ta’lim olishmoqda. Shuningdek,Turin politexnika(Italiya), Inha universitetlari (Janubiy Koreya) ham faoliyat ko‘rsatayapti. O‘zbekistonlik yoshlar xorijiy oliy o‘quv yurtlarida o‘zlarining yuksak bilim va intelektual salohiyatlarini namoyish qilmoqdalar.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda:

-Jonajon Vatanimizning yangi qiyofasini yaratishda o‘z mehnati, tashabbuskorligi va ma’naviy fazilatlari bilan boshqalarga o‘rnak va namuna bo‘layotgan azmu shijoatli yoshlarimiz uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti hamda “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi;

-To‘rt ming uch yuzga yaqin yigit-qizlarimizga banklar tomonidan 216 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar berildi. 184 ming 300 dan ziyod yoshlar ish bilan ta’minlandi;

-O‘tgan bir yil mobaynida o‘g‘il-qizlarimizdan 266 nafari Respublika, 80 nafari xalqaro fan olimpadalari g‘oliblari bo‘lgani, sportchilarimizdan 12 nafari jahon, 93 nafari Osiyo chempionatlarida, 150 nafardan ziyodi xalqaro musobaqalarda yuksak shohsupalarga ko‘tarildi.

- Ayniqsa mamlakatimiz sportchilarining 2018 yil iyul-sentabr oylarida Osiyo mamlakatlarining Indoneziyada o‘tkazilgan yozgi olimpiya o‘yinlarida 21 ta oltin, 24 kumush, 25 ta bronza medallarini olib, umumkomanda hisobida mamlakatimiz sportchilari 45 davlat orasida 5-o‘rinni egallaganligi bizda faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadi.

-2018 yil 27 iyunda qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. 2019 yil 1 iyulga qadar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 4335ta loyihaga jami 692,4 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.Natijada Respublika bo‘yicha 25 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.19 ta “Yosh tadbirkor” kovorking markazi 125 ta “Yoshlar mehnat guzari ”komplekslari foydalanishga topshirildi.

O‘zbek farzandlarining jahonda o‘z bilimlarini namoyon etayotganliklarini faxr bilan tilga olamiz. Masalan, 2017 yilda Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahridagi “Shady Side Academy” maktabini a’lo baholarga bitirgan vatandoshimiz Azizjon Yo‘ldoshevning ijodiy inshosi mamlakatda sovrinli o‘rin olgani uchun “Martin Lyuter King” mukofotiga sazovor bo‘lgani, aynan shu mukofot tufayli Azizjon Amerikaning 13 ta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirib, barchasiga grant asosida va yillik stipendiya bilan qabul qilingani haqida so‘zlab berish zarur. Universitetlar Azizjonga yillik stipendiyani 10 mingdan 30 ming AQSh dollargacha taklif qilishdi. U Vashingtondagi “American University” universitetining biznes fakultetini tanladi. Bu universitet jamoasi Azizjonni suhbatdan o‘tkazib, talabalar orasida “Lider” unvonini berishdi. Bunday misollarni yana keltirish mumkin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, “Birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi.” 
Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak. BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish, Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilishi bo‘yicha takliflari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Yurtboshimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqishni taklif etgan edik. Joriy yilda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini yoshlar huquqlariga bag‘ishlab o‘tkazish va unda ushbu konvensiya loyihasini muhokama etishni taklif qilaman.” – deb qayd qilib o‘tdi.

Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish