1. Elektron pullarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibi O`zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi



Download 43,24 Kb.
bet1/3
Sana19.05.2023
Hajmi43,24 Kb.
#940907
  1   2   3

Amaliy mashg’ulot
1. Elektron pullarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibi
2. O`zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi.
3. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlar


JAVOBLAR:

Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlaming chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob-kitoblarda qollanilayotgan elektron pullar ko'rinishi darajasigacha yetib kelishiga sabab boldi. Albatta, bu juda uzoq davmi o‘z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda hayot kechirgan va natural xo'jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar, mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bolsa, miloddan oldingi VII - VI asrlarda metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog'oz pullar, XX asrdan esa elektron pullar iqtisodiyotga tolov vositasi sifatida kirib keldi. Demak, pul bugungi kundagi ko'rinishiga yetib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami bosib o'tgan.


Pulning turlarini o'rganishda uni asl qiymatga ega bolgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bolmagan (o'rinbosar) pul sifatida o'rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar tolov vositasini bajarganda ular o'z qiymati bo'yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan, iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo'yicha muammolar mavjud bolmagan.
Asl qiymatga ega bolmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan bir necha marta past bolib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga solinib turilishi lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi va qog'oz pullar o'zining tolov vositasi sifatidagi qobiliyatini yo'qotadi.
Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo4adi:
- nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;
- qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o'zining dastlabki qiymatini yo‘qotmaydi;
- ulami boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkin.
Biroq, natural pullaming hammasi ham yuqoridagi xossalami uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega 30 bolmagan. Masalan, bug'doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo'qotgan. Pul paydo bolgandan to hozirgi kunga qadar turli shakllarda namoyon bolgan. Xususan, ular natural, metall, qog'oz, kredit, elektron va kripto pullardan iboratdir.
Elektron pullar. Banklaming rivojlanishi, o‘zaro tolovlar va hisob-kitoblar hajmining ortishi, shuningdek, texnika va texnologiyaning takomillashuvi natijasida XX asming ikkinchi yarmidan elektron pullar vujudga keldi. Elektron pullaming tolov instrumenti bolib - plastik kartalar hisoblanadi.
Plastik karta - bu pullami naqdsiz ko‘rinishda ko'chirish yoki naqd pul ko'rinishda olish imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan chiqarilgan nomli tolov hujjat hisoblanadi. Plastik kartalar bank tizimi va undan foydalanuvchilar uchun qulaylik jihatlari juda ко‘p.
Xususan: 40 - kishi 1, 2, 3 mln so‘mni hamyonida olib yurolmaydi, lekin plastik kartada bunday muammo mavjud emas;
- hamyoningizdagi pulni yo‘qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz ulami begona shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik kartalardan begona shaxslami foydalanish imkoniyati juda chegaralangan.
Chunki ulaming maxsus paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani yo'qotgan shaxs zudlik bilan bankka xabar bersa uning hisobraqamlari boyicha tolovlami to'xtatib qo'yish mumkin;
- banklar naqd pullami tashish, saqlash, ulaming hisobini yuritish va mijozlarga berish kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ boladi;
- banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi vaqtinchalik foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‘shimcha foiz tolashi mumkin. 0‘zbekistonda plastik kartochkalami joriy qilish bo“yicha 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi.
Xususan, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 445-sonli Qarori, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ - 433 - sonli va 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni raglaatlantirish bo'yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ - 1325 - sonli qarorlari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o‘z plastik kartochkalariga ega bolib, ularning soni yildan - yilga ortib bormoqda. 0‘zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar bilan hisob-kitoblar samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
- savdo nuqtalarida plastik kartalar bilan hisob-kitoblami amalga oshirish uchun terminallami ko'paytirish;
- ish haqi va unga tenglashtirilgan mablaglami plastik kartalarga otkazish jarayonini yanada takomillashirish;
- barcha bank bolimlari boshqa banklaming plastik kartochkalari boyicha ham naqd pullami yechmlishini ta’minlash kabi ishlami yolga qo“yish lozim.
Umuman olganda, tijorat banklari o'rtasida amal qilayotgan plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar kelgusida yanada rivojlanadi, bu naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlanishiga va naqd pulli aylanmalar hajmini qisqarishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Bugungi kunda respublikamiz tijorat banklari tomonidan ko'plab bankomatlar o'rnatilib, plastik kartochkalardagi mablaglami naqd pulga aylantirish muammosi mavjud emas. Shu bilan birga, naqd pullami bank muassasalarida elektron pullarga aylantirish ham mumkin.


Ma'lumki, O'zbekiston o'z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o'zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib bormoqda. Yangi O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosiy holati dunyoda va mintaqada shiddat bilan o'zgarayotgan vaziyat hamda mamlakat ichidagi keng ko'lamli o'zgarishlarga asoslanib shakllanmoqda.
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy vazifalaridan biri 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi”ning “chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar”i belgilab berilgan 5.2-bandida o'z aksini topgan. Unga ko'ra, tashqi siyosat sohasiga oid quyidagi eng muhim ustuvor yo'nalishlar shakllantiriladi:
– davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to'laqonli sub'ekti sifatida o'rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O'zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do'stona qo'shnichilik munosabatlar mintaqasini yaratish;
– O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida ob'ektiv axborotni yetkazish;
– O'zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining me'yoriy-huquqiy bazasini, shuningdek, xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
– O'zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini tartibga solish.
Xalqaro ekspertlarning fikricha, yangi O'zbekiston o'zining ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, samarali va konstruktiv siyosat yuritmoqda. Bu esa global miqyosda shiddatli o'zgarishlar yuz berayotgan hamda xalqaro maydonda kuchlarning yangi nisbati shakllanayotgan hozirgi davrda olib borilayotganligi bilan ahamiyatlidir.
So'nggi yillarda O'zbekistonning iqtisodiy ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, aholining barcha muammoli masalalarni yakdillik, o'zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilishi, mamlakatda mukammal huquqiy poydevorning yaratilishi, dunyo davlatlari bilan muvozanatli va o'zaro manfaatli aloqalar yuritilishi, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi o'zaro hamkorlikka intilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Bu esa o'zaro diplomatik aloqalarning yangi bosqichiga asos bo'lmoqda.
Shu bilan birga, tashqi siyosatni olib borishdagi asosiy e'tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalarga, shuningdek, O'zbekiston atrofida tinch, barqaror hamda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari – bizning bevosita qo'shnilarimiz bilan do'stona, yaqin qo'shnichilik va o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish hamda mustahkamlashni asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilab berdi.
O'tgan qisqa davr mobaynida O'zbekiston “Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo'nalish” hamda “Markaziy Osiyo ruhi” kabi tamoyillar bilan o'z tashqi siyosatini olib bordi.
O'zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida so'nggi besh yilda mintaqaning barcha mamlakatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa davlatlarining yetakchilari o'rtasidagi o'zaro ishonchga asoslangan siyosiy muloqot doimiylik kasb etdi. Bunday aloqalar natijasida Markaziy Osiyo davlatlarini qiziqtiradigan xavfsizlik, chegaraviy masalalar, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sog'liqni saqlash va ekologiyaga oid o'zaro, mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim qo'shma qarorlar qabul qilindi.
Ushbu sa'y-harakatlar samarasi o'laroq, O'zbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi, xususan, o'zaro bordi-keldi rishtalari qaytadan yo'lga qo'yildi hamda chegaralar ochildi. Bu esa qo'shnichilik aloqalarini yanada kuchaytirdi, shuningdek, xalq diplomatiyasi, gumanitar yordam va madaniy hamkorlikning qaytadan jonlanishiga turtki bo'ldi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy sohalardagi munosabatlar izchil rivojlanmoqda. O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasini tahlil qiladigan bo'lsak, 
Download 43,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish