1. Ganchkorlik san’ati va uning tarixi


Ganchkorlikda ishlatiladigan materiallar



Download 77,5 Kb.
bet4/5
Sana01.01.2022
Hajmi77,5 Kb.
#295572
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma'ruza

Ganchkorlikda ishlatiladigan materiallar. Qadimiy obidalarning va undagi bezaklarning umr bokiyligi shundaki, ota-bobolarimiz qadimdan yuqori sifatli, g’oyat chidamli xamda davr sinovlaridan o’tgan qurilish materiallaridan keng foydalanganlar. (7, 8 rasmlar) Yog’och, ganch, tuproq va boshqalar shunday maxalliy materiallarni qayerda va qanday qo’llash sir-asrorlarini juda yaxshi bilganlar .Shuning uchun xam ota-bobolarimiz qurgan muxtasham binolar, o’yma ganch, yog’och naqshlari hozirgi kungacha o’z jilvasini yo’qotmay turibdi. Shunday materiallardan biri ganchdir. Ganch maxalliy qurilish materiallaridan biri bulib, uning rangi ko’kish, sarxish va ok tusda bo’ladi. Ganch turi joylarda turlicha nomlar bilan ataladi. Kavkazda ―gaja, forscha ―gaj, tojikcha- ganch, turkcha ―urunaj, UZBEKcha ―ganch deb yuritiladi.

Ganch gips bilan tuprokning tabiiy aralashmasi bo’lib, uning tarkibida 40 foizdan 70 foizgacha gips bo’ladi. Ganchning tabiiy va sun’iy turlari mavjud. Tabiiy ganchlar katta xarsang tosh xolida bo’lib, undan to’gridan-to’gri o’yib, yo’nib, tirnab qurilishda ustun, xaykal va bezak sifatida foydalaniladi. Sun’iy ganchlar esa maxsus pechlarda qizdirilib, keyin maydalab tayyorlaydigan ustalar bo’lib, ularni ganchkoplar deb yuritganlar. Ganchkoplar olib kelingan tabiiy ganch toshlarni yuqori issiqlik quvvati beradigan xumdonda 120-150 daraja xaroratda kunduz kuni 6-7 soat qizdirib, ertalabgacha asta-sekin sovganlar. Erta bilan ganch toshlarni maxsus to’qmoqlar bilan maydalashgan, ularni g’alvir va elakdan o’tkazishgan. Bu ganchlar sortlarga ajratilgan. Eng mayin ganchlar gulganch deb, ya’ni uyish uchun ishlatiladigan ganch deb yuritiladi. Bu ganch qanchalik mayin bo’lsa, o’yma shunchalik nafis, badiiy chiqqan. Mayin ganchlar nafis o’ymakorlikda, pardozda berishda ishlatiladi. Yirik ganchlar xar xil suvoq, va g’isht terishda ishlatiladi. Yuqori xaroratda qizdirish natijasida ganch tarkibidagi nam juda kamayib, uning quvvati oshadi. Ganch o’rnida alebaster xam ishlatiladi. U suvoq ishlarida, g’isht terishda, ayrim xollarda esa gulganch xam qo’llaniladi. Ganch o’ymakorligi bilan shug’ullangan ustalar ganchkorlar deb ataladi. Ular ganchning qanchalik tez yoki sekin qotishiga qarab quvvatini aniqlay biladilar. Katta tajribali ustalar esa ganchni ko’lga olib qismlaganining uzidayoq uning eski yoki yangiligini, quvvatini aytib bera oladilar. Odatda, ustalar ganchning quvvatini aniqlashda ozgina quyib o’yib ko’radilar.

Ganchning juda ko’p sirli xususiyatlari bor. Shuning uchun xam ganch qorish texnologiyasi uncha murakkab bo’lmasa-da, uning uziga xos nozik tomonlarini bilish lozim. Qadimgi ustalar ganchni sirli idishlarda korganlar, xozir esa yangi plastmassa idishlardan foydalaniladi. Ganch qorishning tez ganch, soxta ganch, duxob, xovonda usullari bo’lib, ular uziga xos nozik yoki murakkab bo’ladi.

Tezganch- tez qotuvchi ganch qorishmasi bo’lib, ganchkorlikda, ravok bog’lashda, suvoq va har xil ishlarda ishlatiladi. Bu qorishmani tayyorlash uchun idishga suv solinib ustidan ganch solinadi. (albatta, ganch elangan bo’lishi kerak) va tezlik bilan qoriladi, ganchni ko’p aylantirilmaydi. Tezganch qorishmasi tezlik bilan ishlatilmasa, u qotib qoladi.

Soxta ganch - qorilgandan keyin 30 daqiqa atrofida qotmasdan turadi. Soxta ganch qorishmasini tayyorlash uchun idishga suv solinib, ustidan elangan ganch suv yuzasiga sepib solinadi. Bu suv yuzasi ganch bilan berguncha qadar takrorlanadi. Bunda ganch suvga tuyib boradi. Usta idishdagi shu soxta ganch qorishmasini bir chekkadan olib, kerakli joyga ishlatiladi.

Duxob usuli- biroz yuza yoki narsani to’ldirish yoki berkitish uchun ishlatiladigan suyuk qorishma. Idishga suv solinib, yuzi berkitilguncha ganch sepiladi. Bu usulda tayyorlangan qorishma soxta ganchga qaraganda biroz suyuqroq bo’lishi kerak. Bu ganch qorishma narsalarni berkitish yoki to’ldirish uchun ishlatiladi.

Xovonda usuli. Bu usulda gul uyishga muljallab ma’lum darajada kuchi kamaytirilgan ganch koriladi. Uni tayyorlashning uziga xos tomonlari bor. Buning uchun sirli yoki plastmassa tog’oraga suv solinadi. Unga elangan, mayda ganchni oxista, shoshilmay sepib turiladi. Ganch suv yuziga chiqib ketmasligi uchun idish osti kafti bilan davra shaklida aralashtiriladi. Tayyorlangan qorishma biroz qota boshlaganda uni ishlatish mumkin. Ganch qanchalik kuchli bo’lsa, shuncha marta ko’p qoriladi. Shuning uchun qadimgi ustalar yuqori quvvatli ganchlarni ishlatganlar.

Ganch urniga gips xam ishlatiladi. Gips- ok, rangsiz shaffof, qizil, qoramtir yoki qora rangdagi mineral. U juda mo’rt bo’lib, suvda eriydi. 80-90 gradus haroratda aizdirilganda tarkibidagi suv bug’lanib ketadi. Agar 120- 140 gradusda qizdirilsa alebastrga aylanadi. U qurilish materiali, undan kog’oz, sement sanoatida, tibbiyot, xaykaltaroshlikda, o’ymakorlikda va bo’yoq ishlashda xam foydalaniladi. Ganch ishlarini bajarishda ustalar maxsus tayyorlangan shirachni ganchga qo’shib ishlatganlar. Shirach ganch o’ymakorligida va g’isht bilan terishda qadimdan foydalanib kelingan. Shirachni ganchga qo’shishdan maqsad ganchni sekin qotishini va qotgandan so’ng toshga o’xshash qattiq bo’lib qolishini ta’minlashdir. Bino detallari, ustunlari, xaykalchalar, sharafa, mukarnas, xajmli naqshlar va boshqa narsalarni quyma usulida tayyorlashda ustalar ganchga sut, kazein shirachi va boshqalarni qo’shganlar. Bular esa ganchning quvvatini yanada oshirgan, umrini uzaytirgan. Bulardan tashqari, ganchkorlikda doir ayrim ishlarda tuproq, qum, xar xil pigmentlar, sim va boshqa narsalar xam ishlatiladi.




Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish