1. Ganchkorlik san’ati va uning tarixi



Download 77,5 Kb.
bet1/5
Sana01.01.2022
Hajmi77,5 Kb.
#295572
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma'ruza


Mavzu:Ganj oymakorligi. Ganj oymakorligida ishlatiladigan materiallar.

Reja:


  1. Ganchkorlik san’ati va uning tarixi

2. Ganchkorlikda ishlatiladigan asboblar.

3. Ganchkorlikda ishlatiladigan materiallar



4. Ganch uymokorligida ishlatiladigan naksh elementlarini chizish.
1.Ganchkorlik san’ati va uning tarixi. Ganchkorlik qadimiy sa’nat turlaridan biri bo’lib, o’z aksini dunyo me’morchiligida, jumladan Markaziy Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston va boshqa Sharq me’morchiligida namoyon etib kelmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda yaratilgan asarlar o’ziga xos badiiyligi, kompozitsitasi va ishlanish uslubi bilan farq qiladi. U Samarkand, Buxoro , Toshkent, Qo’qon, Xiva, Shaxrisabz va boshqa shaharlardagi tarixiy obidalarni ko’rish va bezatishda ishlatilgan. Ganch o’ymakorligi san’ati asrlar davomida o’ziga xos uslub bilan rivojlanib keldi. Bu san’atning eng qadimgi, o’rta asrlardagi va XX asrdagi rivojlanishini o’rganish bu davrlardagi ganch o’ymakorligi bir-biridan ancha farq qilganligini ko’rsatadi. Qadimgi ganch o’ymakorligi xajmli bo’lib, realistik tasvirlar asosida ishlangan. Ularda ko’pincha odamlar, xayvonlar, qushlar tasviri ishlatilgan. Eramizning birinchi asrlaridayoq kishilar ganchni ajoyib xususiyatga ega ekanligini bilib, qal’alar, karvonsaroy va boshqa joylarni bezay boshlaganlar. Biroq asrlar davomida bo’lib o’tgan janglar oqibatida ular vayronaga aylanib, faqat qoldiqlari saqlanib qolgan. Jumladan III asrda Tuprokkal’aning serxasham saroy mexmonxonalari o’yma ganch bilan bezatilgan. Varaxshadagi topilmalardan VII-VIII asrlardagi Buxoro saroyi qoldiqlaridan namunalar topilgan. Bu topilmalarda qushlar, xayvonlar, baliqlarni, o’simliksimon va geometrik shakllarning o’yma namunalarini ko’rish mumkin. X-XI asrlardagi naqqoshlik, yog’och, tosh va ganch o’ymakorligi yanada rivojlandi. Murakkab abstrakt tasvirni aks ettiradigan naqshlar paydo bo’ldi. Ganch o’ymakorligi ishlari uyning ichki va namgarchilik tegmaydigan tashqi qismida ham qo’llanildi. Termiz makbaralaridagi ganch o’ymakorlik san’atini o’sha davrning yuqori cho’qqisi desa bo’ladi. XII asrda mukarnaslar xosil bo’ldi va ular ko’pgina binolarda ko’llanila boshlandi. XIII asrda ganchkorlik san’ati yanada yuksaldi. Bunga Afrosiyobda topilgan ajoyib ganch o’ymakorligi ishlari misol bo’la oladi. (1- rasm) . XIV- XVIII asrlarda ham binolarning ichki qismlarini bezatishda ganchkorlik san’atidan foydalanilgan. Ganchkorlikning gullab-yashnagan davri XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari bo’ldi. XIX asrning boshlarida buyuk ganch o’ymakorlaridan Abduraxim Xayotov, Usta Murod, Usta Fuzayl, Usta Nosir, Usta xayot Nosirov, Usta xoji xafiz, Usta Nasrulloboy, Usta Abdujalil, , Usta Azim, Usta Omonullo, Usta gofir, Usta Ibroxim, Usta Sarvi, Usta Abdufattox va boshkalar faoliyat ko’rsatdilar. XX asr boshlaridagi ishlarda uyma relyefli juda mayin uslub texnikasi paydo buldi. Rangli ganchlar, bo’yoqlar, naqsh va tasvirlar qo’llanila boshladi. 1913-1914 yillarda Buxorada amir Axadxon tomonidan Sitorai Moxi Xosa qurildi va ganch o’ymakorligi bilan bezatildi. Ayniksa ok uy (mexmonxona)ni o’sha davrdagi ganch o’ymakorligining ajoyib namunasi desa bo’ladi. Bunda oyna zaminida ganch o’ymakorligi bajarilgan. U uzining nozikligi, jimjimador qilib bezatilishi bilan ajralib turadi Mazkur saroyning bezak ishlarini Usta Shirin bajargan.

O’zbekistonn me’morchiligiga katta xazina bo’lib qo’shilgan Uzbekistonn Davlat opera va balet katta teatri 1947 yili akademik arxitektor Aleksey Shusevning loyixasi va raxbarligi ostida qurib bitkazildi. Shusev Uzbekistonndagi ganchkor ustalarni bir joyga yig’ib, ular oldiga ikki muxim masalani: teatr zallarini xar bir viloyatning uziga xos milliy uslubi asosida bezash, ikkinchisi- bezalgan xona teatrning me’morriy mazmuniga mos tushishi kerakligi xaqidagi masalani qo’ydi. Buning natijasida teatrning Xiva, Termiz zallari qadimda ishlatiladigan ganchkorlik uslubida ishlandi. Buxoro, Toshkent, Farxona va Samarkand zallari esa zamonaviy xalq an’anasiga mos bo’lgan ganch o’ymakorligi bilan bezatildi. O’zbekistonnda o’ziga xos ganchkorlik maktablari mavjud. Shulardan biri Xorazm ganchkorlik maktabidir. Xorazm me’morchiligida geometrik naqshlarga keng o’rin berilgan bo’lib, ular boshqa viloyatlarga qaraganda o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o’simliksimon naqshlar spiral shaklida aylanma xarakatchanligi, dinamikligi bilan farq qiladi. Islomiy naqshlar ko’pincha yaxlit-yaxlit turunj, madoxil, kalampir, bodomga uxshash tanob shakllarining takrorlanishidan xosil bo’ladi. Buxoro ganchkorlik maktabining eng yirik namoyandalaridan biri akademik Usta Shirin Murodovdir. Buxoro ganchkorlik maktabi namoyondalari Usta Safar, Usta Adis, Usta Savri, Usta Isom , Usta Ikrom, Usta Jura, Usta kurbon Yuldoshev, Usta Ibroxim xafizov, Usta Nazrullo Yodgorov , Usta xayot Nosirov va boshqalardir. Toshkent ganchkorlik maktabi xam uziga xosdir. Bu maktabga xos naqshlar nozikligi, anik simmetrik taqsimga egaligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Toshkent ganchkorlik maktabi namoyandalari safida Usmon Ikromov, Toshpulat Arslonkulov, Maxmud Usmonov, Anvar Pulatov, Mirmaxmud Raxmatov, aka-uka Abduraxmon va Mumin Sultonovlar, xayot Abdullayev, Ziyodulla Yusupov, Umar Toxirov, Mirvoxid Usmonov kabi kator yetuk ustalar bor. Samarkand butun dunyoga mashxur eng kadimiy shaxarlardan biri bo’lib, u yerda ishlangan naqshlarning xar biri uziga xos maktabga ega. Boshka ganchkorlik maktablarining naqshlari xam o’zining tuzilishi jixatidan Toshkent naqshlariga o’xshab ketadi. Samarkand ganchkorlar maktabi namoyandalari Usta Anvar Kuliyev, Usta Tursunboy Ismoilov, Shamsiddin Gofurov va boshqalarning ishlari shunga misoldir. Ganch o’ymakorligi turlari har kanday binoni bezashda avval uning tuzilishiga mos ganch o’ymakorligi turini tanlash, qo’llash muxim axamiyatga ega.




Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish