1. Davlatning iqtisodiyotdagi roli Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini



Download 20,05 Kb.
bet1/3
Sana28.11.2022
Hajmi20,05 Kb.
#874081
  1   2   3
Bog'liq
7 mavzu


7-MАVZU. IQTISODIY RIVOJLАNISHNI TАMINLАSHDА DАVLАTNING ROLI: USTUVOR YOʼNАLISHLАR VА VAZIFАLАR
REJA:
1. Davlatning iqtisodiyotdagi roli
2. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini
3. Bozor iqtisodiyi sharoitida iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini


1. Davlatning iqtisodiyotdagi roli

1.Davlatning iqtisodiyni tartibga solishdagi vazifasi zamonaviy bozor xoʼjaligining modellariga qarab turlicha darajali ahamiyat kasb etadi. Buni quyidagi chizmada xam koʼrishimiz mumkin:


Iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solishning obʼektiv asosi boʼlib xam milliy iqtisodiy darajasida, xam xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnattaqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.
Bu jarayon quyidagilarda namoyon boʼladi:
- chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnattaqsimoti asosida ishlab chiqarish ixtisoslashgan tarmoqlarining oʼzaro aloqasi va oʼzaro bogʼliqligi yanada kuchayadi;
- ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xoʼjalik birliklarining mayda bulaklarga ajralib ketish holatlari barxam topadi;
- ishlab chiqarishning yirik korxonalarda tuplanuvi jarayoni usadi;
- turli Iqtisodiymintaqalar oʼrtasidagi Iqtisodiyaloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.
Iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat aʼzolari extiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni taʼminlovchi, umumiy iqtisodiymuvozanatga erishishga yunaltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish buyicha faoliyati tushuniladi.
Xozirgi sharoitda iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiyoʼsishni ragʼbatlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qoʼllab-quvvatlash, eksportni ximoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi Iqtisodiy va ijtimoiy Barqarorlikni taʼminlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni oʼzgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Bu asosiy maqsaddan bir kator aniqmaqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga Iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish; milliy xoʼjaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhitholatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin.
Birinchi Prezident Islom Karimov oʼzining “Oʼzbekiston iqtisodiyislohotlarni chuqurlashtirish yoʼlida” nomli kitobida umumiy strategiya doirasida iqtisodiyni islohqilishsohasidagi muayyan strategik maqsadlarni belgilab berdi. Ularning asosiylari quyidagilardir:
1. Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyini bosqichma-bosqichshakllantirish.
2. Koʼp ukladli iqtisodiyni yaratish.
3. Korxonalar va Fuqarolarga keng iqtisodiyerkinliklar berish, ularning xoʼjalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyni boshqa rishning maʼmuriy-buyrukbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiyomillar va ragʼbatlantirish vositalaridan keng foydalanish.
4. Iqtisodiyda chuqur tarkibiy oʼzgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahoniqtisodiytizimiga kushilib borish.
5. Kishilarda yangicha Iqtisodiyfikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini oʼzgartirish, har bir kishiga oʼzmehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish.
Bu ulugʼvor maqsadlarga erishish uchun jamiyatimizni yangilash va isloh etishning xozirgi yangi bosqichida quyidagi vazifalar davlat, ijtimoiy tuzilmalar va mahalliy xokimlik idoralarining dikkat markazida turmogi, parlamentimiz qonunchilik faoliyatining asosini tashkil etmogi lozim:
I. Siyosiy sohada:
Ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, yangi maʼno-mazmun bilan boyitish, uning izchilligi va samarasini taʼminlash zarur. Bu boradagi bosh vazifalar quyidagilardan iborat:
1. Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish. Fuqarolarning siyosiy, Iqtisodiyfaolligini kuchaytirish va insonning oʼzqobiliyatini toʼla ruyobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratish. Odamlarning oʼzhoxish-irodasini erkin ifoda etishi, jamiyatimizda mavjud boʼlgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar oʼrtasidagi muvozanatni taʼminlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish.
2. Mamlakat siyosiy hayotida xakikiy maʼnodagi koʼppartiyaviylik muhiti karor topishiga erishish. Har bir partiya muayyan ijtimoiy katlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining ximoyachisi sifatida oʼzining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bulishi kerak. Unda har kaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat rivojlanishi borasidagi mukobil takliflari oʼz ifodasini topishi lozim. Аmaldagi koʼppartiyaviylik - bu har xil qarash va goyalar oʼrtasidagi baxs-munozara, turli partiyalar, jumladan, muxolif partiyalar uchun xam siyosiy raqobat maydoni.
3. Nodavlat tuzilmalar, xukumatga qarashli boʼlmagan va jamoat tashkilotlarining, Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqa rish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish.
4. Jamiyatimizda ommaviy axborot vositalarining xakikiy “toʼrtinchi xokimiyat”ga aylanishini taʼminlash.
5. Inson xuquklari va erkinliklariniyanada mustahkamlash va rivojlantirish. Oʼz xaq-xuqukini taniydigan, oʼz kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, oʼz shaxsiy manfaatlarini mamlakat va halq manfaatlari bilan uygun holdakoʼradigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish darkor.
II. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:
1. Hokimiyat tizimlari bulinishining konstitutsion printsipiga amal qilinishini taʼminlash.
2. Maʼmuriy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini kuchaytirish.
3. Kadrlar tanlashning obʼektiv tarzda ishlaydigan tizimini shakllantirish.
III. Iqtisodiysohasida:
1. Iqtisodiyning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan utkazish va Iqtisodiyislohotlarni chuqurlashtirish.
2. Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosda amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish. Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyatda tom maʼnodagi mulkdorlar sinfining koʼpchilikni tashkil etishi ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va farovonlikning kafolati boʼlib xizmat qiladi.
3. Mamlakat iqtisodiyiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yunaltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulayxuqukiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiyomillarni yanada kuchaytirish. Xorij sarmoyasining iqtisodiyimizdagi tarkibiy oʼzgarishlarda, ishlab chiqarishni texnikaviy qaytajihozlash va modernizatsiya jarayonini jadallashtirishda faol ishtirok etishiga erishmogʼimiz zarur.
4. Kichik va oʼrta biznesni ustuvor tarzda rivojlantirish. Biz kichik, oʼrta va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaritttda. nafaqat xal kiluvchi mavke egallashi, ayni vaqtda uning aholi farovonligi va daromadlari ortishida, ishsizlik muammosini yechishda xam muhim omilga aylanishiga erishmogimiz lozim.
5. Iqtisodiyda mukammal texnologik jarayonni oʼz ichiga olgan ishlab chiqarish yetakchi urinda turishi zarur. Bu jarayonda mahalliy xomashyo asosida ishlaydigan ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga asosiy eʼtibor karatilishi kerak.
IV. Maʼnaviyat sohasida:
1. Milliy kadriyatlarimizni tiklash, milliy goya va mafkoʼrani shakllantirish. Milliy, maʼnaviy kadriyatlar va xozirgi zamon sivilizatsiyasi yutuklarining uygunligidan kelib chikib milliy mafkoʼrani boyitish.
2. Mamlakatimizdagi har bir fuqaroning oʼz fikrini erkin ifoda etishi va uni ximoya kila olishini jamiyatimizda ruy berayotgan demokratik oʼzgarishlarning negiziga aylantirish.
3. Islom dinini iymon, axlok, diyonat, maʼrifat manbai sifatida kadrlab, undan garazli siyosiy maqsadlarda foydalanishni istaydigan kuchlardan ximoyalash.
4. Oila, onalar va ayollarning jamiyatdagi oʼrni va mavkeini yanada oshirish.
5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish.
6. Oʼzbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf- odat va anʼanalarini rivojlantirishga kumaklashish, ularga yaratib berilgan imkoniyat va sharoitlarni yanada kengaytirish.
7. Keksalarga xurmat, kichiklarga izzat koʼrsatishdek noyob insoniy kadriyatni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish.
V. Sud-xuquksohasida:
1. Xuquqiy davlatni shakllantirish borasida birinchi galda sabul silinishi lozim boʼlgan yangi qonun va meʼyoriy xujjatlarni aniqlash.
2. Qonun va meʼyoriy xujjatlarning soʼzsiz bajarilishini taʼminlovchi tizim yaratish uchun zarur chora-tadbirlarni koʼrish.
3. Sudning toʼlaqonli mustaqil xokimiyat tarmogi sifatidagi mustaqilligini taʼminlash uchun sud tizimini islohqilish.
4. Аholining Xuquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga saratilgan chora- tadbirlar dasturini keng koʼlamda amalga oshirishga alohida eʼtibor berish.
VI. Tashki siyosat sohasida:
1. Markaziy Osiyoda tinchlik va Barqarorlikni saqlash, xavfsizlikni taʼminlash.
2. Yaqinqushni mamlakatlar, xususan, Аfgʼonistonda tinchlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarni qoʼllab-quvvatlash.
3. Oʼzbekistonning jahon xamjamiyatiga keng miqyosda integratsiyalashuvini taʼminlash.
VII. Xavfsizlikni taʼminlash sohasida:
1. Demokratik va Iqtisodiyoʼzgarishlarni amalga oshirish, maʼnaviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, Oʼzbekistonning jahon xamjamiyati bilan xamkorligini kuchaytirishning asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini taʼminlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar oʼrtasida totuvlikni saqlash va koʼzqorachigiday asrashdir.
2. Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchligi va Barqarorligiga, mazkur mintaqada yashovchi xalqlarning xavfsizligiga daxl siluvchi tajovoʼzlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi xamjihatligini mustahkamlash, ularning bu yoʼldagi saʼy-harakatlari, imkoniyatlari va salohiyatlarini muvofitslashtirish va birlashtirish. Аrmiya, chegara va ichki qoʼshinlarimizni bosqichma-bosqich va izchil isloh etish.
3. Terrorchilikka sarshi koʼrash buyicha xalqaro markaz barpo etishga oid Oʼzbekiston tashabbusini amalga oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish.
4. Xuquq-tartibot organlari tizimini isloh etish va ularning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash.
5. Jinoyatchilikka, ekstremizm va jaholatning harqandaykoʼrinishlariga sarshi koʼrashda, umumiy xonadonimizdagi tinchlik va osoyishtalikni asrash yoʼlida aholi faolligini oshirish lozim.
Iqtisodiyni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yoʼlidagi mutsarrar jarayondir. U eng avvalo tanglik holatlariga barxam berishga qaratiladi.



Download 20,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish