1. bob. Madaniy tadbirlarning ahamiyati va ularda protehnik vositalar bilan ishlash Madaniy tadbirlar va ularning ahamiyati


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 250,5 Kb.
bet2/10
Sana26.06.2022
Hajmi250,5 Kb.
#705466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hilola kurs ishi

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadlaridan biri bu mamlakatimiz tarqqiyotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar va shular qatorida madaniy tadbirlarga berilayotgan e`tibor, ularning bugundagi ko`rinishi va bayramlar haqida chiqayotgan qaror va qonunlarni yoritib, asoslab berishdan iborat.


Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. Kurs ishini yoritish jarayonida o`tmishda nishonlanib va bugunda ham qadrlanib kelinayotgan bayramlarimizda va ularning madaniy ahamiyatini o`rganish hamda unda foydalanilayotgan zamonaviy texnik vositalar va interfeyslar va protexnik vositalarning bu tadbirlarninig yoritishda va insonlarga estetik baxsh etishini nechog`lik ahamiyatli ekani o`rgatadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

1.BOB. Madaniy tadbirlar ularning ahamiyati va ularda protehnik vositalar biln ishlash


1.1. Madaniy tadbirlar va ularning ahamiyati


Prezidentimiz Sh.Miziyoyevning “ Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun ”2 deb bejizga aytib o`tmaganlar. Hozirgi kunda faqatgina madaniyat sohasida emas balki, barcha sohalarda tub islohotlar olib borilayotgan davrda ushbu sohalar ham chetda qolmadi. Yangi davr, yangi mazmun va yangi shakl an`analarining paydo bo'lishi, mustaqil xalqning quvonchli daqiqalarini tantana qilishga imkon beradigan, yangi tadbirlar yaratishni taqazo etadi. Jumladan, istiqlolni sharaflaydigan "Mustaqillik bayrami", tadbiri hayotimizning bosh qonunini targ'ib etadigan "Konstitutsiya" kuni rasmiy tadbirlar sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Endilikda kelajak avlodni tarbiyalashda alohida ro'l o'ynayotgan sharafli kasb egalari mehnatini ulug'laydigan "O'qituvchilar va murabbiylar kuni", o'tgan ajdodlar yodini esga olishga bag'ishlangan "Xotirlash va qadrlash kuni" tadbirlari mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.
Madaniy-ma’rifiy tadbirlar asosan aholining madaniy saviyasini oshirish, dam olishini ta’minlash maqsadlarini ko’zlagan holda o’tkaziladi.
Bu borada an’anaviy bayram va tadbirlar bilan bir qatorda turli xil zamonaviy shou tadbirlari, intellektual o’yinlar va ko’rik tanlovlar o’tkazilmoqda.
Xususan, hozirgi kunda nodavlat notijorat tashkilotlarda tashkil etiladigan va o’tkaziladigan madaniy-ma’rifiy va ko’ngilochar tadbirlarni shartli ravishda quyidagi turlarga yoki yo’nalishlarga ajratish mumkin:
-sport musobaqalari;
-ekskursiyalar;
-sahna ko’rinishlari;
-bayram tadbirlari;
-tantanali marosimlar;
- to’garaklar;
- viktorinalar;
- intellektual o’yinlar;
- loyihalar;
- ko’rik-tanlovlar.
Albatta, madaniy tadbirlar havaskorlik ijodisiz vujudga kelmaydi. Tadbir tayyorlashda qatnashadigan barcha kishilarning faoliyati – bu, so`zsiz, badiiy ijodning bir ko`rinishidir. Lekin “Ommani havaskorlik ijodiga jalb qilish” deganda, biz tadbir tayyorlovchilarning faoliyatini nazarda tutib qolmasdan, balki tomoshabin sifatida kelgan ommani faollashtirishni, ularni umumiy harakat qatnashchisiga aylantirishni ham tushunmog`imiz lozim.
Ko`pgina badiiy-ommaviy ish shakllarida, ayniqsa, bayramlar va xalq an`analarida, bu jarayon uchun keng qulayliklar mavjud. Madaniy tadbirlarni tayyorlash jarayonida yuqorida qayd etilgan funktsiyani bajarishda ma`lum ish shaklining o`ziga xos tashkiliy xususiyatlariga murojaat etish muhim o`rin tutadi. Chunki har xil ish shaklini tashkil etishda bu funktsiyalardan birdek foydalanilavermaydi. Ba`zi shakllarda ko`proq axborot beriladi, ba`zilari asosan dam olish uchun xizmat qiladi va boshqalari ko`proq madaniy-ijodiy jarayonga qatnashtirishga yordam beradi. Binobarin, siz bilan bizga ma’lumki, har bir muassasalarning, tashkilotlarning, korxonalarning, madaniy ma’rifiy muassasalar, dam olish joylar, istirohat bog‘lar, teatrlar, kontsert zallari, hozirgi kunda ko‘p bor tilga oliniyotgan hammamiz uchun aziz bo‘lgan zamonoviy to‘yxonalar, hamda shuningdek o‘quv maskanlarida o‘tkazilib keliniyotgan ko`ngil ochar xordiqiy tadbirlarni mazmunli va ko`ngildagidek o‘tkazish uchun kerakli ma’lumotlarni to‘liq olish uchun mutaxassislar kerakligi, bu ishlarni o‘rgatish uchun o‘zbek tilida maxsus adabiyotlar nashr etilmagani sababli yuqorida ko‘rsatilgan barcha joylarda va o‘quv yurtlarida zamonoviy texnik vositalardan foydalanish ishlari to‘laligicha amalga oshirilmayapti bu ishlarni amalga oshirish uchun esa yuqorida aytib o‘tiliyotgan yaxshi mutaxassislar tomonidan yozilgan adabiyotlar va turli xil qo‘llanmalar kerakligi haqiqatga aylanmoqda.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan madaniy - ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorida Madaniy tadbirlarda zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish kerak bu esa insonlarda ko‘rish, eshitish, zavq qilish, madaniy dam olish, madaniy xordiqiy tadbirlarda bevosita ishtirok etish bilan bir qatorda, aqlni charxlaydi, texnik moslamalarning tuzilishi ishlash imkonini o‘rgatadi, estetik didni shakllantiradi, san’at asarlarini tushunish va qadriga yetishni o‘rgatadi, mehnatga hurmat ila qarash bilan birga unga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalaydi, mehnat qilish ko‘nikmalarini egallashda yordam beradi.
Madaniy-ma’rifiy faoliyati muassasalari yoshlarning sevimli maskani sifatida ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-siyosiy, badiiy xavaskorlik ishlarni va bо‘sh vaqtini mazmunli uyushtirishda muhim rol o’ynamoqda.
Tadbirlar real hayotning o`zini tashkil qilishi bilan birga, undagi muhim voqealarni o`z mazmuniga singdiradi. Ularning mohiyatini ochish va ahamiyatini yoritish uchun ta`sirchan vositalarga murojaat qiladi. Tadbirda mazmun ma`lum bir kompozitsion tuzilish holatiga keltirilishi uchun undagi barcha bayon qilish va ta`sirchan vositalar ham bir-birlari bilan birlashtiriladi, uyg`unlashtiriladi. Aks holda, tadbirning mazmuni puch, shakli esa samarasiz bo`lib qolishi mumkin. Ma`lumki, tadbirlar agitatsiya va propaganda hamda axborot xarakteriga egadir. Tadbirlarda agitatsiya, propaganda va axborot materiallari «quruq» va zerikarli bo`lib qolmasligi, ya`ni yuqoridagi xarakterli xususiyatning yo`qolmasligi uchun ularni mantiq talab qilgan ta`sirchan vositalar bilan badiiy boyitish lozim. Notiqning og`zaki nutqini yoki tadbirdagi hujjatli informatsion materiallarni badiiy vositalar bilan birlashtirish - bu tadbirning ta`sirchanligini va samaradorligini oshirib borish demakdir. Xuddi shunday yo`l bilan vositalarning sintezlashishi natijasida ta`sirchanligi kuchli bo`lgan badiiy agitatsiya va propaganda vujudga keladi.
A. V. Lunacharskiy “ badiiy targ‘ibot va tashviqotning ommaga ta`sir o`tkazishdagi rolini yuksak baholab, targ‘ibot va tashviqotni badiiy vositalar bilan boyitish va san`at shakllariga targ‘ibot xarakter berish kerakligini bir necha bor ta`kidlagan ”3 edi.
Tadbirlardagi targ‘ibot-tashviqot axborotlarini san`at vositalari bilan bog`lash darajasi ikki xil yo`l yoki metod bilan belgilanadi:
Badiiy-ommaviy tadbirlarning beshinchi navbatdagi muhim xususiyati — bu ommani tadbir qatnashchisiga aylantirishdir.
Madaniy-oqartuv muassasalarida uyushtiriladigan tadbirlarni ommaviy deb atashning boyisi shundan iboratki, u omma uchun uyushtiriladi va ommaning ishtirokida o`tadi. Agar teatr, kino hamda televizorda asar qatnashchilari va tomoshabinlar o`rtasida ko`rinmas «devor» mavjud bo`lib, omma faqat tomoshabin rolini bajaradigan bo`lsa, badiiy-ommaviy tadbirlarda esa ommaning aktiv ishtiroki ko`zda tutiladi. Muayyan tadbir mahalliy aholi hayotining ma`lum daqiqasi bo`lganligi uchun unda omma ma`lum voqeaga o`z fikr va munosabatini bildiruvchi kishilar sifatida qatnashadi.
Albatta, tadbirda hammani birday faol qatnashtirish qiyin. Uning asosiy qatnashchilari - oldindan belgilab qo`yilgan badiiy havaskorlik kollektivlarining a`zolari hamda so`zga chiqadigan kishilardir.
Lekin tadbir tashkilotchisi bu asosiy qatnashchilar bilan kifoyalanib qolmasdan, balki ommani ham faollashtirish, tadbir ishtirokchisiga aylantirish yo`llaridan foydalanmog`i lozim.
San`at - odamni tomoshabin yoki tinglovchi bo`lib qolganda emas, balki u ommaviy harakatda faol ishtirok etganda o`ziga hammadan ko`proq qamrab oladi, - deb ta`kidlagandi N. K. Krupskaya. Bu jarayon badiiy-ommaviy tadbirlarning ham o`ziga xos xususiyati bo`lib, ijtimoiy hayotni bunyod etuvchi bo‘lgan xalqni ijodiy jarayonga biriktirib, ularning ijtimoiy-madaniy faolligini oshiradi.
1.1. Madaniy tadbirlarda protehnik vositalar bilan ishlash

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchilarini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’limini isloh qilish alohida o`rin tutadi.


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek “Xalqimizning ma’naviy – madaniyati, uning tarixi va o`ziga xosligi qayta tiklanayotgan jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo`lidan muvafaqqiyatli ravishda olg’a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joyiz bo`lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”4.
Shunga ko`ra bozor iqtisodiyoti sharoitida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturining” mohiyati, shakllari, yo`nalishlari, qonuniyatlari va bularga mavjud xususiyatlar kabilarni aniqlash, o`rganish, tadqiqot olib borish hozirgi iqtisodiy va amaliyotimiz uchun juda dolzarb vazifadir.
Ayniqsa bu muxit kadrlar tayyorlashning maqsadi va yo`nalishlarini va xususiyatlarini ochib berishi lozim.
Bugunga kelib madaniy va ma’rifiy muassasalarda, ommaviy dam olish joylarida, kulub va teatrlarda, istirohat bog’lar va parklarda, o`qitish va o`qish muassasalarida, ko`ngil ochar joylarda, odamlar gavjum bo`ladigan ko`chalarimizda va hokoza maskanlar, korxonalar, tashkilotlarda “Madaniy- xordiqiy tadbirlarda texnik vositalar”dan foydalanishga juda kata e`tibor berish vaqti allaqachon yetib keldi.
Hozirgi kunga kelib madaniy va ma’rifiy muassasalarda “Madaniy- xordiqiy tadbirlarda texnik vositalar”dan foydalanishni yaxshi yo`lga qo`yish bizning madaniyatimiz va madaniy ma’rifiy boyliklarimizni, urf-odatlarimizni, ma’rosimlarimizni dunyoga tanitishda yoshlarga yetkazishda katta ahamiyatga ega.
Bizga ma’lumki, texnik vositalar orqali bezatish o`ziga yarasha san’atning ko`p turlari bilan omuxta bo`lib ketadi va shuning uchun talabalarda mehnatga, ishga ijodiy munosabatda bo`lishdek vazifani bajaradi, ularni ma’naviy tomondan boyitadi.
Texnik vositalar orqali, san’at sohasidagi hozirgi zamon hayotining turli xil sohalarini, har xil voqealarni tematik jihatdan butunlay qamrab olishi kerak.
Bugungi kunda texnik vositalarning yangicha usullari bilan bezatish ishi davlatning tashqi va ichki siyosatini, xalqning mehnatdagi yutuqlarini, mamlakatning tarixiy o`tmishini, ilmiy, badiiy hayotidagi yangiliklarni, tabiatni va boshqalarni ifodalash bilan bir qatorda insonlar uchun eng zarur bo`lgan madaniy ma’rifiy tadbirlarda o`zining turli xil qirralari bilan inson uchun xizmat qilishi kerak.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlaganidek, «Yurtimizda yashayotgan har bir inson, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‘lib voyaga yetishi uchun keng jamoatchilik va aholimiz o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‘tarishning ahamiyati beqiyosdir»5 .
Yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda tadbirning quruq o`zigina kamlik qiladi albatta, bunda texnik vositalarning o`rni ham beqiyosdir. Tadbir uchun turli shakllar yordami bilan bezatilgan va alohida e’tibor bilan qaralishni talab qiladigan elektron ko`rgazmalar, did bilan bezatilgan va professional darajada mehnat talab qilinadigan ko`chalar va bog’larga, korxona yoki muassasa eshigidan kiraverishdagi did bilan o`rnatilgan elektron reklama panolar, millatimz milliy qaxramonlari, ta’sirchan qilib o`rnatilgan ajdodlarimizning yodgorliklari, mehnat va harbiy jasorat kabi mavzulardagi turli xil elektron chiroqlar yordamida tashkil etilgan elektron panno va stendlar, binoning joylashishi tasvirlangan elektron sxema va hokazolar zamonaviy texnik vositalarning turli shakllari va turlari yordamida bezatilishi tarbiyaviy jihatdan katta yordam beradi. Texnik vositalar orqali did bilan bezatilgan texnik bezatish ishlari talaba yoshlar bilan olib boriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy ishning eng muhim maqsadlarini amalga oshirishga, ya’ni o`g’il va qizlarda dunyoqarash asoslarini, ijtimoiy aktivlikni, ongni intizomni, madaniy xulq-atvorni tarkib toptirishga, xuquqiy bilimlarni, mehnatga ijtimoiy mulkka munosabatni, kasb tanlashga intilishni shakllantirishga, badiiy qobiliyatni o`stirishga xizmat qilish kerak.
Go`zallik insonni yaxshilikga boshlaydi ayniqsa o`sib kelayotgan kelajagimiz yoshlar bugungi kunni ertangidanda kishi ilg’ab bo`lmaydigan darajada yaxshillikga o`zgariyotganini albatta ko`rib bilib yashaydi.
Bugungi kun yoshlari ham sir emas, ayniqsa inson uchun hayot ta’rizida eng kerakli bo`lgan dam olishni ya’ni ertaga bugundan yaxshiroq ishlash uchun, yaxshi o`qishlari uchun, kayfiati a’lo bo`lishi uchun, ish unumi o`sishi uchun, hatto sog’ligi a’lo bo`lishini xoxlab yashashlarini bekitishdan tortinmaydilar.
Bunung uchun biz madaniy xordiqiy tadbirlarni ya’niy dam olishni tashkil etivchi mutaxassislarning ishlariga bir nazar tashlashimiz, shu bilan birga ularning bu oson bo`lmagan o`ta qiyin va ma’suliyatli ishlarini naqadar qiyinligini ko`z oldimizdan o`tkazishimiz kerak bo`ladi.
Faraz qiling hammamiz uchun sevimli bo`lgan, ayniqsa bolajonlarimizning orzuqib kutub yashaydigan kun, bu albatta Yangi yil bayrami.
Yangi yil bayrami faqat xonodonlarimizda emas balkim dam olish joylarida, bog’u sayilgohlarda, ishxona va korxonalarda, madaniy-ma’rifiy muassasalarda keng ko`lamda nishonlanadi va o`tqaziladi.
Yangi yil tadbirini o`tkazish uchun judda qimmat bo`lgan zamonaviy texnika vositalari
( Katta kichik hajmdagi ovoz kuchaytirgichlar, har xil rang barang chiroqlar, prjektorlar, lazerlar, nur va tutun tarqatuvchi elektr moslamalar, yonib uchuvchi maxsus dasturlarlashtirilgan elektron panolar, maxsus dasturlar orqali ishlaydigan elektron reklama peshtaxtalari, turli xil telemonitorlar, JKlar va turli xil pirotexnik moslamalar, rang barang feyerverklar, maxsus dastur asosida masofadan turib boshqariladigan ertak qahramonlari.)
Albatta eng asosiysi, bayramlarimizda esda qolarli daqiqalarni hadya etuvchi turli xil zamonaviy texnika vositalari bo`lib xizmat qiladi.

Download 250,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish