1. Advokatura tushunchasi


Advokatura to’g’risidagi ilm



Download 62,71 Kb.
bet6/6
Sana30.12.2021
Hajmi62,71 Kb.
#196976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ADVOKATURA

4. Advokatura to’g’risidagi ilm.

Advokatlik amaliyoti va advokatura to‘g‘risidagi ilm xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida, tadbirkorlik sohasida huquqlarni himoya qilishning eng samarali usullarini ishlab chiqadi. Sud va nizolarni hal etuvchi boshqa organlarda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari manfaatlarini taqdim etish bilan birga, keyingi paytlarda advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatishning tadbirkorlik sub'ekti va advokat o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida yuridik shaxsning yoki individual tadbirkorning joriy faoliyatini huquqiy ta'minlash shakli tobora keng yoyilmoqda. Advokatura to‘g‘risidagi ilm, shuningdek, davlat organlari (prokuror nazorati, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ijroiya ishlab chiqarish va sh.k.) faoliyatining tuzilishi, tashkil etilishi, faoliyat tartibini o‘rganuvchi ilmlar bilan ham bog‘liq, bundan tashqari, advokatura to‘g‘risidagi ilm ushbu ilmlar sirasiga kiradi, zero u xarakteriga ko‘ra ommaviy va mazmuniga ko‘ra huquqni muhofaza qilishga oid bo‘lgan advokatlik faoliyatini o‘rganadi. Advokatura to‘g‘risidagi ilm uchun bir qator eng muhim muammolarni boshqa huquqiy ilmlar bilan chambarchas bog‘liqlikda hal etish mumkin. bundan muammolarga, jumladan, barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro munosabati mexanizmini ishlab chiqish kiradi. Ular oldida umumiy maqsad turadi – qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoyalash. Advokatura to‘g‘risidagi ilm uchun eng muhim bo‘lgan bir qator muammolarni faqat boshqa huquqiy ilmlar bilan chambarchas bog‘liqlikda hal etish mumkin. Shunday muammolarga, jumladan, barcha huquqni muhofaza qilish organlarining o‘zaro hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish kiradi. Ularning oldida umumiy maqsad turadi – qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlash, fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini o‘rganuvchi barcha ilmlar uchun umumiy vazifalar qonun buzilishi sabablarini, jumladan jinoyatchilik sabablarini aniqlash, tahlil qilish va umumlashtirishdan, huquqbuzarlik miqdorini kamaytirish vositalari va uslublarini ishlab chiqishdan iborat. Advokatura to‘g‘risidagi ilm, shuningdek, turar joy, oila, meros, mualliflik, mehnat, ekologik, yer, suv huquqi kabi ilmlar va boshqa tarmoq yuridk ilmlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Zero advokat yordami qonunchilikning amalda barcha tarmoqlarida mustahkamlab qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxs huquqlarining buzilishida kerak bo‘lishi mumkin. buzilgan yoki bahslashilayotgan huquqni himoya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirarkan, advokat u yoki bu tarmoqda erkin harakat qilishi, tegishli sohada qonun qo‘llanilishi amaliyotini bilishi lozim. Advokatura to‘g‘risidagi ilm bilan xalqaro huquqni o‘rganuvchi ilmlar (xalqaro ommaviy huquq, xalqaro xususiy huquq) o‘rtasida ham bog‘liqlik mavjud. Advokatura to‘g‘risidagi ilm amaliy yuridik ilmlar:sud tibbiyoti, kriminalistika, kriminologiya bilan ham bog‘liq. Shu tariqa, advokatura to‘g‘risidagi ilm va o‘quv yo‘nalishi amaldagi barcha yuridik ilmlar va o‘quv yo‘nalishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Lekin uni 29 ommaviy va xususiy huquq – jinoiy, fuqarolik, ma'muriy va boshqa huquqlarga oid yuridik ilmlarning bir qismi sifatida qabul qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Gap shundaki, muayyan tarmoqlararo, tarmoq va maxsus yuridik ilmlar, hatto ular advokaturaga va advokatlik faoliyatiga taalluqli masalalarni bevosita o‘rganganida ham, ularni o‘z predmetidan kelib chiqib o‘rganadi va advokatura institutining o‘ziga xosligini va advokatlik faoliyatining xos xarakterini e'tiborsiz qoldiradi. Advokatura to‘g‘risidagi ilm to‘laqonli mustaqil yuridik ilm bo‘lib, huquqni muhofaza qilish faoliyatini o‘rganuvchi ilmlar doirasiga kiradi. Ilm va o‘quv yo‘nalishi sifatida u o‘z predmetiga va o‘zining ilmiy uslublariga ega va boshqa, tarmoqlararo, tarmoq va amaliy xarakterdagi yuridik ilmlar hamda o‘quv yo‘nalishlari bilan o‘zaro aloqa va o‘zaro munosabatlarga ega.
Download 62,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish