1-dekabr 1- dekabr Xalqaro oits ga qarshi kurash kuni



Download 260,94 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi260,94 Kb.
#415955
Bog'liq
1-dekabr oits kuni

1-dekabr

1- dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni

Dunyo mamlakatlarning sog'liqni saqlash vazirlarining uchrashuvida OITS/OIV bo'yicha ijtimoiy sabr va axborot almashinuvini kengaytirishga undov e'lon qilinganidan so'ng, 1988 yilning 1 dekabridan e'tiboran “Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni” nishonlana boshlagan.

Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi

1981 yilning 5 iyun kuni Amerika kasalliklarni nazorat qilish markazi yangi kasallik – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromini ro'yxatga oldi.

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali namoyon boʻlmagan davr.

Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng , 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin.

Kasallikning о‘pka turida — bemorda pnevmosistli zotiljam rivojlanib, о‘pkaning ikkala bо‘limi о‘tkir yallig’lanadi, kasallik og’ir kechadi, nafas olish susayadi, nafas olganda kо‘krak qafasi og’riydi. OITSning meda-ichak kasalligi turida — surunkali ich ketish, og’iz bо‘shlig’ida, qizilо‘ngachda о‘tkir yallig’lanish va ovqatning yaxshi о‘tmasligi kuzatiladi. Bemorning vazni kamayadi, kо‘krak qafasida og’riq paydo bо‘lib ichidan qon ketadi.


OITS kasalligida markaziy asab sistemasi zararlansa, bemorning asabi buzilib eslash qobiliyati susayadi. Bemorni holsizlanish, bosh og’riq, kо‘ngil aynishlar bezovta qiladi va muskullarida atrofida kuzatiladi. Bemorlarning kaftida, barmoqlarida va oyog’ida sezuvchanlik yо‘qoladi

Teri kasalligi turida — Sarkoma Kaposha (terining rak kasalligi) kuzatiladi. Bu о‘ta xafli kasallik bо‘lib hisoblanadi. Kasallikning epidemik formasi 1980- yilda OITS bilan kasallangan yosh bemorda kuzatilgan. Bemorning terisida, limfa bezlarida, meda-ichak va о‘pkasida dog’lar yoki bо‘rtmachalar toshmalar paydo bо‘ladi. Bu suvli bо‘rtmachalar tо‘qima va suyakkacha chuqurlashib boradi, hamda qattiq og’riq bо‘lib, qon ketadi. Sarkoma Kaposha kasalligiga davo topilmagan.

Yurak mushaklari shikastlanish turida — yurakda, ko’krak sohasida og’riq his etiladi. Buyrak kasalligi turida — buyraklarda og’riqlar kuzatiladi Tо‘sh va qovurg’a suyaklarining qon ishlab chiqarish faoliyati har xil xavfli rivojlanish turi. OIV yuqqandan so‘ng, OITS kasalligining belgilari kishining yashash sharoiti va immunitetiga qarab, 3 — 5 yil, ba’zida undan ham ko‘proq vaqt o‘tgach namoyon bo‘ladi.

  • OITS bemorga dastlabki quyidagi belgilar bilan namoyon bo’lishi mumkin:
  • Uzoq vaqt ichi o‘tadi (diareya)
  • Sababsiz o‘pka shamolashlari
  • Odamning keskin ozib ketishi, tana vaznining kamayib ketishi
  • Turli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining keskin pasayib ketishi
  • Uzoq vaqt sababsiz harorat ko‘tarilishi
  • Xavfli o‘smalarning rivojlanishi

Mutaхassislar tomonidan olib borilayotgan doimiy epidemiologik taхlillar shuni ko’rsatmoqdaki, 1997 yil 28 noyabrgacha dunyo mamalkatlarida, ya’ni bu kasallikning qo’zg’atuvchisi virusini o’zlariga yuqtirib olganlarning va OITSning klinik belgilari bilan yashayotganlarning umumiy soni 30,6 millionni tashkil etdi.

Shu kungacha OITS kasalligidan o’lganlarning soni 11,7 millionga etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Butun Jaхon Sog’liqni saqlash tashkilotining OITS kasalligi bo’yicha tuzilgan dasturiga binoan bu kasallikning epidemiyasi boshlangan vaqtdan shu kungacha 2 million bolalar OITS bilan og’rigan onalardan tug’ilganlar, yuz minglab bolalar esa ularga qon quyish yoki katta yoshdagi bolalar va qizlar jinsiy aloqa tufayli kasallikning qo’zgatuvchisini o’zlariga yuqtirib olganlar.

OITS epidemiyasi boshlangan vaqtdan 3,2 milliondan ziyod bolalar bu kasallik bilan og’riganlar, ulardan 2,7 million bolalar OITS dan vafot etganlar.

Dunyoda epidemiologik vaziyatning jiddiylashib borayotganligi shundan ham ma’lum bo’lyabdiki, 1997 yilning o’zida 5,8 million kishi birinchi marotaba OITS kasalligining qo’zg’atuvchisi o’zlariga yuqtirib olganlar, 1996 yilda esa bu raqam 3,1 millionga teng edi.

Har kuni dunyo mamlakatlari bo’yicha OITS kasalligining qo’zgatuvchisini yuqtirib olganlarning soni keskin oshib bormoqda. Masalan: 1995 yilda bir kunda 5000 kishi kasallikning qo’zgatuvchisini o’zlariga yuqtirib olgan bo’lsalar, bu raqam 1996 yilda 8500 ga va 1997 yilda 16000 ga teng bo’ldi.

Dunyo bo’yicha har kuni 1000 dan ziyod bolalar OITS kasalligining qo’zg’atuvchisini o’zlariga yuqtirib olmoqdalar. OITS kasalligi keng tarqalgan mamalakatlarda bolalar o’limi 75 foizga yetishi, besh yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi esa 100 foizdan oshib ketishi bashorat qilinmoqda. 15 yoshgacha bo’lgan bolalarning 90 foizi OITS kasalligi bilan og’rigan onalardan tug’ilganlar. 9 milliondan ortiq bolalar onalarning OITS kasalligidan o’lganliklari tufayli etim bo’lib qolmoqdalar.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, OITS bilan xastalanganlar safiga har kuni 7500 nafar yangi bemor qo‘shiladi. OITS dardidan halok bo‘layotganlar esa bir kunda 5500 kishini tashkil etadi. Kasallanganlarning 70 foizi ayollardir.

Hammamiz o’z sog’ligimiz uchun o’zimiz mas’ulmiz!


Download 260,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish