1-bob. Matn ustida ishlash usullari


-bob. Matn ustida ishlash usullari



Download 98,94 Kb.
bet2/17
Sana30.04.2022
Hajmi98,94 Kb.
#595531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Xurboyeva Mohiniso. BMI

1-bob. Matn ustida ishlash usullari
Millat tafakkurini rivojlantiruvchi, undagi milliy mafkura, ma’naviy barka-mollik, intelektual salohiyatini ko’rsatib turuvchi asosiy mezon tildir. Til barqaror hodisa, nutq esa beqaror-vaqtinchalik, u alohida shaxsning muayyan makon va za-mondagi individual-intelektual ko’rsatkichlari: ilmiy-ijodiy tafakkuri aloqa-arala-shuv, ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlarini kafolatlovchi, xususiy muloqot, ta’sir va aks ta’sir natijasini voqealantiruvchi bosh vosita sanaladi. Insoniyatning ijtimoiy-siyo-siy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan ilmiy manbalarni avlodlarga meros qilib qoldi-rish uchun birdan-bir, yagona imkoniyat­- til, matn esa kashfiyotdir.
Til umumiyligi, matn esa xususiyligi bilan go’zal; til ijtimoiy muloqot mah-suli, matn- ijodiy tafakkur mahsuli: Hazrati inson yaratiqlarining majoziy ramzi, aks sadosidir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida davlat ta’lim standartlarining ish-lab chiqilishi, umumiy o’rta ta’lim yo’nalishi, maktab ona tili va adabiyoti o’qituv-chilari oldiga ulkan vazifalarni qo’ymoqda. O’sayotgan avlodning mustaqil va ijo-diy fikr egasi, ixcham va go’zal nutq sohibi, nutqiy sharoitni to’g’ri baholay oladi-gan tadbirkor, vatan taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan, ma’naviy barkamol kishi-lar bo’lib yetishishni ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus va kasb-hunar tizimi ta’limning bosh maqsadi hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’limini o’rganishda asosiy maqsad kommunikativ savod-xonlikni rivojlantirish, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, qiroat va suxandonlik san’atidan boxabar, og’zaki nutq hamda matn yaratish ko’nikmalarini mukammal egallagan ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
O’zbek tili ta’limida o’quvchilarning kommunikativ savodxonligini ta’min-lash, so’z boyligini oshirish, nutqiy mahoratini shakllantirish, o’quvchilarning mu-omala-muloqot san’atidan xabardor qilish, turli mazmun va shakllardagi munshaot matnlari, badiiy ramziy matnlar ustida, ijodiy ishlash, egallagan bilim, ko’nikma, malakalar asosida kichik matnlar, monolog va diologlar tuzish orqali o’quvchini mustaqil matn yaratishga o’rgatish kabi ijobiy o’quv motivlarini hosil qilishdan iborat bo’lib, u o’qish va ona tili ta’limi samaradorligini oshirishning eng muhim va zarur omillaridan biri hisoblanadi.
Zero, mustaqil yaratilgan matn o’quvchi tafakkuri, intellektual qobiliya-tining voqealanishi, tugal bir mazmunning o’quvchi tomonidan kashf etilishi, yuza-ga chiqishidir.
Matnlar o’zining qator xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. O’quvchi matn ustida ishlar ekan, turli murakkablik,qiyinchiliklarga duch keladi, muammoli vaziyatdan chiqish, uning yechimlarini topish yo’llarini qidiradi. Matn ustida ish-lash faoliyati faqat darslikda berilganlaridan chegaralanib qolmasdan, ilmiy va ba-diiy adabiyot, davriy matbuotdan tanlab olingan matnlar, audio-videolavhalar usti-da ishlash ham o’quvchilar uchun qiziqarli va zavqli bo’lishi tabiiy.
Boshlang’ich sinf darslarida matn ustida ishlash usullari bag’oyat xilma-xil. Biz quyida ularning ayrimlari xususida fikr yuritamiz.
Matn ustida ishlashning grammatik usuli, ya’ni an’anaviy amaliyot usuli qu-yidagi bosqichlardan tashkil topgan:
1. Berilgan matndan o’rganiladigan mavzuga oid so’zlarni ajratish, ularni so’z turkumlari bo’yicha guruhlash, so’z yasovchi, o’zgartiruvchi va shakl yasovchi qo’shimchalarni guruhlash.
2. Matndagi sodda gaplardan qo’shma gaplar hosil qilish, aksincha, qo’shma gaplarni soddalashtirish.
3. Ajratilgan sodda va qo’shma gaplarni sintaktik tahlil qilish.
4. Matndagi qo’shma gaplarni ajratish, turlarini aniqlash.
5. Berilgan gap morfologik yoki sintaktik tahlil qilish v.h.
Matn ustida ishlashning ijodiy usuli, ya’ni yangilanayotgan amaliyot usuli qu-yidagi bosqichlardan tashkil topgan:
1. Matnda ajratib ko’rsatilgan so’zlarni ibora va tasviriy ifodalar bilan almash-tirish, ularning lug’aviy ma’nosini aniqlash va sharhlash.
2. Ajratilgan so’zlarga ma’nodosh, uyadosh, shakldosh, va zid ma’noli so’zlar topish va ularning lug’aviy ma’nosini sharhlash.
3. Ilmiy uslubdagi matnni badiiy uslubdagi matnga aylantirish.
4. Matnning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish.
5. Matndagi gaplarni kengaytirish (ixchamlash).
6. Boshlanish qismi berilgan matnni davom ettirish.
7. Muammoli matn ustida ishlash va yechimini topish.
8. Berilgan so’z (so’z birikma, gap ) asosida mustaqil matn yaratish.
9. Berilgan elektron tasvir (rasm, chizma, jadval) asosida badiiy (ilmiy, tasviriy nazmiy) matn yaratish v.h.
Tabiiyki, ijtimoiy jamiyatda yashovchi har bir shaxs yoshligidanoq o’zaro muloqot, muloqot jarayonida fikrlash va fikr ifodalash zaruriyatini chuqur his qila-di. Insonning ma’naviy hayoti mazmunini tashkil etuvchi asosiy manba – nutqiy muloqot hisoblanishicha, insoniyat erishgan taraqqiyot, madaniy merosni keyingi avlodlarga yaxlit holda yetkazishning eng ishonchli yo’li, ijodiy tafakkur mahsu-lini yozma ifodalash - mustaqil matn yaratish malakasini egallashdir.
Bunday malakaga ega bo’lishning birinchi sharti - o’quvchilarni tayyor matn ustida ishlashga o’rgatish,matn tarkibida mavjud bo’lgan mantiqiy va uslubiy nuq-sonlarni qiyinchiliksiz aniqlash va bartaraf etish, matn mazmuni, shakli va uslubini turfa yo’nalishda qayta ishlash (ixchamlash, kengaytirish, matn tilini boyitish, epigraf, sitata, ibora va tasviriy vosita, maqol, hikmatli so’zlar kiritish ) ko’nikma-larini shakllantirish, matnni tahlil qilish va tahrir qilish yo’llarini o’rganishga yo’-naltirishdir. Grammatik shakllarni o’rganishdan maqsad - o’rganilayotgan insoniy qonuniyatni nutq tarkibida tahlil qilishni nazarda tutadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarida mustaqil matn yaratish ko’-nikmalarinining shakllanishida topshiriqli mashqlar tizimida foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday topshiriqlar o’quv maqsadiga ko’ra 2 turga bo’linadi:

  1. Ta’limiy mashqlar.

  2. Nazorat mashqlari.

Bajarilish o’rniga ko’ra sinf ishlari va uy ishlari farqlanadi.
Fikr ifodalash shakliga ko’ra og’zaki va yozma, analitik, analitik-sintetik va sintetik mashqlar uchraydi.
Bog’lanishli nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardagi topshiriqlar tay-yor va yaratilajak matnlar ustida olib boriladigan o’quv faoliyatini o’z ichiga oladi.
Analitik xarakterdagi tayyor matnlar ustida ishlashda quyidagi o’quv topshi-riqlaridan foydalanish mumkin.
- tanlangan matnga sarlavha toping.
- kirish so’z ( asosiy qismini, xulosani )ni ixchamlash.
-berilgan matnda mavjud bo’lgan imloviy xatolarni to’g’rilang.
-gaplardagi so’z tartibi, tinish belgilarining ishlatilishida yo’l qo’yilgan xato-larni tuzatimg.
- uslubiy va imloviy xatoli matnlar ustida ishlang.
- berilgan matndan kengaytirilishi ( ixchamlanishi ) mumkin bo’lgan gaplarni toping va kengaytiring.
- berilgan matndan noo’rin ishlatilgan so’zlar, so’z birikmalari, sitatalarni to-ping va bartaraf qiling.
- berilgan matnga mos keladigan maqol, hikmatli so’zlar, iboralar va tasviriy ifodalar toping. Ularni matn tarkibiga kiriting.
- berilgan matn bilan tuzatilgan matnni qiyosiy tahlil qiling.
- nima uchun matnda berilgan so’zni almashtirganingizni isbotlang.
-siz kiritgan tuzatish matn uchun zarurligini isbotlang v.h.
O’quvchi ongida matn ustida ishlash ko’nikmalarini shakllantirish jarayoni ta’-limda o’ta muhim va mas’uliyatli davr bo’lib, unda o’quvchi monologik va diolo-gik matn turlarini o’rganish bilan birga matn ustida ishlash mahoratini egallashga ham yo’naltiriladi. Matn ustida ishlash , avvalo, o’quvchidan matn va uning turlari, matn qismlarining o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini aniqlash, matn tarkibi, uning qurilishi, uslubi, tili haqida muayyan bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish-likni talab qiladi. Matn bilan yuzma-yuz bo’lgan 8-9- sinf o’quvchilari uning qaysi matn turiga kirishini qiyinchiliksiz farqlashi, matnning tarkibiy qismlari – kirish, asosiy qism, xulosaning mavjudligi, matnning qaysi turga mansubligini bir qarash-da bilishi lozim bo’ladi. Quyida 5-9-sinflar o’zbak tili ta’limida o’rganiladigan mo-nologik matn turlari va uning xususiy jihatlarining qisqacha tasnifi keltirildi:

  1. Rivoyat matn (Sharq faylasuflarining ilmiy merosi, axloqiy tarbiya va ma’naviy- ma’rifiy dunyoqarashlar, ibora, hikmatli so’z va maqollarning kelib chiqishi, etimologiyasi talqini v.h.);

  2. Tasviriy matn ( tevarak-atrof, daraxt, bino, gulzor, maktab bog’i, oshxona-si, rasmlar, narsa- buyumlar tasviri);

  3. Muhokama matn (ilmiy asar, badiiy kitob, shaxsning individual xususiyat-lari, yurish-turishi, xulq-odobi, muomala-madaniyati, biror sohaga qiziqi-shi borasida munosabat bildirish v.h.);

  4. Ilmiy- grammatik matn. O’zbek tili fani bo’limlari va mavzulari, ularning ilmiy talqini, kommunikativ jadvallar v.h;

  5. Ma’rifiy matn. Mashhur shaxslar hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyatini elektron tasvir orqali yoritish, ularning tarjimai holi, yaratgan ilmiy yangiliklari, san’at asarlari madaniy merosi haqida to’xtalish v.h ;

  6. Iqtisodiy matn. Muayyan kasb-hunar, ilm-fan, texnikaga oid xususiy atamalar ishtirokida, ma’lum maqsad (ma’lumot, axborot, ma’ruza )aniq soha yo’nalishida yaratilgan matn v.h;

  7. Munshaot matnlari: Rasmiy hujjat matnlari; Shaxsiy hujjatlar: ariza, tilxat, bildirishnoma, shartnoma, qarordan ko’chirma, taqriz; Davlat hujjatlari: lit-senziya, guvohnoma, diplom;

  8. Nazmiy matnlar: bayt, to’rtlik, sakkizlil, she’r, tuyuq, qo’shiq, o’lan, dos-ton, poema, muvashshak v.h.

An’anaviy ta’limning kammahsul, tahliliy usullaridan voz kechib yangi – o’quvchi-ta’lim- o’qituvchi tizimiga o’tish, ta’lim jarayonini ilg’or o’quv texno-logiyasi yutuqlariga asoslangan, zamonaviy didaktik materiallar( rangli slaydlar, muayyan o’quv dasturi kiritilgan disketlar: audio-video kasetalar v.h.) bilan qurol-lantirish, o’quvchilarni jahon ta’lim standartlari talabiga mos keladigan yangi av-lod darsliklari va dasturlari bilan ta’minlash, o’quvchilarda mustaqil matn yaratish jarayonini jadallashtirish va shunday ko’nikmalarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Matn ustida ishlash va matn yaratishga tayyorgarlik ko’rish jarayonida umu-miy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari DTS talablari asosida quyidagi bilim, ko’nik-ma, malakalarni egallashi lozim bo’ladi:
- o’rganilgan matnda ifodalangan asosiy fikrni anglab yetish;
- mustaqil o’qilgan matndan mantiqiy xulosa chiqarishni bilish;
- o’rganib chiqilgan yoki o’zi mustaqil yaratgan matnning turi, tili va uslubini aniqlash;
- munshaot matnlarni farqlash va ularni to’g’ri tuzish;
- matn tarkibini, uning uslubiy jihatlarini shakllantiruvchi, gaplarni o’zaro bog’lovchi til vositalarini tanlash va ularni o’rinli qo’llash;
- uslubiy nuqsonli gapni muxtassar va mukammal holatga keltira bilish;
- matn yaratish jarayonida so’z birikmalaridan, ibora va tasviriy ifodalardan, maqol va hikmatli so’zlardan unumli foydalana bilish;
- berilgan bir muayyan mavzu yuzasidan ilmiy, badiiy publitsistik, rasmiy, so’zlashuv uslublaridan kichik matnlar yarata olish;
- tayyor matnni tahrir, tahlil qila olish;
- matn mazmuniga munosabar bildirilgan kichik taqriz, tavsiya, takliflar yoza olish;
- elektron didaktik slayd va kommunikativ jadvallarni ilmiy, ilmiy-badiiy us-lubda tasniflash va ulardan mavzu bo’yicha ilmiy matnlar tuzishdan foydalanish;
- berilgan birgina so’zdan foydalanib, o’z nutqiy alohiyatini sinash;
- o’quvchiga mustaqil fikrlash va yozma fikr ifodalash mahorati, o’zi egallagan bilim, ko’nikma, malakalari darajasini aniqlash va baholashni o’rgatish;
- madaniy muloqot ko’nikmalarini egallash va mazkur mavzuda turli uslubda matn yaratishni bilish.



Download 98,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish