1-amaliy mashgʻulot


-§. Metrologik nazorat natijalarini III sxema bo‘yicha e’tirof etish



Download 380,95 Kb.
bet6/7
Sana08.06.2022
Hajmi380,95 Kb.
#643889
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 amaliy mashg'ulot Akkreditlash va muvofiqlikni baholash

3-§. Metrologik nazorat natijalarini III sxema bo‘yicha e’tirof etish
41. Metrologik nazorat natijalarini III sxema bo‘yicha e’tirof etish import qilinayotgan o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va o‘lchovlarni bajarish metodikalarini O‘zbekiston Respublikasida metrologik nazoratdan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan boshqa holatlarda amalga oshiriladi.
42. Metrologik nazorat natijalarini III sxema bo‘yicha e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni vakolatli organ tomonidan ekspertiza qilish natijalarini tahlil qilish asosida “O‘zstandart” agentligi tomonidan qabul qilinadi.
43. Quyidagilar o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va o‘lchovlarni bajarish metodikalarini metrologik nazorat qilish natijalarini e’tirof etish shartlari hisoblanadi:
metrologik nazoratni akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar (markazlar) yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning ushbu ishlarning turlarini o‘tkazishga vakolatli organlari tomonidan o‘tkazish;
o‘lchovlar vositalarining va standart namunalarning xalqaro etalonlargacha izchilligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasida ularning metrologik nazoratini o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan holatlarda ariza beruvchining o‘lchov vositalari, sinov vositalari va standart namunalarning keyingi (davriy) metrologik nazoratini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari;
metrologik nazorat natijalarini o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni yetkazib berish komplektiga kiradigan hujjatlar bilan tasdiqlash.
44. Ariza beruvchi vakolatli organga o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va o‘lchovlarni bajarish metodikalarini metrologik nazorat qilish natijalarini e’tirof etish yuzasidan ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha buyurtmanoma taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
metrologik nazorat natijalarini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi yoki uning ishlab chiqaruvchi mamlakatning metrologiya bo‘yicha milliy organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
o‘lchovlarni bajarish metodikalarining asl nusxasi yoki ularning asl nusxasini saqlovchi muhri bilan tasdiqlangan nusxasi;
o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va o‘lchovlarni bajarish metodikalarining metrologik nazoratini o‘tkazgan organning akkreditatsiya qilinganligini yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatning akkreditatsiya qilingan organ yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning metrologiya bo‘yicha milliy organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va o‘lchovlarni bajarish metodikalarining keyingi (davriy) metrologik nazoratini o‘tkazish majburiyati to‘g‘risidagi kafolat xati.
45. Vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarni 3 ish kuni mobaynida ekspertizadan o‘tkazadi va natijalarni metrologik nazorat ishlari natijalarini e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun “O‘zstandart” agentligiga yuboradi yoki ariza beruvchiga e’tirof etishning rasman asoslangan holdagi hujjatini beradi.
46. “O‘zstandart” agentligi tomonidan vakolatli organ taqdim etgan hujjatlar puxta o‘rganib chiqiladi va 3 ish kuni mobaynida metrologik nazorat natijalarini e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi yoki e’tirof etish rasman asoslangan holda rad etiladi.
47. Metrologik nazorat natijalarini e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda “O‘zstandart” agentligi 5 ish kuni mobaynida e’tirof etishdan o‘tgan o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini, standart namunalarni va o‘lchovlarni bajarish metodikalarini davlat reyestriga kiritadi, vakolatli organ ushbu Nizomning 9 — 14-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha metrologik nazorat natijalarini e’tirof etish sertifikatini rasmiylashtiradi.

Download 380,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish