1-dars Kirish. Fors tili fanining maqsad va vazifalari. Fors tili haqida ma’lumot. Arab alifbosi bilan tanishish. Yozuv tarixi to’g’risida ma’lumot. Fors tili alifbosining xos jihatlari


Fors tilining yangi davr taraqqiyot bocqichi



Download 183,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.06.2022
Hajmi183,24 Kb.
#669765
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 курс, узб.ф. 1мавзуъ

Fors tilining yangi davr taraqqiyot bocqichi
(IX asrdan hozirgacha bo’lgan davr) 
2
L.Xalilov «Fors -tili» . Toshkent, O’qituvchi, 1992. 


Yangi fors tili fors-tojik xalqlarining o’z mustaqil davlatlarini barpo qilish va 
o’z ona tillarida adabiyot yaratish uchun arab xalifalariga qarshi olib borgan 
kurashlari natijasida somoniylar davrida (IX-X asr) vujudga keldi.
Fors-tojik tili grammatik qurilishining barqarorligi tufayli arablar hukmronligi 
davrida assimilyatsiyaga uchramadi, o’zining grammatik qurilishini to’la-to’kis 
saqlab qolib, arab tilining leksik elementlari hisobiga lug’at tarkibini yanada boyitdi.
Fors tilining yangi davr taraqqiyot bosqichida juda ko’p boy yozma asarlar 
yaratildi. Bular, asosan, fors-tojik adabiyotining yirik vakillari tomonidan yaratilgan 
adabiy-badiiy asarlar va mashhur tarixshunoslar tomonidan yozilgan tarixiy-ilmiy 
yodgorliklardan iborat.
Bu davrda turli markazlarda bu tilda yozilgan badiiy va ilmiy asarlarni til nuqtai 
nazaridan bir-biriga qiyos qilsak, ba’zi bir leksik xususiyatlarini nazarga olmaganda
bu manbalar tilining umumiy bo’lganligini ko’ramiz.
Fors-tojik adabiyoti mumtozlari Rudakiy (X asr), Daqiqiy (X asr), Mustamliy 
Buxoriy (XII asr) Buxoroda, Firdavsiy (X-XI asr) Tusda, Umar Xayyom (XI-XII 
asr) Nishopurda, Sa’diy (XIII asr) va Hofiz (XIV asr) Sherozda, Jomiy (XV asr) 
Hirotda, Bedil (XVII asr) Hindistonda yashagan bo’lsalar ham, ular bir tilda ijod 
qilganlar. Shuningdek, o’rta asrning mashhur tarixshunoslari Bayhaqiy, Gardiziy, 
Rashiddin ham shu tilda yozganlar.
Bu davr fors-tojik tilida yaratilgan adabiyot O’rta dengizdan tortib Hindistonga 
qadar bo’lgan keng hududlarni o’z ichiga oladi va bu adabiyot eron, afg’on, tojik, 
ozarbayjon, hind va o’zbek xalqlari tomonidan yaratilgandir.
Fors tili tarixini bunday davrlarga – taraqqiyot bosqichlariga bo’lish birmuncha 
shartlidir. Til juda sekinlik bilan o’zgarib boradi. U to’satdan jiddiy o’zgarishlarga 
uchramaydi, aks holda omma uchun tushunarli bo’lmay qoladi, o’zining aloqa quroli 
bo’lishdek ulkan rolini yo’qotib qo’yadi. Shuning uchun tilning taraqqiyot davrlarini 
bir-biridan qat’iy chegaralar bilan ajratib qo’yib bo’lmaydi.
IX asrda adabiy til sifatida rasmiylashgan fors-tili o’zining hozirga qadar 
bo’lgan ming yillik taraqqiyoti davrida ancha o’zgarishlarga uchradi. Bu 
o’zgarishlar, asosan, uning lug’at tarkibida paydo bo’ldi. Ya’ni, qadimgi adabiy 


yodgorliklar tilida uchragan juda ko’p so’zlar hozirgi zamon-fors tilida uchramaydi 
va aksincha, fors tili, arab, turk-mo’g’ul hamda G’arbiy Evropa tillaridan kelib 
kirgan juda ko’p so’zlar hisobiga lug’at tarkibini boyitdi.

Download 183,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish