1-bob. Matn ustida ishlash usullari



Download 98,94 Kb.
bet9/17
Sana30.04.2022
Hajmi98,94 Kb.
#595531
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Xurboyeva Mohiniso. BMI

Kitobni targ’ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiriladi.

  • Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchilarning o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi.

  • STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi.

    O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yak-ka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.


    2.2. BOLALAR ADABIYOTI NASRIY JANRINING RIVOJLANISHI.
    Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namuna-laridan boshlanadi. Bolalar adabiyoti ni bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik Bolalar adabiyoti ga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.
    Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlari-ning oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratil-gan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila bosh-laydi.
    Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.
    Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiy-ning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "Mantiq ut-tayr" va "Mahbub ul-qulub" asarlari, Xojaning "Miftoh ul-adl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek bolalar adabiyotining mumtoz namunalari boʻlib, pand-nasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
    Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda ,asosan, maʼrifat-parvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek Bolalar adabiyoti ning barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa oʻnlab maʼrifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning tom maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyoti ga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir.
    Oʻzbek bolalar adabiyoti Jahon bolalar adabiyoti ning ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon bolalar adabiyoti ning nodir namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom togʻaning kulbasi" (Bicher Stou), "Soʻna" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi.
    Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga kiri-tildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xusu-siyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-asrning 20—30- yillarida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻay-ratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va boshqa ijodkorlarning asarlari oʻzbek bolalar adabiyoti ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
    Oʻzbek bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Joʻraning "Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30- yillarda oʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
    40—60- yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchi-larining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.
    Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitob-xonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvir-ning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.
    50—60- yillarda Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "Oʻtmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Koʻrgan kechir-ganlarim" qissalari nasriy bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariqdevni minib", "Sariq dev-ning oʻlimi" asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin oldi. Bular koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "Sunmas chaqmoqlar", "Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb muammola-rini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor qozondi.
    80- yillar bolalar adabiyotida Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.
    Bolalar adabiyoti da badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar bolalar adabiyoti ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq bolalar adabi-yoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, yigirmanchi asr boshlarida oʻzbek bolalar adabiyotida koʻproq maʼrifat-parvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30- yillar bolalar adabiyotida realistik adabi-yot tamoyillari ustuvor, 50-60- yillar bolalar adabiyotida sarguzasht fantastik ada-biyot elementlari kuchaydi. 80- yillar bolalar adabiyotida psixologizmning kucha-yishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
    Oʻzbek bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asar-larida haqiqiy oʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.
    Bolalar adabiyotining oʻziga xosliklari, uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Masalan, yigirmanchi asr boshlari bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiy-tashvi-qiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar bolalar adabiyotida koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60- yillar bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam bolalar adabiyotiga aylandi. 70—80- yillar bolalar adabiyoti namuna-laridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90- yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanpar-varlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.
    Hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotida sheʼriyat rivojlangani kabi nasrda ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan yangi avlodlari kamol topdi. Ayniqsa, hikoyachilik oʻsdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqara-shiga toʻla javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Shukur Saʼdulla, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Turgʻunboy Gʻoipov, Rahmat Azizxoʻjayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar Barnoyev, Abusaid Koʻchimov, Anvar Obidjon va boshqalarning oʻnlab hikoyalar toʻplamlari bosilib chiqdi.
    Juda koʻp hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari oʻz ifodasini topmoqda. Shodmonbek Otaboyevning “Itolgʻi” hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish, ardoqlashga qaratilgan. Itolgʻi chumchuq va chugʻurchuqlarni tutib olib yeydigan qush. Shukurali aka Itolgʻini jiyani Shavkatga sovgʻa qiladi. Shavkat uzum qoʻriq-lashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush ularnikida oʻzini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda Shavkatning otasi bu qush ozod va erkinlikni qoʻmsayotganligini tushuntiradi. Shavkat qushlarni yaxshi koʻradigan, rahmdil bola. U Itolgʻini qafasda uch kun zoʻrgʻa ushlab turadi. Qafasda qush emas, oʻzi oʻtirgandek boʻladi va Itolgʻini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga “rahmat” degandek parvoz qilib ketadi.
    Bolalar qissachiligida ham koʻplab yaxshi asarlar yaratildi. Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan boʻlsak, ularning soni nihoyatda oʻsdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, Shukur Saʼdulla, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Habib Poʻlatov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon, Shukur Xolmirzayev, Oqiljon Husanov, Marva Jaloliddinova, Asad Dilmurod, Abusaid Koʻchimov, Ergash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
    Bu davr bolalar qissachiligining mavzu doirasi juda kengaydi. Kattalarning mehnati, ularning jasoratlari (“Yonar daryo”), ikkinchi jahon urushida ishtirok etish (“Rustamjonning sarguzashtlari”), tobora gullab-yashnab borayotgan goʻzal shaharlarimiz va bagʻrikeng, insonparvar odamlarimiz (“Komandirning boshidan kechirganlari”), oʻtmishda zulmkorlarga qarshi kurash, baxtli va yorugʻ kun uchun intilish (“Kachal polvon”), ikkinchi jahon urushi davrida bolalar hayoti va ularning daladagi faoliyati (“Changalzordagi sharpa”), chorvadorlarga koʻmak (“Oq otli”), oʻquvchilarning dalachilik brigadalari (“Zamon”), shoʻx va oʻzboshimcha bolalar, ularning qayta tarbiyasi (“Bizning roman”) kabi mavzular bu davr qissachiligida yetakchi oʻrinda turadi.
    Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika janrlari ham rivoj topdi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev (“Sariq devni minib”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Shirin qovunlar mamlakatida”), Hojiakbar Shayxov (“Samo mahvaridagi namo-yish”, “Shom kamari”, “Ajdodlar xotirasi”), Mahkam Mahmudov (“Teskari koʻzlar sayyorasi”), Anvar Obidjon (“0099 nomerli yolgʻonchi”, “Dahshatli meshpol-von”), Olloyor (“Fazogir chumoli”), Oqiljon Husanov (“Togʻda oʻsgan bola”) va boshqalar bu janrda samarali ijod qilmoqdalar.
    Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol oʻynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Poʻlat Moʻmin, Mamarasul Boboyev, Turgʻunboy Gʻoyipov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajon-larning pesalari oʻzining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qoʻshib kelmoqda.
    Hozirgi zamon oʻzbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar adabiyotshu-nosligi va adabiy tanqid ham pogʻonama-pogʻona oʻsdi, rivojlandi. Bir qator darslik, qoʻllanma, majmua, monografiya, kitoblar yozildi. Oʻnlab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Shu zaylda hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda. U yangi yozuvchilar, yangi asarlar bilan tobora boyib bormoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bu adabiyot mustaqil Oʻzbekisto-nimizning tobora gullab yashnashi uchun xizmat qilmoqda.

    Download 98,94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish