1-bob. Jismoniy tarbiya va sportning davlat dasturi darajasida ko’tarilishii



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana25.04.2023
Hajmi0,95 Mb.
#931506
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davakang

Kurs ishining hajmi
. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 paragraf, xulosa, 
foydalanilgan manbalar va adabiyotlar roʻyxatidan iborat bolib, kurs ishining 
umumiy hajmi .........betni tashkil qiladi. 



1-bob. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING DAVLAT DASTURI 
DARAJASIGA KO’TARILISHII 
1.1. Yuksak natijalari yo’lidagi ilk qadamlar 
O’zbekiston brinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 31 avgustdagi 
Farmoniga 
asosan 
mustaqil 
Respublika 
deb 
rasmiy 
ravishda 
e'lon 
qilindi. Mustaqillik, erkin fikr yuritish, adolat va teng huquqlik yurtdoshlarimizga 
yangi baxt-saodat keltirdi. Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o'zining 
haqli ravishdagi milliy maqomiga ega bo'ldi. 
Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy 
tarbiya va sport ham o'z o'rni va mavqeiga egadir. Bunda brinchi Prezident 
I.A.Karimov va hukumatimizning g'amxo'rligi olqishga sazovordir. 
O’zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti mustaqillikka erishish va 
uning istiqbolida aholi salomatligining o'ta qimmatliligini va unga ega bo'lish 
yo'llarini katta ko'tarinkilik bilan izhor qilib bergan, ya'ni: «Bizning zaminimiz 
polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma 
joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o'zining salomatligi haqida 
shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni 
saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak», - deb haqli 
ravishda aytgan. 
Mustaqil O’zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada 
rivojlantirishga asos bo'luvchi eng muhim tadbirlar ko'rilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi 
qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha aholining sog'lig'ini mustahkamlash, ularning 
jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berish 
kafolatlarini berdi. «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni 2000 yil 26 
mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi. 
2015 yil 5 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport 
to'g'risida»gi qonunining uchinchi Yangi tahriri qabul qilindi. Bu Qonun 8 ta bob va 
47 moddalardan iborat. O’zbekiston mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport 
ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha 



o'sdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-
do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. 
Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi 
qonun, qator qarorlarni amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning 
natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va 
sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar 
mazmunida namoyon bo'lmoqda. 
O’zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo'yicha 
xalqaro turnirlar o'tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga 
egadir. Ayniqsa, «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to'g'risida»gi O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 
maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga 
katta mas'uliyatlarni yukladi. Shu asosida aholining barcha tabaqalari va ishlab 
chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, o'quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va 
sportni keng yo'lga qo'yish masalalari jiddiy vazifa bo'lib qolmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi brinchi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil 
martda «Sog'lom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha 
ta'lim-tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a'lo darajada xizmat qilgan xodimlar, 
rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo'shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar 
berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya 
o'qituvchilari, BO'SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas'ul 
xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda. O’zbekiston Respublikasining brinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning «Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 
isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida»gi Farmoni (1997 yil 
10 oktyabr), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 
maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog'lom avlod» davlat dasturi» 
ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo'nalishi tibbiyot, ta'lim, 
mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog'liqni 
yaxshilash bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, 
mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan 



tadbirlarni maqsadli o'tkazish ko'zda tutildi. «Sog'lom ona va sog'lom bola» shiori 
ustuvor bo'lishi ta'kidlangan. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida 
munosib o'rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi. Mustaqillik yillarida 
O’zbekiston sportchilari ko’pgina nufuzli xalqaro sport musobaqalarida faol 
ishtirok etib kelmoqdalar. 
O’zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lgan 
emas. Sharq va g'arb mamlakatlari bilan sport aloqalar u yoki bu darajada olib 
borilgan bo'lsada, u ham faqat sho'rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida 
o'tkazilgan. 
Xalqaro sport va olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit'alarda turli xil 
sport musobaqalari, qit'a o'yinlarining o'tkazilishi, jahon chempionatlari va 
Olimpiya o'yinlarining an'anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini 
rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan. 
O’zbekistonda 
yangilanishlar 
jarayoni 
mamlakatimizni 
birinchi 
Prezidentining «Qonunlar o’zgarishlar jarayonlaridan avval yurishi kerak», degan 
metodologik ko’rsatmasi asosida amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki 
yillarida O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi 
Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning Yangi tahriri 2000 yil 26 mayda 
tasdiqlandi. O’zbekiston xukumatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish 
huquqiy-me’yoriy asoslari Konstitutsiya va xalqaro huquq normalariga mos 
ravishda yaratildi. 
Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga 
qaratilgan amaliy ishlar natijasida: 

jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, ommaviy-sport ishlari va milliy sport 
turlari rivojlantirildi; 

jismoniy tarbiya va sport sohasini mablag’ bilan ta’minlash tizimi 
takomillashtirildi, nodavlat sektor rivojlantirildi; 

jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi; 


10 

milliy ta’lim dasturiga binoan jismoniy tarbiya va sport sohasiga 
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari yo’lga qo’yildi. 
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishini to’rtta asosiy 
yo’nalishlarda kuzatish mumkin: ommaviy sport, bolalar sporti, xotin-qizlar sporti, 
yuqori natijalar sporti.
Ommaviy sport. Aholini ommaviy tarzda qamrab oladigan musobaqalar 
orqali barcha ijtimoiy qatlamga mansub aholi vakillari sportga jalb qilinmoqda. Har 
yili yoshlar, ishchi va xizmatchilar, madaniyat, huquq-tartibot, mudofaa xodimlari 
o’rtasida “Kamolot kubogi”, milliy o’yinlar bo’yicha “Alpomish” sport 
musobaqalari, yoshlarning “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari, ayollarning 
“To’maris” sport festivali, nogironlarning “Jasorat-iroda-g’alaba” sport 
musobaqalari, o’quvchi va talabalarning uzluksiz sport musobaqalari muntazam 
o’tkazilmoqda.
Sportning ommaviy o’yin turi – futbolni yanada rivojlantirish maqsadida 
barcha viloyatlar va shahar markazlaridagi stadionlar qayta ta’mirlandi, futbol 
maydonlari rekonstruktsiya qilindi, futbol maktab-internatlari tashkil etildi, futbolni 
professional klublar tizimiga o’tkazilishining asosiy tamoyillari belgilandi. 
Sportning o’yin turlari qatorida katta tennis mamlakatimizning barcha 
hududlarida ommaviy ravishda, tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Mamlakat aholisi o’rtasida tennisni targ’ib etish, shug’ullanuvchilarga 
tegishli sharoitlar yaratish maqsadida 1998 yilda Vazirlar Mahkamasining " 
O’zbekistonda tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori 
qabul qilindi. Unga muvofiq, bir necha yilda jahon andozalari talablariga javob 
beradigan tennis kortlari bunyod etildi, ular negizida turli darajadagi xalqaro 
musobaqalar o’tkazilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportni ommaviy axborot vositalari 
orqali keng targ’ib qilish, uning mohiyatini mamlakat aholisiga etkazish maqsadida, 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yilda "Ommaviy sport targ’ibotini yanada 
kuchaytirish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida"gi qarori qabul qilinib, unga 
binoan, O’zbekiston televideniesida maxsus "Sport" kanali tashkil etildi. Yosh 
avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash, sog’lom turmush tarzini 


11 
shakllantirish va sportga mehr-muhabbatni rivojlantirish, joylarda bolalar sportining 
moddiy-texnik bazasini yaratish, zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini 
barpo etish, sport uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash ishlarini yanada 
faollashtirish maqsadida 2002 yil oktyabr' oyida “O’zbekiston Bolalar sportini 
rivojlantirish 
jamg’armasi” 
tuzildi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti Jamg’arma homiylik kengashining raisi etib saylandi. 
O'zbekiston Respublikasi sport terma jamoasi har yili o'z tarkibini 
kengaytirib, xalqaro maydonda tobora mustahkam va yuqori o'rinlarni egallab 
kelmoqda. Mamlakat sportchilarining yutuqlari yosh respublikaning xalqaro 
maydondagi obro'sini mustahkamlashga katta hissa qo'shmoqda. Milliy bayroq 
ranglarini himoya qiluvchi yosh yigitlar va qizlar, individual va o'yin fanlari 
mutaxassislari vakillik forumlarida ajoyib tayyorgarlik va ajoyib mahoratni 
namoyish etib, boy sport an'analariga ega bo'lgan mamlakatni ifoda etishlarini aniq 
tasdiqlaydilar. 
Jismoniy tarbiya va professional sport sohasidagi marralarni zabt etishning 
jiddiy turlari haqiqatan ham katta kuch, munosib munosabat va katta moddiy 
harakatlarni talab qilishiga rozi bo'lish kerak. Faqatgina ushbu muhim tarkibiy 
qismlar mavjud bo'lganda, siz turli darajadagi startlarda sportchilarning ta'sirchan 
yutuqlariga ishonishingiz, kelajakda sport fathlarining barqarorligi uchun hisob-
kitoblarni amalga oshirishingiz kerak. 
Ko'pgina mamlakatlarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, milliy sport va 
jismoniy tarbiya taqdiriga davlat tomonidan g'amxo'rlik qilish, albatta, ko'p foyda 
keltiradi. Axir, ijtimoiy sohadagi ushbu maqolalarni qo'llab-quvvatlash, birinchi 
navbatda, jamiyatning bolalar, o'smirlar va yoshlar muhitini ma'naviy-jismoniy 
tiklash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
1
 
1
Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.


12 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish