1 “Bank xisobi” fanining maksadi, predmeti va vazifalari. Boshqa fanlar bilan bog‘liqligi


Banklarda mijozlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish, qayta sanash va inkassatsiya qilingan naqd pul tushumlarining buxgalteriya xisobi



Download 139,74 Kb.
bet36/36
Sana11.06.2023
Hajmi139,74 Kb.
#950594
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
eeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeee

Banklarda mijozlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish, qayta sanash va inkassatsiya qilingan naqd pul tushumlarining buxgalteriya xisobi.

Hozirgi kunda mijozlar tomonidan bankka topshirilishi lozim bo‘lgan naqd pul tushumi inkassatorlar tomonidan shartnomaga asosan belgilangan vaqtda inkassasiya qilinadi va bankka topshiriladi.


Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim ro’yxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga, ikkinchi nusxasi esa bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim ro’yxati asosida quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi:

  1. inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo’yicha mablag‘lar shu bank mijoziga tegishli bo’lsa:

Debet 19903 – «Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar»
Kredit 20200 Hisobvarag‘ nomerini mustaqil ko‘rsating

  1. inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo’yicha mablag‘lar boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli bo‘lsa: Debet 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”

Kredit 29804 – “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”.
Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari belgilangan tartibda sanab bo‘lgandan keyin, naqd pul mablag‘lari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida naqd pul mablag‘larining ortiqcha ekanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bajariladi:
Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 29816 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa, u mijozning hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet 29816 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit 20200 – (Har bir mulkchilik shakli bo‘yicha)
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari boshqa bank mijoziga tegishli bo‘lsa, shartnomaga asosan 29804 – “Boshqa bank mijoz larining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘iga orqali boshqa bankka o‘tkazib beriladi.
Qayta sanash kassasida naqd pullar sanalganda kamomad aniqlanishi mumkin. Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag‘lari kam chiqqanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 19935 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar”
Kredit 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa va u mijoz bilan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshirildi.
Kredit 19935- «Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomad Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.

  1. Bank tomonidan chakana amaliyotlar kassalarini tashkil etish tartibi. Bankomatlarga doir operatsiyalarning buxgalteriya xisobini yuritish tartibi.

  2. Aylanma kassada yakun chiqarish, kunlik kassa xujjatlarini taxlash tartibi. Pul omborida naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishini nazorat o‘rnatish va taftish qilish tartibi.

Download 139,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish