1 Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi talimot


Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot



Download 26,44 Kb.
bet5/6
Sana26.10.2022
Hajmi26,44 Kb.
#856433
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotiga o\'tayotgan davlatlarning iqtisodiyotida iqt

2 Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot.
O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'»
Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar.
Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyati-mizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash.
Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga oshirilishi

Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodi-yotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish
jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ustivor yo'nalishlari Prezidentimiz I.A. Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobida ifodalab berilgan.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ikkita asosiy vazifa hal qilinadi:
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshiriladi.
Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhiti vujudga keltiriladi.
Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish esa, eng av-valo, mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli shakllariga-davlat, jamoa, xususiy va boshqa shakllariga asoslangan ko'pdan-ko'p korxonalar tashkil qilishdan iborat.
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga, yagona xalq xo'jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq monopoliya tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug'iladi. Monopoliyalashtiril-gan tuzilmalarni xususiylashtirishda ishlab chiqarishning o'zini nisbatan ixchamlashtirish, korxonalarni texnikaviy, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish loyihalarini ishlab chiqish zarur bo'ladi.
Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek, turli xil koop-erativlar, shirkatlar, ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni tashkil qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismini shakllanti-rishning ikkinchi qudratli jarayonidir.
O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib qolib, iqtisodiyotda sezilarli rol o'ynayveradi.
Shu sababli, bunday korxbnalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo'jalik yurit-ish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular tijoratlashtiri-ladi, ya'ni foyda uchun ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo'lidagi muqarrar jarayondir.
U eng awalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar -va xizmatlarning sifati va turini o'zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga bardosh-ligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o'rtasida qulay muvozanatni ta'minlashga olib keladi. Kengroq ma'noda barqarorlashtirish -bu eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini olish, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv deb ataladi. U pulning qadr-sizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga qodir bo'lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yon-dashuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investisiya faoliyatining to'xtab qolishiga olib keladi.
Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha tadbirlar bilan uzviy bog'lab olib boriladi.
Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi yondashuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or tuzilmasiga erishish uchun ustunlikka, is-tiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har to-monlama rag'batlantirish, eng muhim bo'g'inlarni aniqlash (neftn, energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo'yicha amalga oshiriladigan yondashuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga olinadi.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni qo'llab-quwatlash siyo-sati bilan birga qo'shib olib borilishi zarur.
Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat bo'ladi:
1) ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo'l qo'ymaslik;
2) boshqalardan ustun bo'lgan tarmoqlarda ishlab chiqar-ishni yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag'batlantirish;
3) davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta'minlash;
4) pulning qadrsizlanishini to'xtatish;
5) to'lov balansi va davlat valyuta rezervlarining hola-tini yaxshilash;
6) muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi tur-mush darajasini yaxshilash.
Byudjet intizomiga rioya qilish va uning kamomadini cheklash barqarorlashtirishning hal qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni barqarorlashti-rishda kredit-bank tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish ham alohida o'rin tutadi.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy valyutani mustahkamlash umummilliy vazifa hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki bozorda erkin almashinuvini ta'minlash uchun respublikada bir qator dastur-larni amalga oshirish ko'zda tutiladi.
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror ta'minlanishiga erishish. Bunda bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish va ularning umumiy hajmida respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o'ringa ega bo'ladi.
Ikkinchidan, yetarli barqaror valyuta zaxiralariga ega bo'lish. Bunga respublika eksport imkoniyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirish va ulaming jahon bozoridagi mavqeini oshirish orqali erishiladi.
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so'mni qadrlash va xalq xo'jaligiga sarflangan har bir so'mning foyda bilan qay-tishiga erishish. Buning uchun qat'iy moliya-kredit siyosatini izchillik bilan o'tkazish zarur.
To'rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyasiyaga qarshi puxta o'ylangan siyosat o'tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to'ldirish, naqd pul va kredit emissiyasining o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo'l qo'ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega.
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifasi butunlay yangi xalq xo'jalik kompleksini bunyod etishga qaratiladi. Bu esa iqtiso-diyotning tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini qayta qurish, shuning-dek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nis-batlarini tartibga solishni talab qiladi.

3 O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi.


O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi davr boshlandi.
O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-kredit munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo‘jalik korxonalarini birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar hamda ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. “Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobil zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar.Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda.
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo) mahsulotlar chiqaradi.Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport qilmoqda.O‘zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli xalq iste’moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’moli mollari, tropik va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining ayrim mahsulotlari keltiradi. Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni mamlakatlarda xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O‘zbekiston bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo‘jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, energetika, to‘qimachilik va .xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo‘natib turadi. O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda yordam berish bilan birga ular xo‘jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlashda ham samarali ko‘maklashmoqda.Respublikamizning bir qancha oliy o‘quv yurtlarida Osiyo, Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir.Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi.
Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga zamin yaratadi.Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori firmasi), Xindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. Bunday tadbirlar O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini kengaytirmoqda.
O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonda bir qancha suv inshootlari , jumladan, Jalolobod irrigasiya majmui, Sarda va Qunduz daryolaridan to‘yinadigan so‘g‘orish kanallari, suv omborlari, shuningdek sanoat korxonalari va uy-joylar qurishda, Suriyada Furot daryosiga gidrouzel bunyod etishda, Xindistonning Madras, Madxya-Pradesh va O‘ttar—Pradesh shtatlarida issiqlik elektr stansiyalari datlabki paxta tozalash sanoati, Jazoir, Gana, Mali, Indoneziya, Shri-Lanka hamda Kombodjada sholipoyalar barpo etishda ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Re5spublikasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi, Xelsinki jarayoniga qo‘shildi. U Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot bankining a’zosidir.
Endilikda Respublikamiz vakillari BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi ishida, shuningdek uning maorif, fan va madaniy masalalar bo‘yicha mutaxassisi (Yunesko), halqaro mehnat tashkiloti (Mot), sog‘liqni saqlash jahon tashkiloti (Voz), ishlarida ishtirok etmoqdalar. O‘zbekistonning savdo-sanoat palatasi Afrika–Osiyo iqtissodiy hamkorlik tashkilotining a’zosidir. Chet mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati 120ga yaqin davlatlar bilan ish olib bormoqda. Ular bilan adabiyot, san’at, sport va fan sohasida samarali hamkorlik qilmoqda.
Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar halqlarning ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa bo‘lib qo‘shilmoqda.O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda, Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi.
Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik maxsulotlari savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining “Ta’sis” texnikaviy ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti bo‘yicha jaxonda AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar va ehtiyot qismlar, rangli va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik moyi, ip gazlama.O‘zbekistonda 30dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut mahsulotlari, sariyog‘, shakar, moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmasevtika mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm, poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va rangli metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi.Mamlakat chetdan oladigan jami tovarlarning 18.2%dan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi darajasiga qarab Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining uzoq muddatli rejasi belgilangan.Respublika uchun xorijiy sarmoyadorlarni iqtisodiyotini barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb qilish, chet ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish sohasida qisqa vaqtda foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hammasi mustaqil davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib borish, xorijiy sheriklar bilan hakorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalanish imkoniyatlari yaratildi.

"O`zbekinvest" Davlat sug`urta kompaniyasi mamlakat va xorijiy investitsiyalarni sug`urtalash bo`yicha tashkilot hisoblanadi.


Davlat Soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi bojxona masalalari bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
TIFni boshqarishning tarmoq tashkilotlari TIF ni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo`linmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham muhim rol o`ynaydi. Bu tashkilotlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu idoralarning har biri o`z mas`uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning natijasi uchun javobgardir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, respublika tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar vositasida ko`tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni tayyorlaydi.
Respublika Moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va foydalanishga javobgar bo`lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi. Respublika hukumati topshirig`iga ko`ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi hisobidan qanday mablag`larni olish, o`tqazish yoki qo`yishni hal etadi. Vazirlikning valyuta boshqarmasi shuningdek respublikaning to`lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi.
Respublika Davlat soliq qo`mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi soliq solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ishtirokchilari mulkchilikning turli ko`rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo`lib oladi. SHu jumladan, qo`shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlarni tuzishga ma`lum haquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishga ruxsati bo`lgan korxona va tashkilotlarga ma`lum banklarda o`z valyuta hisoblari bo`lishga va bu mablag`lardan foydalanishga ruxsat berilagan.


Download 26,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish