1. Boshqaruv psixologiyasining ijtimoiy psixologik jixatlari Guruhlarda rahbarlik va liderlik Liderlik uslublari haqida tushuncha



Download 45,16 Kb.
bet1/10
Sana31.12.2021
Hajmi45,16 Kb.
#259997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Liderlikni namoyon etish Mavlonbek. M




LIDERNI NAMOYON BO’LISH IMKONIYATLARI

REJA :


1. Boshqaruv psixologiyasining ijtimoiy psixologik jixatlari

2. Guruhlarda rahbarlik va liderlik

3. Liderlik uslublari haqida tushuncha

4. Rahbarlik sifatlari

5. Shaxsni o’rganishning Ijtimoiy psixologiya uchun o’ziga xosligi

6. Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari

7. Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik harakteristikasi

8. Shaxs va guruh muammosi

9. Muomala jarayonida liderlikni qo’lga olish va o’zaro ta’sir mexanizmi


BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK JIXATLARI


Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana shu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy xamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o’ziga xos intilish, laekat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o’rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida Ijtimoiy psixologiya alohida o’rin egallaydi.

Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birgan u uta navkiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi bilan e’tirof etilsa, u o`z uslubieti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so`z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Umumiy holda, hozirgi kunda Ijtimoiy psixologiya predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda xamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, goyalar, his-tuygular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda o’ziga o’xshash shaxslar bilan urnatadigan murakkab o’zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo`ladigan xodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish Ijtimoiy psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, Ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.

O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublika Prezidenti I.A. Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakaviy kadrlarni tayorlashda Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida alohida o’rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo`lish uchun shaxs nafaqat o`z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayor bo’lmogi, ijtimoiy faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamogi zarur. Boshqaruv, marketing va menejment sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi-jamiyatda soglom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish Yo’lidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtboshimiz ta’kidlaganidek, Ijtimoiy psixologiya va umuman, ijtimoiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar moxiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o’rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o’ziga va o’zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o’rganish eng dolzarb masalalardandir.

Ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga aloqador psixik xodisalarni o’rgangani uchun ham bevosita davrga bog’liqdir. Shuning uchun ham Taniqli fransuz olimi Serj Maskovisi: "Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita jamiyat belgilaydi", deb yozgan edi. Demak, fan sifatida Ijtimoiy psixologiyaning oldida turgan vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chiqadi. Ayniqsa, hozirgi jumxuriyatimiz mustaqil bo`lib, jamiyatimizda keskin ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berayotgan pallada ijtimoiy-psixologik darajada hal qilinishi lozim bo`lgan vazifalar har kachongidan ham muhim bo`lib turibdi. Bugungi kunimizda Ijtimoiy psixologiya uchun muhim - dolzarb bo’lmagan muammoning o’zi yo’qligini isbot qilinmoqda. Bu narsa ishlab chiqarishni boshqarishga ham, yangicha bozor iqtisodieti sharoitida odamlar o’rtasidagi munosabatlar, ular tafakkurini, tasavvurlarini o’zgarishiga ham, yangi insonni tarbiyalash sohasiga ham taalluqlidir.

Ijtimoiy psixologiyaning vazifalaridan kelib chiqib, uning bahs mavzuini o`z ichiga olgan sohalar yoki ob’ektlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.

1. Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot ob’ektlariga odamlarni guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o’rganish, kichik guruhlarning psixologik to’zilishi, ularga ro’y beradigan dinamik jarayonlar (uyushkoklik, o’zaro moslik va xoka’zolar); guruhlardagi peshkadamlik va boshqarish psixologiyasi; konformizm xodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar o’rtasida o’zaro muloqot, o’zaro bir biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga urgatish ham guruhlar Ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.

Ushbu sohani o’rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish Ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.

2. Shaxsni ijtimoiy psixologik o’rganish. Shaxs ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, ijtimoiy motivlari, uning yo’nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiy qo’shilish omillari - sotsiallashuvi; shaxsning o`z-o’ziga bahosi, munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o’rganiladi.

3. Ommaviy ijtimoiy psixologik xodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy xodisalar deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o’zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, akidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o’zaro ta’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab ijtimoiy xodisalar sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni boshqarishning ahamiyati benixoyat kattadir.

4. Oila-Ijtimoiy psixologiyaning o’rganish ob’ekti sifatida.

Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikoxdagi o’zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy-psixologik metodlari o’rganiladi.

5. Ijtimoiy tasavurlar Ijtimoiy psixologiyaning o’rganish ob’ektidir.

Ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs xulq-atvorini turli ijtimoiy vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik mexanizmdir. Ular individual va ijtimoiy ong o’rtasidagi o’ziga xos psixologik ko’prik bo`lib, bizning kundalik hayot tarzimiz, ob’ektiv borliqni tushunish va anglashning muhim vositasidir. Har bir shaxsdagi ijtimoiy tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish mumkin:turli ijtimoiy guruhlar haqidagi tasavvurlar, din va boshqa konfessiyalar haqidagi tasavvurlar; fan va ilmiy tushuncha haqidagi tasavvurlar; shaxsni bevosita urab turgan ijtimoiy muxit - oila, oilaviy rollar, xulq-atvor normalari, etika haqidagi tasavvurlar; madaniyat va madaniy kadriyatlar; nixoyat, shaxsning o`z "Meni" haqidagi obrazlar tizimi. Ijtimoiy psixolog qanday ilmiy tadqiqot olib bormasin, u albatta ijtimoiy tasavvurlarning biror sohasiga murojaat qiladi.

Ijtimoiy tasavvurlarni o’rganish va tarixiga murojaat qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, bu konsepsiya Fransiya psixologik maktabiga taalluqlidir. Uning asoschisi Emil Dyurkgeym bo`lib, u o’zining sotsiologik qarashlari tizimida ijtimoiy tasavvurlarni"ijtimoiy fakt"eki obrazlar tarzida talkin yotgan. Uning keyingi izdoshlari bo`lgan Franzuz olimlari S. Moskovisi, D. Jadeli, Kodol, Arbik, V. Duaz, M-J. Shombar de Lov va boshqa tasavvurlarning ijtimoiy tabiati, ularning hayotdagi o’rni, ahamiyati, to’zilishi va o’zgarishi masalasida qator ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirib, ijtimoiy tasavvurlar haqida o’ziga xos nazariyalar yaratdilar. Ularning asosiy tadqiqot usullariga anketa, kontent-analiz, suhbat metodlari kirib, shu oddiy metodlar yerdamida fransuzlarning shahar haqidagi, freydizm haqidagi, din haqidagi tasavvurlaridan tortib, katta - ijtimoiy guruhlar ayollar, erkaklar va bolalar haqidagi tasavvurlarini tadkik qiladilar. Oxirgi yillarda kognitivizm yo’nalishi doirasida ushbu konsepsiyaning hayotiyligi isbotlanmoqda va butun dunyo psixologlari bu nazariyani tan olmoqdalar. O’zbek etnopsixologlari ham O’zbek halqining ijtimoiy tasavvurlari haqida konsepsiya yaratishlari zarur.

Ajratilgan vazifalardan eng muhimi shuki, hozirgi davrda Ijtimoiy psixologiya o’zi bilan bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan xamkorlikda keskin o’zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u bu o’zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.
Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o’rganiladi, jumladan, falsafa, tarix, iqtisod, huquqshunoslik va psixologiya uning o’ziga xos tomonlarini ochish bilan shug’ullanadi. Psixologiya boshqarishning ham ob’ekti, ham sub’ektini o’rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o’rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob’ekti deb aytiladi. Boshqaruvning sub’ekti o’rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.

Psixologiya ko’prok boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o’rganadi va shu asosda buysunuvchilar ishlarini samarali tashqil etish, aniq va to’g’ri karorlar chiqarish uchun qanday psixologik holat va jarayonlarni o’zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni yechadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar boshlik majlis olib borayotgan bo’lsa, har bir so`zga chikuvchilarning fikrlari, ma’ruzalari va xoka’zolar orqali ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqariladi, kabo’l qilingan karorlarga ko’ra boshlikning va buysunuvchilarning har biriga alohida ilmiy ko’rsatmalar va maslaxatlar beriladi.

Boshqaruv psixologiyasi boshlik faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning extieji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, kaysi individual xususiyatlariga ko’ra u boshlik darajasiga ko’tarildi, ishni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning kay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta’sir ko’rsatish maqsadida u ta’sir uslublarini qo’llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshlik bo`lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har xil:kimdir unga berilajak huquqlarni afzal ko’radi, kimgadir yo’qsak mas’uliyatlarni bo’yinga olish ma’qo’l keladi. Shaxslarning boshlik funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma xil bo’lmasin, boshlikdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga Yo’llash, ularga bosh bo`lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obruga ega bo`lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o`z buyniga olish kabi ko’plab sifatlarning mujassam bo`lishi talab qilinadi.

Ayniqsa, boshlik uchun turli guruhlardagi, ko’p holda bir boshlik uchun bir vaqtning o’zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo munosabatlarning harakteriga javobgar bo`lish qiyinchiliklar tugdiradi, chunki usha guruhlarni tashqil yotgan har bir shaxsning o’ziga xos individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvo’rining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi boshlikdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik faxm-farosatning va sabr-kanoatning bo`lishini talab qiladi. Shuning uchun ham kundalik xayotimizda, ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan "lider" va "boshlik" tushunchalarining psixologik mazmunlarini analiz qilib chiqish maqsadga muvofiqdir.



Download 45,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish