1-amaliy mashg’ulot. Mavzu: O’quv jarayonini tashkil etish va didaktik tamoyillar. Ishning maqsadi



Download 73 Kb.
bet1/5
Sana14.11.2022
Hajmi73 Kb.
#865558
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’quv jarayonini tashkil etish va di


1-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: O’quv jarayonini tashkil etish va didaktik tamoyillar.
Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, O’quv jarayonini tashkil etish, dars va uning turlari bo’yicha ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash.
Kutilayotgan natija:

  • O’quv jarayonini tashkil etish ko’nikmalariga ega bo’ladi

  • Dars va uning turlari tushunchasiga ega bo’ladi.

Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, fan dasturlari, ishchi fan dasturlari, texnologik xaritalar, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.
Topshiriqlar:

  1. Ta’limni tashkil etish shakllari.

  2. Darsning mavzusini ta’riflash va maqsadini tushuntirish.

  3. O’tgan darsda uyga bеrilgan vazifalarni tеkshirish.

  4. Yangi matеrialni bayon qilish va o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlash.

  5. O’tilgan o‘quv matеrialini takrorlash va uni mashq yoki amaliy ishlar bilan mustahkamlash.

  6. O’rganilgan matеrialni suhbat tarzida takrorlash.

  7. O‘quvchilar bilimini tеkshirish va baholash {dars davomida takrorlash yoki uy vazifasini tеkshirish paytida qanday amalga oshirish mumkin),

  8. Darsni yakunlash.

  9. Uyga vazifa bеrish va uni tushuntirish.

Qisqacha nazariy qism.
Ta'limni tashkil etish shakllari.
Ta'limni tashkil etish shakli – bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
1) individual;
2) sinf-dars;
3) ma’ruza-seminar.
O’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.
XVI asrdan boshlab individual o’qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G’arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qo’llanilgan va u sinf-dars shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jhatdan asoslab berildi va ommalashtirildi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, yevropada Mangeym tizimi).
Yevropa va AQShda XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
ХIII асрда birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi yuzaga kela boshladi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hyech bir katta o’zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi.

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish