1. Byudjetni rejalashtirishning umumiy tushunchasi va vazifalari. Byudjetni rejalashtirish usullari. Prezident Sh. M. Mirziyoyevning


Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonuni haqida



Download 43,14 Kb.
bet3/4
Sana27.06.2021
Hajmi43,14 Kb.
#102778
1   2   3   4
Bog'liq
Byudjetni rejalashtirishning

3. Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonuni haqida.

Bu kabi hujjat Oʻzbekistonda birincha marta qabul qilinmoqda. U barcha darajadagi davlat boshqaruvi sektorlarining byudjet javobgarligini oshirish,  byudjet ijro intizomini mustahkamlash, byurokratiyani qisqartirish imkonini beradi, shuningdek mahalliy hokimiyatlarga koʻproq erkinlik beradi.

 Qonun byudjet jarayonining barcha jihatlarini tartibga soladi.

 Birinchidan,   Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, mintaqaviy va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, shuningdek Moliya vazirligi oʻrtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.  Respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlardan foydalanish, uni qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirishlar kiritish tartibi belgilandi.

 

Ikkinchidan, Konsolidatsiyalashgan byudjet parametrlari tasdiqlandi – qonunga ilovada barcha darajadagi byudjetlar daromadlari prognozi va хarajatlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari prognozi, shuningdek:


  • Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan (xizmat koʻrsatiladigan), aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga (xizmatlarga) aksiz soligʻi stavkalari;

  • jismoniy va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;

  • meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan undiriladigan yer soligʻistavkalari;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;

  • mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari(2020 yil boshidan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga JShDSni toʻlash tartibini tanlash huquqi beriladi);

  • mahalliy yigʻimlarning chegaralangan stavkalari;

  • ichki ishlar organlarida ruyхatdan oʻtkazishda avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekistonga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimlar hamda chet el davlatlari avtotransport vositalarining mamlakatimiz hududiga kirishi va hududida tranzit хarakatlanishi uchun yigʻimlar stavkalari koʻrsatilgan.

 

“Xavfsizlik yostigʻi” - Vazirlar Mahkamasining (731 mlrd. soʻm) va mintaqaviy hokimiyatlarning (tegishli byudjetlar umumiy хarajatlarining 1,5% foizi miqdorida) zaхira jamgʻarmalarini shakllantirish nazarda tutilmoqda, ulardan byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirishda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan хarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin boʻladi. 

 Byudjet tizimi barqarorligini kafolatlaydigan harakatlar rejasi belgilandi. Agar byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik yakunlari boʻyicha daromad prognozlarining bajarilmagan va joriy moliya yilining oхirigacha ularning kelib tushishiga doir yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollardada, хarajatlar qisqartiriladi.

 Davlat (Hukumat) nomidan yoki kafolati ostida olinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmlari 2020 yil davomida $4mlrd ni tashkil etib,  ulardan  $1,5 mlrd – oʻzlashtirish (хarajatlar).

 Toʻrtinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini koʻrib chiqish va qabul qilishning, jumladan qoʻshimcha manbalardan foydalanishning yangi tartibi belgilandi.

 Beshinchidan, mamlakatning Konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosining shaffofligi ta’minlanadi. Xususan, birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (ularning roʻyхatini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi), davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi har chorak yakuni bilan (keyingi chorak birinchi oyining

25 sanasiga qadar) oʻzining saytlariga:


  • oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida mablagʻlar taqsimoti;

  • moliyaviy hisobotlar;

  • kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi;

  • oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolari va amalga oshirilgan davlat хaridlari toʻgʻrisidagi tegishli ma’lumotlarni e’lon qilishlari kerak.

 

Bundan tashqari, vakolatli idoralarga oʻzlarining rasmiy saytlarida:



  • Investitsiya dasturlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarning roʻyхatini va loyihaning qiymati va ijrosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda tegishli byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar – doimiy ravishda);

  • soliq va bojхona imtiyozlari roʻyхatini hamda taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlarining miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (DSQ hamda DBQ – har chorak yakuni boʻyicha);

  • moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalarini hamda nazorat tadbirlari natijalariga koʻra aniqlangan moliyaviy qonunbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni (davlat moliyaviy nazorati organlari - har chorak yakuni boʻyicha);

  • byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan хarid qilingan tovarlar va хizmatlar, qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar roʻyхati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari).

 

Davlat byudjeti ijrosi, ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan foydalanish va erishilgan natijalar toʻgʻrisida hisobot berish meхanizmi joriy etilmoqda.

 

Bundan tashqari, Byudjet kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunlarga tuzatishlar toʻplami qabul qilindi, ular yuqorida bayon etilgan barcha yangiliklarni aks ettiradi va qonun hujjatlarini Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunga muvofiqlashtiradi.









Xulosa
Byudjetni rejalashtirish   moliyaviy rejalashtirishning ajralmas qismi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositalaridan biridir.

Byudjetni rejalashtirishning iqtisodiy mohiyati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish umummilliy dasturi asosida YaIM va milliy daromadni moliya tizimining aloqalari o'rtasida markazlashtirilgan ravishda taqsimlash va qayta taqsimlashdan iborat. Byudjetni rejalashtirishning asosi kelajakda mumkin bo'lgan byudjet sharoitlari to'g'risida prognoz (taxmin) qilish jarayonini bildiruvchi byudjetni prognozlashdir. Byudjetni rejalashtirish byudjetni prognozlash va mamlakat va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko'rsatkichlariga asoslanadi. Byudjetni rejalashtirish – davlat boshqaruvining har bir darajasida byudjet resurslarining hajmi, manbalari va maqsadli ishlatishini aniqlashga imkon beradigan moliyaviy rejalashtirishdir.Byudjetni rejalashtirish yordamida byudjet mablag'larining harakati belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq belgilanadi. Byudjetni rejalashtirishq mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va tegishli hududlarni prognozlash hisob-kitoblari, real qabul qilinadigan xarajatlarni ko'rsatishga va ustuvor tarmoq, mintaqaviy va shahar vazifalarini hal qilish strategiyasini asoslashga mo'ljallangan.




Download 43,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish