1- mavzu: O‘zbekiston respublikasi prezidenti shavkat mirziyoev asarlari, farmon va qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish G‘OYasining ishlab chiqilishI



Download 1,26 Mb.
bet37/42
Sana29.08.2021
Hajmi1,26 Mb.
#159472
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
1.1 модуль 1-мавзу

To‘rtinchidan, vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, mamlakatimizda va xorijda fuqarolarimizni kafolatli himoya qilish bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Shu maqsadda fuqarolarimizning muqaddas ziyoratlarni ado etish bilan bog‘liq imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Jumladan, umra ziyoratiga boruvchilar soni 10 mingdan 30 mingtaga, haj ziyoratiga boruvchilar esa 5 mingdan 7 ming 200 nafargacha oshirildi, safar bilan bog‘liq xarajatlar esa kamaytirildi.

Umuman, so‘nggi yillarda mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan katta ishlar sizlarga yaxshi ma’lum, deb o‘ylayman.

Bugungi kunda mahalliy va xorijiy nufuzli ekspertlar ishtirokida biz “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri ustida ish olib bormoqdamiz. Ushbu qonun fuqarolarimizning vijdon va e’tiqod erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘la ta’minlashga xizmat qiladi.

Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan fuqarolarimiz va ularning oila a’zolarini himoya qilish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. Hukumat tarkibida Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Biroq chet elga ishlash uchun fuqarolarni jo‘natish bilan shug‘ullanayotgan ba’zi bir xususiy firmalar odamlarni aldayotgani haqidagi materiallar matbuot sahifalarida e’lon qilinmoqda. Departament ushbu firmalar faoliyatini qat’iy nazoratga olishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi, mamlakat ichkarisida yoki tashqarisida bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish, ularga homiylik ko‘rsatishni bundan buyon ham kafolatlaydi va barcha choralarni ko‘radi.

Buning uchun, jumladan, xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan konsullik xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish lozim. Toki chet eldagi fuqarolarimiz boshqa shahardan konsullik bo‘limlariga bevosita o‘zi kelib, ovora bo‘lib yurmasin.


1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish